Hisobot bo‘limi

Buxgalteriya bo‘limi №2169 Buxgalteriya Xisobining Milliy Standartlari asosida universitetning moliyaviy faoliyatini yuritib, moliyaviy hisobotlarni tuzish va yuqori tegishli tashkilotlarga o‘z vaqtida topshirish va ularning haqqoniyligini ta’minlaydi. Buxgalteriya bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi g‘aznachiligining “PK UzASBO” milliy dasturida yuritish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
  • Professor-o‘qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;
  • Hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq xamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
  • Moddiy boyliklar va pul mablag‘lari inventarizatsiyasini o‘z vaqtida o‘tkazish;
  • Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
  • Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
  • Mahalliy va respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o‘z muddatlarida o‘tkazish;
  • Bankdan olingan pul mablag‘larini maqsadli sarflash;
  • Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo‘lishining oldini olish;
  • Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
  • Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
  • Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;
  • Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo‘yicha sarflanishini nazorat qilish;
  • Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizatsiyasini o‘rnatilgan tartib asosida sifatli o‘tkazilishini nazorat qilish;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o‘z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish.

Bo‘lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMsi rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, OTMsi yillik va istiqbolli rejalarini bilishi, moliya hamda nazorat-taftish tashkilotlarining buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisobotlarni tuzish xususiydagi, shuningdek OTMsining moliya-xo‘jalik faoliyatiga, OTMsi tuzilmasiga va uni rivojlantirish istiqbollariga tegishli barcha uslubiy, me’yoriy hamda boshqa majburiyatlarni bajarish.

Bog‘lanish:

Bosh hisobchi - (71) 237-19-11

Hisob-kitob bo‘limi - (71) 237-19-06

Moddiy boyliklar bo‘limi - (71) 237-19-53

Talabalar bo‘limi - (71) 237-19-79

G‘azna - (71) 237-38-67