Kafedralar


Jismoniy tarbiya va sport
“TIQXMMI” tashkil etilgan davrlarda “Jismoniy tarbiya va sport” sohasi bo‘yicha mutaxassis-kadrlari yetishmasligi tufayli talabalarga jismoniy tarbiyadan dars o‘tish mashg‘ulotlari hamda talaba-yoshlar orasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish ishlarini olib borish, institut harbiy kafedrasi xodimlaridan P.Karvchenko, G.Sheninlar zimmasiga yuklatilgan. Shuningdek, “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi 1948-yili tashkil etilib
O‘qitish nazariyasi va metodikasi kafedrasi
“O‘qitish nazariyasi va metodikasi” kafedrasi 2023-yil 1-fevralda tashkil topgan. Kafedrada 10 dan ziyod yuqori malakali professor-o‘qituvchilar asosiy shtatda faoliyat olib boradi.
O'zbek tili va adabiyoti
“O’zbek tili va chet tillar” kafedrasi institutda faoliyat ko’rsatib kelgan “O’zbek tili”, “Rus tili” va “Chet tili” kafedralarining qo’shilishi natijasida 2004 yilning 16 sentyabrida tashkil etildi va professor M
Ingliz tili
“Ingliz tili” kafedrasi “O‘zbek tili va chet tillar” kafedrasi tarkibidan 2013 yilning dekabr oyi oxirida ajralib chiqdi va 2014 yilning yanvar oyidan boshlab mustaqil kafedra sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi
Axborot texnologiyalari
1967 yilda «Oliy matematika» kafedrasidan «Hisoblash matematikasi» kafedrasi ajralib chiqqan
Buxgalteriya hisobi va audit
Ushbu kafedra 1993 yilda “Suv xo‘jaligi iqtisodi va uni tashkil qilish” fakulteti tarkibida dastlab “Buxgalteriya hisobi va moliya” nomi bilan tashkil qilingan
Iqtisodiyot
1974 yilda “Gidrotexnika inshootlari qurilishi” fakulteti qoshida “Suv xo‘jaligi iqtisodi va uni tashkil etish” kafedrasi tashkil etildi
Oliy matematika
«Oliy matematika» kafedrasi 1934 yilda tashkil topgan. Kafedra tarixi akademik T.N.Qori-Niyoziy va boshqa professor- o‘qituvchilar nomlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Tuproqshunoslik va dehqonchilik
Kafedra 1940 yili tashkil etilgan va 1959 yilgacha unga professor N.I.Kurbatov rahbarlik qilgan
Davlat kadastrlari
"Davlat kadastrlari "kafedrasi «Qishloq aholi yashash joylarini loyihalash va obodonlashtirish» nomi bilan 1949 yilda fakultetning asosiy ixtisoslashgan kafedralaridan biri sifatida tashkil etilgan
Geodeziya va geoinformatika
Kafedra «Yerdan foydalanish va yer kadastri» fakulteti tarkibida 2004 yilda oldingi «Geodeziya» va «Rer kadastri» kafedralarini birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan bo‘lib, fakultetning asosiy ixtisoslashgan kafedralaridan biridir
Yerdan foydalanish
 “Yerdan foydalanish” kafedrasi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida tashkil topgan bo‘lib, Kafedra 1947 yili “Yer tuzishni loyihalash”( bugungi kunda “Yerdan foydalanish”) nomi bilan tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kungacha fakultetning asosiy ixtisoslashgan kafedralaridan biri hisoblanadi
Umumtexnik fanlar
Umumtexnik fanlar kafedrasi dastlab Metallar texnologiyasi kafedrasi nomi bilan 1934 yili tashkil etilgan
Muhandislik tizimlarini boshqarish
“Mashinalardan foydalanish va ta’mirlash” kafedrasi 1937 tashkil etilgan
Traktorlar va avtomobillar
Traktorlar va avtomobillar kafedrasi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tarkibida ish boshlagan dastlabki kafedralardan biri, kafedra 1934 yilda tashkil etilgan
"Qishloq xo’jaligi texnika va texnologiyalari" kafedrasi
Kafedra 1929 yili O‘rta Osiyo davlat universiteti bazasida ochilgan. Keyin O‘rta Osiyo paxtachilik-irrigatsiya politexnika instituti tarkibiga ko‘chirilgan va unga professor YA.Moiseevich rahbarlik qilgan
Elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24 maydagi 3003-sonli qaroriga asosan “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti” ga “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” nomi berilishi munosabati bilan
Elektrotexnika va mexatronika
Kafedraga 1934 yil asos solingan va uning daslabki nomi “Avtomatlashtirilgan elektr yuritma” deb atalgan
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish
«Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish» kafedrasi 1971 yil iyun oyidan «Avtomatika va telemexanika» nomi bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, «Shuhrat» medali sovrindori, texnika fanlari doktori, professor Petr Vyacheslavlovich Baydyuk rahbarligida tashkil etilgan
Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari
Kafedra 1963-yilda “Elektrotexnika” kafedrasidan ajralib chiqqan bo‘lib, dastlab “Elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlash” deb nomlangan va hozirda “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” deb ataladi.
Gumanitar fanlar
1934 yilda TIQXMMIda tashkil topgan kafedralar tarkibida ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘z faoliyatini boshlagan
Hayot faoliyati xavfsizligi
Mazkur kafedra 1991 yil 5 martda institutda faoliyat olib kelayotgan “Mehnat muhofazasi” va “Fuqaro mudofaasi” kafedralarining qo‘shilishidan tashkil etilgan.
Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash
«Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash» (sobiq «Qurilish mashinalari») kafedrasi 1950 yilda tashkil etildi
Qurilishni tashkillashtirish va texnologiyasi
Kafedra 1929-yilda «O‘rta Osiyo irrigatsiya va suv xo‘jaligi instituti» («Среднеазиатский институт ирригации и водного хозяйства» SAIIVX) tarkibida
Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
“Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tashkil bo‘lgan 1934 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda
Mexanika va kompyuterli modellashtirish
Institutning "Qurilish mexanikasi" kafedrasi 1920 yilda tashkil topgan
Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar
«Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar» kafedrasi 1934 yilda Gidromelioratsiya fakulteti tarkibida tashkil qilingan. Hozirgi kunda esa «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti tarkibida o‘z faolyatini yuritmoqda.
Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari
Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari kafedrasi 1930 yilda Turkiston (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universitetining muxandislik melioratsiyasi fakulteti) tarkibida tashkil qilingan
Professional ta’lim
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetining “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedrasi 1982 yilda tashkil topgan bo‘lib
Fizika va kimyo
zika kafedrasi 1934 yildan o'z faoliyatini boshlagan. «Fizika» kafedrasiga tajribali o'qituvchilardan biri P.P. Gorbachev mudirlik qilgan. 1949-1971 o'quv yillarida esa fizika kafedrasiga f.–m.f.n. N.Z.Zokirov mudirlik qilgan.
Ekologiya va suv resurslarini boshqarish
“Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi tarixi 1953 yilda tashkil etilgan "Qishloq va yaylovlar suv taʼminoti" bilan bogʼliq
Irrigatsiya va melioratsiya
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi TIQXMMI MTUning Gidromelioratsiya fakulteti tarkibidagi mutaxassis tayyorlovchi asosiy kafedralardan biri hisoblanadi
Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish
Kafedra 1927 yilda tashkil topgan. Kafedrani ilk nomi 1927 yilda “Gidromelioratsiya tizimlarining ekspluatatsiyasi” deb atalgan.
Gidrologiya va gidrogeologiya
Mazkur kafedra 1987 yili mustaqil "Gidrogeologiya" va "Gidrologiya va suv oqimlarini rostlash" kafedralarining qo‘shilishidan tashkil etilgan. 1944 yilda "Gidrogeologiya" kafedrasi professor
Gidravlika va gidroinformatika
“Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasining tarixi Gidravlika nomi bilan 1918 yildan boshlagan. Turkiston davlat universitetida 1920 yil tashkil etilgan “Melioratsiya injenerlari “ fakulteti dekani