Malaka oshirish

Malaka oshirish uchun kerakli hujjatlar:

·   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 avgustdagi “Oliy ta‘lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–5789-sonli Farmoni.

·     Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 797-sonli qarori.

Hujjat topshirish tartibi haqida ma’lumot:

·      Rahbar va pedagog kadrlarning oxirgi 3 yillik kasbiy, o‘quv-metodik va ilmiy-metodik faoliyati natijalari (elektron portfolioda qayd etilgan ko‘rsatkichlari asosida);

·        Kursni tamomlagandan keyingi onlayn test sinovlari natijalari;

·        Bitiruv (loyiha) ishini himoya qilish natijalari hisobga olinadi.

·  Masofadan o‘qitish usullari asosidagi kurslarda tinglovchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari onlayn shaklida qayd etib boriladi va kurslarni to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilarga bevosita qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida o‘tkaziladigan onlayn test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi.

·   Elektron portfolio ko‘rsatkichlari va onlayn test sinovlari natijalari asosida tinglovchilarga bitiruv (loyiha) ishini himoya qilishga ruxsat beriladi.

Xodimlar malaka oshirishi uchun kerak bo’lgan hujjatlar:

·      Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining yilda tashkil etiladigan “Oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari rejasi va tinglovchilar kontingentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i.

·        Universitet rektorining qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga jo’natish to’g’risidagi buyrug’i