Xalqaro laboratoriyalar

1. Bioiqtisodiyot xonasi Iqtisodiyot fakultetining 110 xonasida joylashgan. U yerda onlayn darslari olib borish uchun konferentsiya jihozlari jihozlangan. Katta interaktiv ekran, 24 ta mikrofon, miksher, 2 ta videokameralar joylashtirilgan. Shuningdek, 6 nafar magistrantga noutbuklar berilgan.



2. Suv resurslarini integral boshqarish laboratoriyasi IT-Park D binoning orqa qismida joylashgan. Bunda Chirchiq daryosi havzasi modeli misolida Suv resurslarini integral boshqaruvi interaktiv koʼrinishda koʼrsatilgan.


3. V binoning 510-512 auditoriyasida joylashgan suv taʼminoti tizimida jarayonlarini avtomatlashtirilgan boshqarish laboratoriyasi.


Laboratoriya eng zamonaviy, ilgʼor uskunalar bilan jihozlangan boʼlib, bu laboratoriya va ilmiy bazani yuqori xalqaro taʼlim standartlariga javob beradigan yangi, innovatsion darajaga koʼtarish imkonini beradi. Bu oʼzgarishlar nafaqat mazkur kafedrada oʼquv jarayoni sifatini oshirish, balki butun institut rivojiga kuchli turtki boʼlib xizmat qiladi.

Amaliy ahamiyati suv xoʼjaligini avtomatlashtirish boʼyicha zamonaviy texnik yordamga ega boʼlgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bilan bogʼliq boʼlib, ular avtomatlashtirilgan tizimlar, raqamli texnologiyalar, dasturiy-texnik yechimlarning ishlash tamoyillari asosida suv resurslarini monitoring qilish, taqsimlash, suvdan foydalanish, suv taʼminoti hamda boshqarish imkonini beradi.

Suv resurslarini boshqarishga tizimli yondashuv uchta asosiy oʼzaro bogʼliq komponent bilan tavsiflanadi:

1. Texnologik jarayonlar

2. Obʼektlar va jihozlar

3. Avtomatlashtirishni boshqarish


4. Geoinformatika markazi Erasmus+ DSinGIS loyihasi doirasida Geoinformatika markazi tashkil etildi. Unda zamonaviy geodezik asbob-uskunalar, yuqori samaradorlikka ega kompьyuterlar bilan jihozlandi.




5. Аqlli qishloq va suv xoʼjaligi shou-rumi Xitoyning Huawei kompaniyasi Oʼzbekistonda ilk bor Аqlli qishloq va suv xoʼjaligi loyihasi doirasida Oʼquv-ilmiy poligonida va shou-rumiga oʼrnatildi. Ushbu laboratoriya Rektorat binosining oʼng qanotida joylashgan.