Doktorantura

Tayanch doktorantura va doktoranturaga kiruvchi talabgorlar Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi - http://phd.mininnovation.uz orqali roʼyxatdan oʼtgan holda oʼzlariga tegishli quyidagi hujjatlarni pdf shaklida tayyorlab (http://phd.mininnovation.uz) ga yuklaydi:

1. Tayanch doktoranturaga kiruvchilar:

·        ariza;

·        qisqacha biografik maʼlumotnoma;

·        mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

·    oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisidagi diplom nusxasi;

·        nashr etilgan ilmiy ishlar roʼyxati, shuningdek ularning nusxalari.

·        Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi (agar mavjud boʼlsa);

·        xorijiy tilni bilish sertifikati.

2. Doktoranturaga kiruvchilar:

·        ariza;

·        qisqacha biografik maʼlumotnoma;

·        mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

·     oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʼlganligi toʼgʼrisidagi diplom nusxasi;

·        nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;

·         xorijiy tilni bilish sertifikati.