Sport

Universitet talabalarining sport bilan shugʼullanishlari uchun barcha sharoit mavjud. Sport kompleksning kapital taʼmirdan chiqarib topshirilgani bunga misol. Hozirda Futbol, Voleybol, Qoʼl toʼpi, Shaxmat-shashka, Basketbol hamda Kurash toʼgaraklari faoliyat yuritib kelmoqda. 

2022 yilning 15-19 fevral kunlari voleybol boʼyicha fakultetlararo umumkurs talaba-yoshlari oʼrtasida “Sportni sev - sport bilan yasha!” shiori ostida murosasiz “Rektor kubogi” sport musobaqasi bellashuvi, 2022 yil 1-mart bahorning birinchi kuni “Sport – goʼzallik ramzi!” shiori ostida, joriy yilning 1-5 mart kunlari “Voleybol” boʼyicha fakultetlararo umum kurs talaba-qizlari oʼrtasida talaba-qizlari oʼrtasida “Rektor kubogi murosasiz sport musobaqasi bellashuvi oʼtkazildi.

2022 yil davomida sport turlari boʼyicha rektor kuboklari, taqvim reja asosida dekan kuboklari, universitet birinchiligi musobaqalari oʼtkazildi. Jumladan, joriy yilning 22-26 fevral kunlari Gandbol boʼyicha fakultetlararo umumkurs talaba-yoshlari oʼrtasida “Sportni sev - sport bilan yasha!” shiori ostida murosasiz “Rektor kubogi” sport musobaqasi bellashuvlari tashkil etildi.

2022 yilning 14-28 mart kunlari “Futbol” boʼyicha fakultetlararo talaba-yoshlari oʼrtasida “Sportni sev - sport bilan yasha!” shiori ostida murosasiz bellashuvlar ostida Universitet birinchiligi oʼtkazildi. 

2022 yil 2-3 iyun kunlari fakultetlararo talaba -yoshlar oʼrtasida sportning stol-tennis va shaxmat-shashka turlari turi boʼyicha “Universitet birinchiligi” musobaqasi, 3 - 4 iyun kunlari “Milliy kurash – Faxrim, gʼururim” shiori ostida universitet talaba -yoshlar oʼrtasida 60, 66, 73, 81, 90, 90+ kg vazn toifasida “Universitet birinchiligi” musobaqasi oʼtkazildi.

2022 yilning 16-17 sentyabr kunlari “Sport - bizni birlashtiradi” shiori ostida sport tadbirlari oʼtkazish taqvim rejasi asosida basketbol boʼyicha, 23-24 sentyabr kunlari voleybol boʼyicha fakultetlararo 1-bosqich talaba-yoshlari oʼrtasida “Universiada-2022” sport musobaqasida ishtirok etish uchun saralash bosqichi oʼtkazildi.

2022 yilning 26-27 sentyabr kunlari “Besh tashabbus-besh imkon” shiori ostida sport tadbirlari oʼtkazish taqvim rejasi asosida gandbol boʼyicha, 4-5 oktyabr kunlari minifutbol sport turi boʼyicha fakultetlararo 1-bosqich talaba-yoshlari oʼrtasida “Universiada-2022” sport musobaqasida ishtirok etish uchun saralash bosqichi oʼtkazildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PQ-201-son qarori bilan tasdiqlangan mahallalarda yoshlar oʼrtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish boʼyicha chora-tadbirlar dasturining 18-bandida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida, universitet talabalarining xohish va istaklariga qarab sport klublari oʼrtasida doimiy ravishda sport musobaqalarini tashkil qilib borilmoqda, shu bilan birgalikda 2022 yilning 17-18 oktyabr kunlari milliy kurash turidan 60, 66, 73, 81, 90, +90 kg vazn toifalari boʼyicha «Universiada-2022» saralash bosqichi boʼyicha "Universitet birinchiligi" oʼtkazildi. Ushbu musobaqada gʼoliblar quyidagicha aniqlandilar.

2022 yil 13 noyabr kuni Universitetimizning 200 ga yaqin sportchi talaba - yoshlari respublikamiz boʼyicha tashkil etilgan “YaNGI NАFАS” shiori ostidagi marafon yugurishda, 10 dekabr kuni Universitetimiz sport majmuasida Oliy taʼlim muassasalari sport klubilaridan TDPI, OʼzDJTU, Singapur, JIDU hamda “TIQXMMI” MTU terma jamoalari oʼrtasida oʼrtoqlik uchrashuvi oʼtkazildi

2021-2022 oʼquv yili davomida universitetning 106 nafar talabasi sport razyadiga ega boʼldi. Hozirda yana 110 nafar talabalar sport ustaligiga nomzodligi boʼyicha talaba-sport assosiatsiyasiga hujjat topshirgan.

2022 yilning iyun oyida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida tashkil etilgan musobaqalarda 1 nafar talaba voleybol jamoasi tarkibida 2-oʼrinni qoʼlga kiritdi.

Universitetning 1 nafar talabasi MMА sport turi boʼyicha respublika chempionatida 1-oʼrinni qoʼlga kiritdi. 

Shuningdek, joriy yilda yana bir nafar talaba “Olimpik” futbol jamoasi tarkibida pro-liga boʼyicha yoshlar terma jamoasi tarkibida respublika birinchiligida chempionlikni, 23 yoshgacha boʼlga futbolchilar oʼrtasidagi U-23 Osiyo chempionatida yoshlar terma jamoasi tarkibida 2-oʼrinni qoʼlga kiritidi.

Bir nafar talaba shashka sport turdan Toshkent shahar boʼyicha yoshlar oʼrtasida boʼlib oʼtgan musobaqalarda 1-oʼrinni, Termezda boʼlib oʼtgan yoshlar oʼrtasida boʼlib oʼtgan musobaqalarda 1-oʼrinni qoʼlga kiritdi.

Bir nafar talaba-qiz imkoniyati cheklanganlar oʼrtasida Bochcha sport turi boʼyicha respublika chempionligini qoʼlga kiritdi hamda xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqini qoʼlga kiritdi.