Hujjat yuborish

Magistraturaga kirish uchun hujjat yuborish tartibi

Magistraturaga xujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi. Xujjatlar onlayn shaklda magistr.edu.uz sayti orqali topshiriladi.

Bunda abituriyentlar magistr.edu.uz saytidan pasport ma’lumotlari orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yakunlangandan so‘ng to‘rt bosqichdan iborat jarayon amalga oshiriladi, ya’ni shaxsiy ma’lumotlar, tugatgan ta’lim muassasasi, mutaxasssislikni tanlash, imtiyozlarni kiritish.

Shaxsiy ma’lumotlar – bo‘limida abituriyent o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (fuqaroligi, hozirda yashayotgan viloyat (shahar), JShShIR, millati, ismi, familiyasi, otasining ismi, tug‘ulgan yili, jinsi, telefon raqami). Agar tizimdan one ID orqali ro‘yxatdan o‘tilsa ushbu ma’lumotlarni to‘ldirishga xojat qolmaydi.

Tugatgan ta’lim muassasasi –bo‘limida qo‘shish tugmasini bosish orqali abituriyent o‘zi tugatgan OTM xaqida ma’lumotlarni kiritadi. Bunda o‘quv muassasasi joylashgan davlat, o‘quv muassasasi nomi, ta’lim shakli, tamomlagan yili, yo‘nalish nomi, diplom seriyasi va raqami, diplom va ilovaning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma - O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) ma’lumotlari kiritiladi.

Eslatma: diplom va ilovaning asl nusxasini saytga yuklash lozim. Bunda diplom va ilovaning asl nusxasi elektron .pdf yoki .jpg formatda bo‘lishi kerak.

Mutaxasssislikni tanlash –bo‘limida abituriyent o‘zi xoxlagan OTM va mutaxassislikni tanlashi mumkin. Bunda tanlanayotgan OTM nomi, ta’lim tili, mutaxassislik nomi, chet tili to‘g‘risida ma’lumotlar tanlanadi.

Imtiyozlarni kiritish – bo‘limida abituriyent ega bo‘lgan imtiyozlar xaqida ma’lumotlar kiritiladi. Bunda chet tili sertifikati, yutuqlar, ko‘zi ojizlik to‘g‘risida ma’lumotlar kiritiladi.

Barcha ma’lumotlar to‘g‘ri va aniq kiritilgandan so‘ng abiturientga ARIZANGIZ MUVAFFAQIYATLI TOPSHIRILDI degan xabar keladi.

Magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tartibi bo‘yicha magistr.edu.uz saytida abituriyentlar uchun joylashtirilgan Qabul tizimidan qanday foydalanish bo‘yicha video yo‘riqnoma orqali tanishishingiz mumkin.