Liga yana davom etadi

19.09.2023

#Yangilik

Bugun, 18 sentabr kuni "Ekologiya va huquq" fakulteti sog‘lom turmush tarzini ta’minlash, talaba-yoshlarni sportga keng  jalb qilish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fakultet talaba-yoshlari o‘rtasida sportning futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha “Talabalar ligasi” sport musobaqalariga start berildi.

 

Shuni alohida ta`kidlash joizki, bugungi kunda universitetda nafaqat talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikma berishda balki, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va talaba-yoshlari o‘rtasida sportni ommalashtirish hamda sport musobaqalarini faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qator sa’y harakatlar olib borilmoqda. Ushbu “Talabalar ligasi” sport musobaqasi ham ana shunday harakatlardan biridir.

 

Universitetda jismoniy tarbiya va sporting ommalashuvini yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarish, jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zamonaviy sport turlari bo‘yicha iqtidorli sportchilarni tayyorlash va ularning sport mahoratlarini oshirish maqsadida qilinayotgan bu kabi amaliy harakatlar talaba-yoshlar orasida sportni yanada rivojlantirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.

"Ekologiya va huquq" fakulteti yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari O.Ro`zibayev axboroti

Universiteti matbuot xizmati