Umurzakov O‘ktam Pardayevich

img

UMURZAKOV O’KTAM PARDAYEVICH

Umurzakov O‘ktam Pardayevich

Iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Umurzakov O‘ktam Pardayevich ko‘p yillardan beri o‘z ish faoliyati davomida universitetimizning rivojlanishi uchun ulkan hisssalarini qo‘shganlar. 1974-yildan 1977-yilgacha Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti (“Toshkent Irrigatsiya Va Qishloq Xo‘Jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti) “Mashinalar puxtaligi va remonti” kafedrasining kichik ilmiy xodimi, 1977-1980-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, 1980-1990-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining “Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasi assistenti, 1990-1992-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Malaka oshirish fakulteti dekani, 1992-1996-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari tayyorlash markazi prorektori, 1996-1999-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani, 1999-2004-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektori, 2004-2011-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, 2011-2013-yillarda esa Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiningng O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, rektor vazifasini bajaruvchi, 2013-yildan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining “Suv xo‘jaligi iqtisodi” kafedrasi professori, 2017-yil 26-maydan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining rektori lavozimida ishlagan. Respublika oliy ta'lim kengashi raisi, institutimiz rektori, iqtisod fanlari doktori, proffessor O‘ktam Pardayevich Umurzakov 2021 - yilning 26 - iyul kuni 69 yoshida vafot etdi. O‘ktam Pardayevich Umurzakov - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bitiruvchisi. Butun umri shu ta’lim dargohi bilan chambarchas bog'liq.

Ustozimizni barchamiz doim iliq xotiralar bilan yodga olamiz.