Mehnat muhofazasi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Fuqaro va mehnat  muhofazasi” bo’limi  to‘g‘risida ma’lumot

1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 9 iyundagi "O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi tuzilmalari va ular tuziladigan tashkilotlarni belgilash tartibi tug‘risidagi Nizomning hamda tuzilmalarni moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlash (tabellashtirish) me’yorini tasdiqlash tug‘risida"gi 369-sonli qarori asosida, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi  fuqaro muxofazasi tuzilmalarini tashkil etish tamoyillarini, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini tuzish tartibini, ularning tashkiliy-shtat tuzilmasini, shaxsiy tarkibini, tehnika va mol-mulk bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.

·   fuqaro muhofazasi - harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan havflardan Universitet ishchi hodimlari,professor-o’qituvchi va talabalarni, hududlarni, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi me’yorida o’tkazadi

·     fuqaro muhofazasi xizmati - fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarini bajarish, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlarini ta’minlash uchun kuchlar va vositalarni tayyorlash maqsadida tuzilgan funksional bo‘linmalar majmuini tashkillashtiradi

·    fuqaro muhofazasi tuzilmalari - belgilangan fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarish uchun o‘z hodimlari hisobidan tashkilot tomonidan tashkil etiladigan shtatdan tashqari tuzilmalar bilan hamkorlikda chora tadbirlar o’tkazadi.                                         

·     fuqaro muhofazasi kuchlari - fuqaro muhofazasi harbiy qismlari, qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun tuziladigan umumiy va maxsus yo‘nalishdagi funksional va ob’ekt tuzilmalari.

2. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari  tinchlik va harbiy davrdagi favqulodda vaziyatlarda, shuningdek boshqa fuqaro muhofazasi tadbirlarida  qutqaruv ishlarini olib borish uchun tashkil etiladi. Tuzilmalar ob’ekt rahbariga buysunadi. Fuqaro muhofazasi tuzilmalaridan tinchlik davrida foydalanish Ob’yekt fuqaro muhofazasi boshlig‘ining qarori bilan tuzilmalardan tinchlik davrida yirik yong‘inlarga qarshi kurash, tabiiy ofatlar (suv toshqinlari, zilzila va x,.k.) yirik avariya va xalokatlar oqibatlarini bartaraf etishda hamda Favqulotda vaziyatlar vazirligi tarkibida amalga oshiriladigan boshqa tadbirlarni bajarishda (qo‘mondonlik-shtab, maxsus-taktik, ob’ekt o‘quv mashqlarini, aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash yuzasidan o‘tkaziladigan barcha tadbirlarni amalga oshirishda) ham foydalaniladi.