Olimpiada va konkurslar

- Universitetda “Start-Up: nazariya, amaliyot, ilmiy tadqiqotlar va biznes integratsiyasi” mavzusida iyun oyida 10 kunlik yozgi maktab tashkil etildi. Ushbu yozgi maktabga “TIQXMMI” MTU, BuxTRBI hamda Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalari jami: 30nafar talaba ishtirok etdi. Yozgi maktabda tashkil etilgan o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar respublika va xalqaro miqiyosdagi ekspertlar tomonidan olib borildi.

- “22 mart - Butunjahon suv kuni” munosabati bilan 18 mart kuni Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot Dasturi, Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi hamda boshqa tashkilotlar ishtirokida «Er osti suvlari» shiori ostida xalqaro tanlov  tashkil etildi.

- Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 16-22 aprel kunlari “Bizning yer, bizning kelajak” shiori ostida, talaba-yoshlar o‘rtasida respublika tanlovi tashkil qilindi.

- Universitet talabalari o‘rtasida “Ingliz tilida so‘zlashish tanlovi” tashkil etildi.

- Namangan viloyatida «IDEATION» tanlovida universitetimizning QSXET fakultetning  “AUTONOMOUS” hamda “AVTOMATIKA” jamoalari faol ishtirok etib “AGRO-TEXNOLOGIYa” yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 2 va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

- “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti talabalari “Younghydroenergetics” Innovatsiya vazirligi tomonidan tashkil etilgan 3 oylik “Biznes incubator” kursida muvoffaqiyatli faol ishtirok etishdi.

- Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti va O‘zbek davlat yer tuzishni ilmiy-loyihalash instituti bilan hamkorlikda 21-22 aprel kunlari "Xalqaro yer kuni"ga bag‘ishlab "Geoinnovatorlik g‘oyalari-2022" respublika ko‘rik – tanlovida “Er resurslarini boshqarish” fakultetining 7 nafar iqtidorli talabalari faol ishtirok etishdi.

- Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta'minoti fakulteti iqtidorli talabalari Rossiya Federatsiyasida bo‘'lib o‘tgan "Luchshaya nauchno-innovatsionnaya rabota 2022" tanlovining "Qishloq xo‘jaligi fani" yo‘nalishida faxrli 2-o‘rinni va "2022 yilning eng yaxshi tadqiqotchisi" yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

- Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti 308-guruh talabasi Javlonbek Xo‘jamqulov, yosh, fan va ta'lim mutaxassislari uchun o‘tkazilgan «Luchshiy molodoy uchyonыy SNG - 2022» xalqaro tanlovida ishtrok etib faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

- 18-20-iyul kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida "Suv xo‘jaligi haftaligi" tashkil etildi. Unda QSXET fakulteti "AUTONOMOUS" jamoasi o‘z startap va innovatsion loyihalari bilan faol ishtirok etishdi. 

-O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “O‘zkosmos” agentligi hamkorligida o‘tkazilgan “Nasa Space Apps Challenge” tanlovida universitetimizning QSXET fakulteti “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasining “Digital world” jamoasi munosib ishtirok etdi.

- Joriy yilning 11-oktyabr kuni “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni Toshkent shahar bosqichi .g‘oliblari taqdirlandi. Unda 3-o‘rin: GM fakulteti 4-bosqich talabalari Axmadova Durdona, Baxronova Shahnoza, 201-Sotiboldiyeva Zuxra va Sobirova Momajonlar  "FireX” loyihasi - maxsus avtomatlashtirilgan o‘t o‘chirish roboti bilan ishtirok etdi.

- Fanlarni a'lo baholarga o‘zlashtirgan iqtidorli talabalarning Samarqand shahriga tashrifi tashkil etildi

- "ZAKOVAT" intellektual o‘yinlari tashkil etildi.

- "O‘zbekiston yoshlari forumi - 2021" doirasida Samarqand shahridagi IT Park "Yoshlarning eng yaxshi innovatsion g‘oyalari" hakatoni QSXET fakulteti “AUTONOMOUS ʼʼ talaba jamoasi o‘z loyihalari bilan munosib ishtirok etib 30 ta jamoaning ichida eng yaxshi deb topildi va loyihalari uchun 5 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

- “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida 20 ga yaqin iqtidorli talabalar faol ishtirok etib, ulardan 9 tasi viloyat bosqichida, 5 tasi respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va turli miqdordagi pul mukofotlari hamda esdalik sog‘alari bilan taqdirlanishdi.

- Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tgan "Samarqand innovatorlari" startaplar tanlovida o‘z startap loyihalari bilan ishtirok etishdi. Ishtirokchilar o‘zlarining turli yo‘nalishdagi ilmiy loyihalari bilan ishtirok etib, universitetimiz "AUTONOMOUS" jamoasining loyihalari eng yaxshi startaplar sifatida saralab olindi.

- Gidromelioratsiya fakulteti 3-bosqich talabasi, “Hydroleaders” jamoasi a'zosi Shamsiddinov Xushnudbek “Huawei” kompaniyasi tomonidan e'lon qilingan “Seeds for the Future” loyihasida ishtirok etdi va g‘olib bo‘ldi.

- “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi tayanch doktoranti Melikuziyev Sarvarbek Mahmud o‘g‘li, “Magistral kanallarda loyqa cho‘kindilarni tozalashda havo, suv yordamida ishlovchi innovatsion qurilmani yaratish” mavzusidagi loyihasi bilan tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritdi va 49 mln so‘mlik sertifikatga ega bo‘ldi.

- “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi assistenti Atakulov Dinislam Yermaganbet o‘g‘li, Akademik harakatchanlik dasturi doirasida ilmiy g‘oyasi bilan ishtirok etib, bir yillik amaliy loyiha sohibi bo‘ldi.

- “Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovida TJIChAB kafedrasi 3-bosqich tayanch doktoranti Ozodov E'zoz Intellektual suv tozalash uskunasi loyihasi g‘olib deb topildi .va 37 mln so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.


https://mininnovation.uz/contest havola orqali vazirlik saytiga kirib grant haqidagi barcha ma'lumotlarni olish mumkun.