Universitetda milliy loyihalar

Universitet tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar:

1. Quyosh energiyasi bilan ishlaydigan aqlli suv taʼminoti va oʼgʼitlash tizimi Integratsiya va suvni tejaydigan sugʼorish tizimini qoʼllash.

Loyihaning asosiy maqsadi Oʼzbekistonda sugʼoriladigan maydonlar uchun energiya,suv, oʼgʼit – ekotizimni tejovchi avtomatlashtirilgan aqlli tizimini ishlab chiqish.

Sugʼoriladigan maydonlar uchun ekinlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirish. Energiya-suv-oʼgʼit ekotizimlarini tejash texnologiyalari ishlab chiqiladi.

2. Gruntning namlanganlik va chiziqsiz filьtratsiyani hisobga olgan holda gruntli toʼgʼonlarning mustahkamlik ishonchliligini baholash nazariyasi va usulini ishlab chiqis

Loyixada suv bilan oʼzaro taʼsirda boʼlgan gruntli toʼgʼonlarning ustuvorligini, mustaxkamligini va dinamikasini inshootning konstruktiv bir jinssizligi, grunt materialining chiziqsiz reologik xususiyatlarini, toʼgʼon tanasida suvning nochiziq filьtratsiyasi va notekis namlanishini xisobga oladigan nazariya va xisoblash usuli xamda baxolashnining yangi kriteriyalari (mezonlari) ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijasida yaratilgan nazariya, xisoblash usullari, algoritmlari va EXM dasturlari konkret va qurilishi loyixalanayotgan gruntli inshootlarni xisoblashda qoʼllanilib, turli kuchlar taʼsiridagi gruntli toʼgʼonlarning xafvli va mustaxkamligi yoʼqolayotgan uchastkalari oldindan aniqlab beradi. Tadqiqot natijasidan olingan natijalar loyixa institutlari, qurilish tashkilotlari va oliy taʼlimning oʼquv jarayoniga tadbiq etiladi, qurilish soxasining meʼyoriy xujjatlariga qoʼshimchalar kiritish boʼyicha tavsiyalar beriladi. 

3. Suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida global iqlim oʼzarishini sugʼoriladigan yerlarning meliorativ xolatiga taʼsirini baholash va bashoratlash xamda GАT texnologiyasi asosida sugʼoriladigan yerlarni gidromodulь rayonlashtirish elektron xaritalarini yaratish uslublarini ishlab chiqish.

Iqlim oʼzgarishining sugʼoriladigan yerlarning meliorativ holatiga taʼsirini baholash va GАT asosida gidromodulь rayonlashtirish elektron xaritalarini yaratish uslublarini hamda CROPWAT dasturi asosida qishloq xoʼjalik ekinlarining sugʼorish tartiblarini ishlab chiqish.

Meteorologik koʼrsatkichlari orqali iqlim oʼzgarish darajasi tahlil qilindi.

Tabiiy-iqlim sharoitlar oʼzgarishining sugʼoriladigan yerlarning meliorativ holatiga taʼsirini tahlil qilish usullari takomillashtiriladi.

Suvdan foydalanish darajasi evapotranspiratsiyani modellashtirish orqali aniqlandi. 

Qishloq xoʼjaligi ekinlarini sugʼorish rejimi va meʼyorini hisoblash hamda kalibrovka qilishda respublikada koʼp yillik tajriba natijalari hamda dala tadqiqotlar xisobga olgan xolda ishlab chiqiladi.

Tabiiy – iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda xalqaro FАO uslubi asosida SropWat kompьyuter dasturi orqali gidromodul rayonlar boʼyicha qishloq xoʼjaligi ekinlarini sugʼorish tartibi ishlab chiqiladi.

Qishloq xoʼjaligi ekinlarining sugʼorish tartibi va meʼyorlari FАO uslublari va umumjaxon qabul qilingan emperik formulalar boʼyicha hisoblangan va oʼzaro korrelyatsiya koeffitsentlari aniqlanadi.

Tabiiy – iqlim sharoitlarini oʼzgarishiga qarab ekinlarning kunlik suv isteʼmoli ishlab chiqilgan.

Kosmik suratlar yordamida sugʼoriladigan yerlarniing miqdor aniqlash usuli ishlab chiqiladi;

Sugʼoriladigan yerlarda joylashgan kuzatuv quduqlari aniq koordinatalarini zamonaviy GNSS qabul qilgichlari yordamida aniqlash tizimi takomillashtiriladi;

Meliorativ kuzatuv quduqlari orqali olingan maʼlumotlar asosida ArcGIS dasturiy taminotidan foydalanib sugʼoriladigan yerlarda yer osti sizot suvlarining tarqalish elektron raqamli xaritalarini ishlab chiqiladi; 

Sugʼoriladigan yerlardagi tuproqlarning mexanik tarkibi boʼyicha elektron raqamli xaritalarni ishlab chiqish uslubiyati yaratiladi;

ArcGIS dasturining “Raster 12.Calculator” funktsiyasi yordamida sugʼoriladigan yerlarni gidromodul rayonlashtirish algoritmi ishlab chiqiladi.

4. Togʼ oldi mintaqasida yongʼoq yetishtirish va uni sotishning samarali tizimini tashkil etish orqali aholi daromadini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.

Yongʼoq yetishtirish va sotish tizimini rivojlantirish hisobiga aholi daromadlarini oshirishda bozor infratuzilmalarining rolini baholash. Tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib, togʼ va togʼoldi hududlarida yongʼoq yetishtirish va sotish qiymat zanjirida yakuniy narx shakllanishi boʼyicha xarajatlar ulushini ilmiy asoslash.

Togʼ oldi mintaqasida yongʼoq yetishtirish va sotish tizimini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari” mavzusida monografiya chop etiladi; amaliyotga joriy qilish boʼyicha maʼlumotnoma olinadi. 2 ta iqtisodiyot fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoya qilinadi.

5. Аlohida hududlarda qulay iqlimli zonalarni yaratishning nazariy asoslari va hisoblash mexanizmlarini ishlab chiqish 

Аlohida hududlarda qulay iqlimli zonalarni yaratishning nazariy asoslari va hisoblash mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.

Shaharning faol iqtisodiy va siyosiy hayoti yoki fuqarolarning qulay dam olishi rejalashtirilgan muayyan hududlarida mikroiqlim zonalarini shakllantirishning muqobil yoʼllari boʼyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi; iqlimni boshqarish tizimlarini qurish uchun maʼlum qoidalar toʼplami yaratiladi; suv va energiya xarajatlarini hisobga olib ularning natijaviy samaradorligi baxolanadi.

6. Nasos stansiyalarining ish rejimlari samaradorligini oshiruvchi energotejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish.

Intellektual datchiklarni dastlabki loyihalashda ishlatiladigan, barcha fizik effektni umumlashtiradigan har xil fizik tabiatli zanjirlarning energo-informatsion modelini ishlab chiqish.

Jahonda va Respublikamizda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalariga asoslangan holda, nasos stantsiyalarining gidromexanik jihozlari tarkibiga kiruvchi har bir qurilmaning ishonchliligi alohida oʼrganilganligi aniqlandi. Yirik nasos stantsiyalarida oʼtkazilgan koʼp yillik ilmiy hamda amaliy ishlardan maʼlum boʼldiki, sugʼorish tizimidagi gidromexanik jihozlarning ishonchliligini oʼrganishda, ularning oʼzaro bogʼliq boʼlgan tizim sifatida tadqiq etish talab etiladi.Ushbu yoʼnalish nasos stantsiyasi gidromexanik jihozlarining ishonchli ishlashini toʼgʼri baholash imkoniyatini beradi.

7. Tomchilatib sugʼorish tizimini loyihalash boʼyicha dasturiy mahsulot yaratish.

Ekin maydonlaridagi tuproq turi, tuproqning suv fizik xossalari, sugʼorish meʼyorlarini inobatga olib tomchilatib sugʼorish tizimlarini loyihalash boʼyicha dasturiy mahsulot yaratishdan iborat.

Ushbu loyiha, avvalambor, loyixachi muhandislar tomonidan tomchilatib sugʼorish tizimini loyihalash jarayonida, loyixa smeta xujjatlarining sifatini, ularning ishonchliligini, ish unumdorligini taʼminlaydi. Yaratilgan dasturiy mahsulot loyihachi muhandislarga tomchilatib sugʼorish tizimlarini loyihalashda ilmiy asoslangan, ishonchli, qulay, tezkor, iqtisodiy samarador loyihalash imkoniyatini beradi. Bu loyihachi muhandislar uchun, buyurtmachi va pudratchilar uchun qulayliklar yaratadi. Bundan tashqari, ushbu dasturiy mahsulot loyihachi tashkilotlar uchun hamkorlarni tez topish va oson maʼlumot almashish imkoniyatini beradi. Tomchilatib sugʼorish tizimi loyihalanayotgan massiv xaqida, tomchilatib sugʼorish tizimlari turlari, ularning gidravlik parametrlari xaqida yaratilgan maʼlumotlar bazasidan, toʼlik maʼlumotlarga ega boʼlishi va loyihalash jarayonida koʼllashi mumkin boʼladi. Yaratilgan elektron hisoblash dasturi loyihalanayotgan massivda tomchilatib sugʼorish tizimini gidravlik hisobini tezkor bajarish va iqtisodiy samaradorlikka erishishda yordam beradi.

8. Iklim va shaxar infratuzilmasining oʼzgarishini xisobga olgan xolda Toshkent shaxrida atmosfera xavosi sifati monitoring tizimi uchun dasturiy maxsulot yaratish 

Iqlim parametrlari va shahar infratuzilmasi oʼzgarishlarini hisobga olgan holda Toshkent shahrida atmosfera havosi sifatini monitoring qilish va prognozlsh uchun geoaxborot tizimining matematik va dasturiy taʼminotini ishlab chiqishdan iborat.

Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʼlgan asbob uskunalar, moddiy texnik vositalar sotib olingan bular jumlasida komyuter, noutbuklar, printer va qogʼoz. Loyihani muvaffaqiyatli yakunlash uchun koʼzda tutilgan havoning ifloslanish darajasini monitoring qilish va prognozlash geoaxborot tizimi, dasturi yaratilmoqda, tugash arafasida. Xitoy respublikasidan AQM-09 rusumli atmosfera havosining ifloslanish darajasini aniqlash qurilmasi buyurtma qilingan va kelish arafasida.

9. Suvdan foydalanishni optimallashtirish va iqlim oʼzgarishiga mos innovatsion sugʼorish texnologiyalarini joriy etish orqali sugʼoriladigan yerlarning unumdorligini oshirish.

Qashqadaryo havzasi sharoitida suvni tejovchi usullarini qoʼllagan holda suv resurslaridan samarali foydalanish modellarini ishlab chiqish.

Sugʼoriladigan yerlarning suv-tuz balansi modellari ishlab chiqiladi, qishloq hoʼjaligi ekinlarini yetishtirish tajriba maydonlarining haqiqiy suv-tuz balansini hisoblash va suv tejovchi texnologiyalarni qoʼllash orqali sugʼorishga ishlatiladigan suv sarfini kamaytirish imoniyatlarini baholash.