Hujjat topshirish tartibi

Bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish tartibi

 

Abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham), O‘zbekiston davlat konservatoriyasi uchun 15-iyundan 10-iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Oliy ta’lim vazirligi axborot xizmati abituriyentlar o‘qishga kirish uchun hujjatlarni onlayn tarzda topshiriladi. Bunda abituriyentlar uchun uydan chiqmagan holda mobil telefon yoki kompyuter yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratilgan.

Davlat test markazining rasmiy abitur.dtm.uz va My.gov.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib hujjat topshiriladi.

O‘qishga onlayn hujjat topshirish

Tizimga kirish

Abituriyentlar abitur.dtm.uz sayti orqali ro‘xatdan o‘tadi. Tizimga kirish uchun telefon raqam va maxfiy kalit so‘zni kiritish kerak.


Telefon raqam yetti raqamli formatda kiritiladi va sakkizta belgidan kam bo‘lmagan kalit so‘z kiritilib, “Kirish” tugmasi bosiladi. Shundan so‘ng, kiritilgan telefon raqamiga maxsus SMS-kod keladi va u besh daqiqa ichida kiritilib, tasdiqlanishi kerak.


Shaxsiy ma’lumotlarni kiritish

Tizimga kirgandan so‘ng pasport ma’lumotlarini to‘ldirish so‘raladi.