Kirish haqida ma`lumot

BAKALAVRIATGA QABUL

Respublika oliy talim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 20- iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy talim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oqishga qabul qilish tartibi togrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Oliy talim muassasalarining kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) talim shakllariga talabalarni qabul qilish Ozbekiston Respublikasi talim muassasalariga oqishga qabul qilish boyicha Davlat komissiyasi (keyingi orinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga kora toplangan ballarning reyting tizimi boyicha amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abiturientlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar test ballari reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Test sinovlarini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda Davlat test markazi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. Test sinovlari uch tilda — o‘zbek, rus, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi. Abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham), O‘zbekiston davlat konservatoriyasi uchun 15-iyundan 10-iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

·        ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yo‘qligi, qaysi chet tilidan test topshirishi, harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uning raqamini va tanlangan ikkinchi oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishini ko‘rsatishlari hamda test sinovlarini o‘tkazish qoidalari va javoblar varaqalarini to‘g‘ri to‘ldirish bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);

·        umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari;

·        pasport (16 yoshga to‘lmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma)ning nusxasi;

·        o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi tegishli hujjat (agar mavjud bo‘lsa).

Oliy ta’limning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari bilan bir qatorda qo‘shimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar test sinovlari o‘tkazilishiga qadar 11-iyuldan 20-iyulgacha, test majmualarida fanning o‘rniga qarab uning uchun nazarda tutilgan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizigacha bo‘lgan oraliqda yagona ko‘p balli baholash tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi. Test sinovlari kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakli uchun har yili 1 avgustdan 15 avgustgacha bo‘lgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risida belgilangan tartibda tasdiqlangan test sinovlari natijalari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.