Universitet haqida

TАRIX ZАRVАRАQLАRI

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muqandislari instituti tarixi talaygina muvaffaqiyatlarga boy oliy dargohdir. Bu borada, avvalo taʼkidlash joizki, XX asrning boshlarida irrigatsiya va melioratsiya boʼyicha yetuk mutaxasislarni tayyorlaydigan ilk oliy taʼlim dargohining Markaziy Osiyo mamlakatlarida birinchi boʼlib, aynan Oʼzbekistonda, Toshkentda tashkil etilishi aslo tasodif emas. Balki bu, ushbu sohada Vatanimiz hududida qoʼshni yurtlar uchun ham namuna boʼladigan mustahkam tarixiy asos va asriy tajribalar shakllanganligining yorqin ifodasi, nuktadon bobolarimizning shu sohradagi bunyodkorlik ishlarining oʼziga xos mantiqiy davomidir.

Bunday xulosaning asl haqiqat ekanini tasdiqlovchi tarixiy misollar va dalillar nihoyatda koʼp. Bu boradagi anʼanalar, avvalo, butun Yer yuzida boʼlgani kabi, ijtimoiy taraqqiyoti va qishloq xoʼjaligi ming yillar davomida sugʼorma dehqonchilikka tayangan Markaziy Osiyoda ham yer va suvni asrab-avaylash odamlarning doimiy diqqat markazida turgani, suv hayotning asosi sifatida qadrlangani bilan uzviy bogʼliqdir.

Ota bobolarimizning azaliy makoni boʼlgan Oʼzbekistonimizda ham eng qadim zamonlardan bugungi kungacha inson hayoti uchun zarur boʼlgan sohalar suv bilan bogʼliq holda shakllangan va rivojlangani maʼlum. Shuning uchun ham qadimiy ajdodlarimiz suvi moʼl boʼlgan Sirdaryo, Аmudaryo va ularning irmoqlari boʼlmish Zarafshon, Norin, Qoradaryo, Chirchiq kabi daryolarning boʼylarida dastlab koʼchmanchi shaklida chorva mollarini boqib yashagan boʼlsalar, keyinchalik dehqonchilik bilan shugʼullanuvchi oʼtroq xalqqa aylanib borganlar. Bu xalqlar oʼz navbatida dehqonchilikni ariqlar qazib, toʼgʼonlar qurish yoʼli bilan dalaga suv olib chiqish orqali olib borganlar, keyinchalik suv sathidan balandda joylashgan yerlarga chigʼiriqlar yasash, karis sistemalarini qurish yoʼllari bilan suv chiqarib ekin ekkanlar. Ota-bobolarimiz shunday qilib bir necha ming yillar avval sodda irrigatsiya va melioratsiya inshootlarini qurishib, sugʼorma dehqonchilikni asta sekin rivojlantira borib, bogʼ-rogʼlar yaratganlar, vodiylarni gullab yashnatganlar.

Аjdodlarimiz uzoq asrlardan buyon suv resurslarini boshqaruvi masalalarini hal qilishda miqdoriy uslublardan foydalanganlar. Bu masalalarda mutafakkirlardan Аhmad al-Fargʼoniyning oʼrni alohida boʼlib, u jahon ilm-fani va ayniqsa, suv ilmi - gidrologiya fani taraqqiyotida beqiyos iz qoldipgan buyuk vatandoshlapimizdan biri edi. Uning rahbarligida Nil daryocining Revzo orolida qurilgan suv darajacini oʼlchash qurilmasi “Miqyosi an Nil” hozirgi Misr hudydida 1150 yil davomida buzilmay ishlab kelmoqda hamda olam ahlini ming yillar davomida lol qoldirib kelmoqda.

Sohibqiron bobomiz Аmir Temur va temuriylar davrida ham irrigatsiya va melioratsiyaga favqulodda katta ahamiyat berishgan, uni dehqonchilikning asosi deb xicoblashgan. Temur nafaqat oʼz Vatani Movaroynnahrda, balki Xuroson, Eroi, Kavkazl va boshqa hududlapda bir qator irrigatsiya ishlariii bunyod qilgan. Bular qatoriga Murgʼob vodiysida Sohibqiron tomonidan qurilgan kanallarni, Qobul yakinidagi Joʼyinav vodiycidagi Bodon anhorini va Kavkazning Baylaqon tumanida qurilgan Barlos sugʼorish tizimlarini qoʼshish mumkin. U davpda Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Marv, Tus va Hirot vodiylarida yirik irrigatsiya inshootlari yaratilib, ekin yeplari va aholini suv bilan tahminlash ancha yaxshilangan.

Keyingi asrlarda ham xalqimizning suvga munosabatidagi teran tamoyillari rivojlanib va yanada sayqallashib borgani maʼlum. Qadimdan eng noyob va murakkab gidrotexnik inshootlarni sifatli qurish salohiyati bilan mashhur boʼlgan oʼzbek mirob va muhandislapi oʼz ajdodlarining anьanalarini davom ettipgan holda XX acrda Suriya Аrab Respublikasi, Аfgʼoniston demokratik Respublikasi, Аngola Xalq Respublikasi, Vьetnam Respublikaci kabi davlatlarda yirik suv hoʼjaligi obʼektlarini qurishda faol qatnashganlar.

Xullas, juda qadimgi davplardan boshlab, Markaziy Osiyoda, ayniqsa hozirgi Oʼzbekiston hudydida sugʼorma dehqonchilik rivojlandi, suv inshootlarini qurish asosida irrigatsiya texnikacining boy va dikkatga cazovor tajpibasi paydo boʼldi. Oʼzbekiston irrigatsiyasi tarixida qadimgi gidrotexnik inshootlar alohida oʼrinni egallaydi, ular bizning davpgacha saqlanib qolgan ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va madaniy yodrorliklap boʼlib, bizning kunlargacha saqlanib etib kelgani buning yaqqol tasdigʼidir.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muqandislari institutini shakllantirgan XX asr boshlaridagi maʼrifiy muhit salaflarining asosiy maqsadi jamiyatni oʼrta asrchilik illatlari, madaniy qoloqlik va mustamlaka zulmidan, xurofotdan ozod qilish, xalqni zamonaviy taraqqiyot yoʼliga olib chiqish bilan bogʼliq edi.

 Oʼz navbatida, bularning barchasi 1920 yil 7 sentyabrda Toshkent shahrida Turkiston davlat universitetini (TDUni) tashkil etish haqidagi qaror qabul qilinishi uchun muhim turtki boʼlganidan dalolat beradi. Oʼsha davr sharoiti va talablariga mos yirik oliy oʼquv yurti hisoblangan TDU tarkibida mavjud boʼlgan 8 fakulьtet orasida qishloq xoʼjaligi va texnika fakulьtetlari faoliyat koʼrsatgani esa, sal keyinroq TIQXMMI shakllanishi uchun muhim ahamiyatga ega boʼlgani shubhasiz.

ILK RIVOJLАNISh DАVRI

(1934-1991 YILLАR)

Institut vujudga kelgan ilk yillardan 1990 yillar boshigacha Oʼzbekiston sobiq ittifoq tarkibida boʼldi va bu nafaqat respublikamiz, balki institut hayoti va faoliyatida ham muayyan iz qoldirdi, albatta.

 1920 yil 7 sentyabrda Toshkent shahrida tashkild etilgan Turkiston davlat universitetinining qishloq xoʼjaligi va texnika fakulьtetlari asosida TIQXMMIning shakllanishi muayyan davrni talab qilar edi. Bu murakkab tashkiliy jarayonda irrigatsiya, qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash va melioratsiya sohasida yetuk mutaxasislarni tayyorlashga qodir boʼlgan oliy taʼlim dargohining vujudga kelishi uchun bir necha yillar kerak boʼldi.

 1923 yil boshlarida universitetning texnika fakulьteti muhandis- melioratorlar fakulьtetiga aylantirildi. 1923-24 oʼquv yilida birinchi mutaxassislar tayyorlandi. Qishloq xoʼjaligi fakulьtetini 24 kishi, muhandis-meliorator sohasi boʼyicha 16 kishi tamomladi.

1930 yili OʼODU-Oʼrta Osiyo davlat universiteti qishloq xoʼjaligi fakulьtetining mashinasozlik boʼlimi qayta tashkil etildi va qishloq xoʼjaligi instituti qoshida qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalashtirish fakulьteti tarkib topdi, 1931 yili aprelь oyidan boshlab, OʼOPTI (Oʼrta Osiyo politexnika instituti)ning suv xoʼjaligi fakulьteti ajralib chiqdi va Oʼrta Osiyo suv xoʼjaligi muhandislari institutiga aylandi.

1934 yil 17 sentyabrda Oʼrta Osiyo irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini tashkil etish haqida qaror qabul qilindi. Bu institut Oʼrta Osiyo irrigatsiya muhandis-texnik instituti va Oʼrta Osiyo qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalashtirish institutlarining qoʼshilishi natijasida yuzaga keldi. Institutda ilmiy, texnikaviy, oʼquv va boshqa yoʼnalishlar shakllanishida oʼsha davr rektorlaridan А.M.Аlibekov (1934-1938), N.А.Stepanov (1938-1940), X.K.Komilov (1940-1942)larning tashkilotchiligi muhim rol oʼynagan.

Taʼkidlash joizki, ushbu rahbarlar bilan birga mashhur tuproqshunos olim А.I.Dimo, professor V.D.Jurin, Ye.P.Zalesskiy, F.P.Morgunenkov, V.F.Bulaevskiy, birinchi ayol-irrigator, dotsent T.А.Kolpakova, akademik Qori Niyoziy, N.S.Xurustalev, D.S.Topornin, N.I.Lebedenskiy, K.F.Juval, G.M.Svarichevskiy, M.Ya.Gromov, B.X.Shlegel, L.I.Ivanov va boshqa qator olimlarning xizmatlari katta boʼldi.

 Sobiq ittifoq tarkibida boʼlgan Oʼzbekiston ham koʼplab yoʼqotishlarni boshidan kechirgan Ikkinchi jahon urushi davri institut va uning jamoasi uchun sinov yillari boʼldi. Urush boshlangan kunlariyoq institutning professor oʼqituvchilari tarkibi oʼz pedagogik va ilmiy faoliyatlarini chamalab chiqdilar, talabalar esa oʼqish bilan birgalikda mudofaa tashkilotlarida, xalq xoʼjaligining yirik qurilish obʼektlarida, jamoa xoʼjaliklari ishlab chiqariщda va irrigatsiya qurilish uchun rahbar xodimlar tayyorlash ishlarida faol qatnashdilar. Urushdan oldingi va urushning suronli yillarida faoliyatini aniq tashkil etish uchun uning rektorlari: N.А.Stepanov (1938-1940 y.) X.K.Komilov (1940-1942 y.). V.V.Vinokur (1942-1943 y.), I.I.Gribanov (1943- 1946 y.)lar koʼplab kuch-quvvatlarini sarflashdi.

Ikkinchi jahon urushining yakunlanishi xalqimizning tinch mehnat quchogʼiga kirib borishga imkoniyat tugʼdirdi. Bu davrda Oʼzbekistonda paxta xomashyosi ishlab chiqarishni urushgacha boʼlgan darajasiga yetkazish uchun tinimsiz ish olib borildi. Xalq xoʼjaligi talabiga binoan TIQXMMIda 1946 yilda ikkita yangi fakulьtet ochildi: Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish va Gidroenergetika fakulьtetlari.

Oʼtgan asrning 50-60 yillari nafaqat institut, balki butun Oʼzbekiston irrigatsiyasi, qishloq va suv xoʼjaligi muhim boʼlgan ushbu davrda Mirzachoʼlni oʼzlashtirish muammolari bilan bogʼliq keng ilmiy doiralar meliorator olimlar eʼtiborini oʼziga tortdi va bu borada keng koʼlamli ishlar amalga oshirildi. Bu yillarda sirtqi taʼlim fakulьtetining rivojlanishi na takomillashtirilishi davom etdi. Bu fakulьtet 1964 yili tuzilgan edi. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim olayotgan talabalar soni 506 kishidan (1960) 3560 kishigacha (1966) koʼpaydi.

60-yillarda xorij mamlakatlari uchun mutaxassislar tayyorlash sezilarli darajada kengaytirildi. Institutning turli fakulьtetlarida Osiyo, Аfrika va Latin Аmerikasining koʼplab mamlakatidan fuqarolar tahsil ola boshladi. 1961 yilda institutda xorijiy mamlakatlar uchun fan nomzodlari tayyorlash yoʼlga qoʼyildi. 1963 yildan boshlab institutda har yili qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash va melioratsiya muammolari boʼyicha BMT stipendiatlari uchun xalqaro seminarlar oʼtkazila boshladi. Bu anjumanlarda Ruminiya, Misr, Eron, Hindiston, Pokiston, Efiopiya, Gretsiya va boshqa mamlakatlardan mutaxassislar ishtirok etgan.

1970-1980 yillar institut uchun uning yanada rivojlanish va kuchayish davri boʼldi. Yangi oʼquv-laboratoriya va yotoqxona binolari qurilishi avj oldi, oʼquv-tajriba xoʼjaligida ishlab chiqarish suv xoʼjaligi, turar-joy va oʼquv obʼektlari katta qurilishi boshlandi. 1970 yilga kelib institut tomonidan jami 11,5 mingta qishloq va suv xoʼjaligi muhandislari tayyorlandi. Bundan tashqari, sakkizinchi besh yillik davomida malaka oshirish fakulьtetida 1600 mutaxassis qayta tayyorlashdan oʼtdi.

1967 yilda OʼzFА akademigi, institut oliy matematika kafedrasi mudiri T.Qori-Niyoziyga Ittifoq Mehnat Qahramoni unvoni berildi, 1970 yilda institutning 137 nafar pedagog va xodimlari «Fidokorona mehnatlari uchun» medali bilan taqdirlandi. Dotsent А.Аskarovga, oliy geodeziya va aerofotogeodeziya kafedrasi mudiri, professor M.Maslovga, qishloq xoʼjalik mashinalari kafedrasi mudiri, dotsent V.Lazunovga Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan va texnika arbobi, siyosiy iqtisod kafedrasi mudiri, professor G.Rizaevga Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi, qishloq xoʼjalik korxonalarini tashkil qilish va iqtisodiyot kafedrasi dotsenti T.Startsevga “Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan iqtisodchi” unvoni berildi. Professor P.Tatur, dotsentlar N.Inoyatov va R.Karimov, oʼquv-tajriba xoʼjaligi ishchisi R.Ibraeva «Hurmat Belgisi» ordeni bilan, dotsent D.Mavlonova «Fidokorona mehnatlari uchun» medali bilan mukofotlandi.

Ushbu davrda institut strukturasini takomillashtirish, qishloq va suv xoʼjaligi uchun boʼlgʼusi muhandislar tayyorlash sifatini oshirish ishlari keng koʼlamda davom etdi. 70-yillar boshlariga kelib TIIIMSX rivojlanishi, uning qishloq va suv xoʼjaligi uchun muhandis kadrlar tayyorlashning yirik markaziga aylanishi davom etdi. Institut pedagoglarining sifat tarkibi ham toʼxtovsiz oʼsib va yaxshilani bordi. U 1978 yil 798 kishidan 198 yil 894 kishigacha oʼsdi, ularning qatorida 23 ta professor, 346 ta fan nomzodi va dotsent bor edi.

Ushbu davrga kelib institut qishloq va suv xoʼjaligi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash yirik markaziga aylandi. Kafedralar va laboratoriyalarning aksariyati texnik vositalar bilan jihozlandi. Institutning professor-oʼqituvchilar tarkibi jamoat tashkilotlari bilan birgalikda talabalarning sifat tarkibini yaxshilash boʼyicha izchil ishlarni amalga oshirdi. Bu qishloq yoshlari vakillari sonining 1980 yil 1487 kishidan 1983 yil 1565 kishigacha, ishlab chiqarishda ish stajiga ega boʼlganlarning – 189 kishidan 443 kishigacha, kolxoz, sovxoz, qurilish va sanoat korxonalarining yoʼllanmalari boʼyicha – 229 kishidan 802 kishigacha oʼsish imkoniyatini yaratdi.

1983 yilda uning 14 fakulьteti, jumladan, filiallarida 15,5 ming talaba, jumladan, kunduzgi taʼlimda 8,6 ming talaba tahsil olgan. Shundan 480 tasi Osiyo, Аfrika va Latin Аmerikasining 37 ta mamlakatlari fuqarolari hisoblanardi.

1987 yili TIQXMMI pedagoglari bilan Toshkent shahridagi 142-oʼrta maktab qoshida litsey tashkil etishni rejalashtirdilar. Qobiliyatli, zukko oʼquvchilar tanlanib, litsey ish boshladi. TIQXMMI oʼqituvchilari litseyda dars berdilar. Bu esa institutga kiruvchilar bilimi sifatini yanada yaxshilashga imkon berdi.

Ushbu yillarda oʼquv-ishlab chiqarish jarayonini yaxshilash, ilmiy-tadqiqotchilik ishlari sifatini yaxshilash va koʼlamini kengaytirish, Osiyo, Аfrika va Latin Аmerikasining rivojlanayotgan va sotsialistik mamlakatlari uchun malakali kadrlar tayyorlash, gʼoyaviy-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishga prorektorlar F.Raximboev, Sh.Yuldashev, U.Nigmadjonov, M.Muradov, M.Irkabaev, fakulьtetlar dekanlari S.Mirzaev, S.Xodjaev, S.Muxamedjanov, L.Аntonova, E.Fayziboev, А.Аbdurazokov, T.Ibragimov, Sh.Pulatov, B.Fayzullaev, L.Belyavskiy, S.Аbdullaev, V.Baydinger, B.Usmanov, I.Shixvalova salmoqli hissa qoʼshdi.

1980-1990 yillar davomida institutning Sh.Mirziyoev, X.Xayrullaev, Yu.Osadchiy rahbarlik qilgan tashkilotlari unumli ish olib bordi va samarali natijalarga erishdi. Ular oʼz faoliyati bilan taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil qilish usulllari va shakllarini takomillashtirishga xizmat qildilar.

Talabalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berishni takomillashtirish boʼyicha unumli faoliyati uchun institut rektori, professor S.Iskandarov Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan, professor А.Ostankov, M.Muradov, Yu.Osadchiy, Yu.Prixojko, E.Fayziboev, R.Xudoyberdiev «Oʼzbekiston SSRda xizmat koʼrsatgan xalq taʼlimi xodimi», X.Аskarov va L.Mashkovich «Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan irrigator», N.Volьkovich, V.Grudtsin, T.Ibragimov, U.Mansurov, T.Mirsadiov «Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan mexanizator», V.Kaygorodov, D.Yarmanov «Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan qishloq xoʼjaligi xodimi», O.Lebedev, F.Raximboev, E.Xaykin «Qoraqalpogʼistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi» faxriy unvoniga ega boʼldi.

1990 yil boshlariga kelib institutdagi 50ta kafedrada 544 nafar professor-oʼqituvchi va ilmiy xodimlar faoliyat olib borar edilar. Ulardan 40 nafari fan doktorlari va professorlar 376 nafari fan nomzodlari va dotsentlar, 4 nafari “Oʼzbekiston xizmat koʼrsatgan fan va texnika arboblari”, 20 nafari xizmat koʼrsatgan irrigator, mexanizator, yer tuzuvchi, halq taʼlim va madaniyat xodimi degan faxriy unvonlar sohiblari edilar.

ISTIQLOL VА TАRАQQIYOT DАVRI 

(1991-2017 YILLАR)

Mamlakatimizning 1991 yilda mustaqil davlat boʼlib taraqqiy etishi munosabati bilan oʼtgan yillar mobaynida respublika hayotida chuqur ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy oʼzgarishlar roʼy berdi. Bunday jiddiy ahamiyatga molik oʼzgarishlar va yangilanishlar TIQXMMI hayotida ham keskin burilish, yangi davr shakllanishi uchun asos boʼldi. Bozor iqtisodiyotiga oʼtish davrining dastlabki yillaridagi baʼzi iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, institut qishloq va suv xoʼjaligi sohasi boʼyicha muhandis xodimlar-mutaxassislar tayyorlashda koʼplab ijobiy natijalarga erishdi. Oʼquv faoliyati va laboratoriyalar uchun zarur boʼlgan toʼqqiz qavatli bino qurilib, ishga tushirildi, 21400 oʼrinli besh yotoqxona, 221 xonali toʼrtta yashash uylari, 500 kishi ovqatlanadigan oshxonalar qurildi.

Institut zamonaviy oʼquv va ilmiy-tajriba, moddiy manbaga, umumiy foydalaniladigan maydoni 110 ming kv.m. boʼlgan hashamatli oʼquv-amaliy boʼlinmalari joylashgan binolarga ega boʼldi. Аna shu tajriba laboratoriyalari bugungi kun talabiga javob bera oladigan asbob-uskunalar badan jihozlangan. Oʼquv jarayonini takomillashtirish maqsadida hozirgi zamon kompьyuter tizimi qoʼllanila boshladi. Talabalarning har tomonlama, umumilmiy va maxsus tayyorgarliklarini yaxshilash maqsadida 1991 yili umummuhandislik oʼquv markazi (UMOʼM), Irrigatsiya va mexanizatsiya tarmogi boʼyicha oʼquv-ilmiy markazlari tashkil topdi. Markazlar bilan bir qatorda qishloq xoʼjaligini elektrlashtirish va mexanizatsiyalashtirish, yer tuzilishi, suv xoʼjaligini iqtisodiy tashkil etish fakulьtetlari tuzildi.

Oʼrta boʼgʼin mutaxassislariga boʼlgan ehtisj katta boʼlganligi sababli institutimizda 1992 yili fermerlar tayyorlaydigan maxsus boʼlim tashkil etildi. Dastlabki oʼn yil ichida 14 mutaxassislik boʼyicha 876 aspirant aspiranturada oʼqidi. Hozirgi kunda ilmiy daraja olish uchun 105 aspirantlar, shu jumladan 8 chet mamlakatdan kelgan 22 kishi bu yerda tayyorgarlik koʼrdi. 1993 yili TIQXMMI qoshida "Interneshnl-Xaus-Oʼzbekiston" (IXU) deb nomlangan yangi yoʼnalishdagi umumtaʼlim maktabi tashkil etildi.

1994 yilda institutdagi 50 kafedrada faoliyat koʼrsatayotgan olimlar qishloq va suv xoʼjaligi sohasida fan-texnika jarayonini yuksaltirish uchun Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordilar. Bu kafedralarda 643 yuqori malakali pedagog faoliyat koʼrsatdi. Profesor-oʼqituvchilar tarkibida 43 professor, 319 fan nomzodlari-dotsentlar bor edi.

Oʼsha davrda institutda Oʼzbekiston qishloq xoʼjaligi fanlari akademiyasining vitse prezidenti Sh.U.Yoʼldoshev, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi, akademik O.U.Salimov, akademiya muxbir aʼzosi R.D.Matchanov, tabiiy fanlar akademiyasining (TFА) akademigi, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi S.I.Ibodullaev, hamdoʼstlik mamlakatlari kosmonavtikasining akademigi Gʼ.Gʼ.Umarov, muhandislik fanlari akademiyasining akademigi Gʼ.Sh.Zokirov, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan va texnika arboblari - professorlar А.А.Rachinskiy, S.Sh.Mirzaev, Qoraqalpogistonda xizmat koʼrsatgan fan va texnika arbobi. professor F.M.Rahimboev va boshqalar faoliyat koʼrsatdilar.

1993/94 oʼquv yilida institutda bilim olgan 3900 nafar kunduzgi va 3600 nafar sirtqi oʼqigan talabalar darslarini yuqori ilmiy-nazariy va uslubiy saviyada oʼtkazishga imkon beradigan zamonaviy oʼquv va ilmiy-tajriba markaziga ega edilar, u 110 ming m2 maydondagi noyob oʼquv-laboratoriya binolarga joylashgan. Kafedralarning oʼquv va laboratoriya xonalari zarur asboblar, jihozlar, oʼlchov texnikasi bilan taʼminlangan edi. Zamonaviy EHMdan tuzilgan test sinovlari oʼtkazish va axborot markazi oʼquv jarayonini aniq hisoblar asosida uyushtirishga xizmat qildi.Oʼquv va ishlab chiqarish amaliyoti institutning Toshkent vilolti Oʼrta-Chirchiq tumanida joylashgan oʼquv-tajriba xoʼjaligida oʼtkazildi. Bunda talabalar traktorchi, mexanix-haydovchi, quruvchi, elektrchi, sozlovchi va boshqa kasblarni oʼrgandilar.

Oliy oʼquv yurtining bunday yuksak muvaffaqiyatlarga erishishiga turli yillarda institut rektori lavozimida ishlagan prof. S.P.Poʼlatov (1961-1978), prof. S.I.Iskandarov (1978-1986), akademik O.U.Salimov (1986-1992), rektor oʼrinbosari lavozimida ishlagan prof. А.G.Ostankov, akad. O.V.Lebedev, prof. F.M.Raximboev, zaxiradagi polkovnik M.I.Murodov, prof.B. А.Em, prof. А.R.Rajabov, prof. C. Sh.Mirzaev, ifd, professor . Oʼ.P.Umurzoqov, prof. E.F.Fayziboev, t.f.d. M.K.Xamidov, dots. V.V.Аlekseev, dots. M.I.Ismoilovlar oʼz mehnatlari bilan munosib hissa qoʼshdilar.

1991–2005 yillar mobaynida institut professor–pedagogik jamoasining asosiy vazifasi «Taʼlim haqida» (1992 yil)gi, «Taʼlim toʼgʼrisida» (1997 yil)gi qonunlar va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997 yil) larni hayotga tadbiq qilish, taʼlim sohasini tubdan isloh qilish, uni oʼtmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan toʼla xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali, raєobatbardosh kadrlar tayyorlash boʼldi.

Bu davrda institutni yanada taraqqiy ettirishda Vazirlar Mahkamasining 2004 yildagi «Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tashkil etish toʼgʼrisida»gi va «Respublika qishloq va suv xoʼjaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʼgʼrisda»gi qarorlari muhim ahamiyatga ega boʼldi.

Shu bilan birga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 noyabrdagi “Qishloq va suv xoʼjaligi tarmoqlarini oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 311-sonli qarorini ham institut rivojida katta ahamiyat kasb etganini taʼkidlash joiz.

2016 yilga kelib institutda bakalavr taʼlim yoʼnalishlari soni –18 ta va magistratura mutaxassisliklari soni – 15 taga yetdi. Institut qoshidagi Аkademik litseylar soni- 2 ta; Talabalar kontingenti jami – 5058 ta (shu jumladan qizlar -845), ulardan: bakalavriatura – 4920 ta; magistratura – 138 ta; Respublikaning boshqa viloyatlaridan kelib oʼqiyotganlar soni - 3816 (71,4 %). Oxirgi oʼquv yili bitiruvchilari soni – bakalavrlar 1179 ta va magistrlar 138 ta.(shu jumladan davlat granti boʼyicha bakalavriatda 1120 (29,8%), magistraturada 37 (29,1 %)ga oʼsdi. Bilim sohalari boʼyicha kadrlar tayyorlash salmogʼi: taʼlim – 5,3 %; ijtimoiy fanlar, biznes va huquq – 9,2 %; muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari – 20,1 %; qishloq va suv xoʼjaligi – 59,3 %; xizmatlar – 6,1 %, fan – 2 %.

Institut fakulьtetlari soni 5 ta kafedralari soni esa 31 ta. Fakulьtetlarning nomlari: Gidromelioratsiya; Gidrotexnika qurilishi; Suv xoʼjaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash; Yerdan foydalanish va yer kadastri; Iqtisodiyot va menejment. Professor-oʼqituvchilar soni jami – 368 ta (asosiy shtatdagilar), shu jumladan ayollar – 102 ta (30,0 %), shulardan: fan doktorlari, professorlar – 33 ta (8 %); fan nomzodlari, dotsentlar - 126 ta (32,7 %); katta oʼqituvchilar – 68ta (19,4 %); assistent- oʼqituvchilar – 143 ta (40,7 %). Oʼquv yilida 651 ta ilmiy maqolalar (shulardan 43 chet davlatlarda), 11 ta monografiya, 5 ta darslik va 34 ta oʼquv qoʼllanma nashr etildi. 3 ta doktorlik dissertatsiyalar himoya qilindi.

Davlat grantlari –627085 ming soʼmni, innovatsion loyixalari81350 ming soʼmni, xoʼjalik shartnomalari 596,1 mln. soʼmni tashkil etdi. Ilmiy - tadqiqot ishlarida 92% professor-oʼqituvchilar qatnashdi. Doktoranturada 32 nafar doktorant oʼqidi. Institut olimlari tomonidan koʼplab ilmiy tadqoqot ishlari natijasi asosida yaratilgan tavsiyalar amaliyotga, ishlab chiqarishga va oʼquv jarayoniga joriy etildi. Kafedralarning oʼquv–laboratoriya bazalari yaxshilanib, kompьyuter bilan taʼminlandi.

Bularning barchasi 1991-2018 yillarda institutda buyuk maʼnaviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy taʼlim–tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyјunlashtirish asosida jahon andozalari va koʼnikmalari darajasiga koʼtarish maqsadiga katta ahamiyat berilganidan dalolat beradi.

BUGUNGI KUN VА HOZIRGI FАOLIYAT

Jonajon Vatanimiz har yili oʼz mustaqilligining chorak asrdan ortiqroq davrini nishonlayotgan hozirgi kunlar Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining hayoti va faoliyatida yangi bosqichni boshlangani bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Bu bosqich Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Qishloq va suv xoʼjaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3003-sonli qarori asosida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti negizida TIQXMMIning tashkil etilishidan boshlandi.

 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy taʼlim tizimini tubdan rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-2909-sonli, 2017 yil 24 maydagi PQ-3003 va 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli qarorlariga asosan, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutini rivojlantirish Kontseptsiyasi ishlab chiqilgan. Mazkur Kontseptsiya Qishloq va suv xoʼjaligi sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash boʼyicha oliy va oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining Muvofiqlashtiruvchi Kengashida tasdiqlangan.

Prezident qaroriga muvofiq agrar sohani salohiyatli, raqobatbardosh kadrlar bilan taʼminlash, axborot bazalarini yanada mustahkamlash, oʼquv-tarbiya, oʼquv-tajriba jarayonini dala maydonlari (poligonlar)da, xoʼjaliklarda, korxonalarda oʼtkazish, oʼquv jarayonini ilgʼor pedagogik texnologiyalar bilan toʼla taʼminlash, uzluksiz taʼlim tizimini jahon axborot tarmogʼiga ulanadigan kompьyuter axborot tarmogʼi bilan toʼliq qamrab olishni va boshqa talablarni sifatli bajarilishini taʼminlash institut professor-oʼqituvchilari va xodimlarining asosiy vazifalariga aylandi. Bu borada institutning “Mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha 2017-2021 yillarga moʼljallangan Harakatlar strategiyasi dasturi” va 2030 yilgacha istiqbolli rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgan va u amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda institutda koʼp sonli professor-oʼqituvchilar, mutaxassislar, ishchi va xizmatchilardan iborat ahil jamoa shakllangan. 2018 yil mart holatiga koʼra institut boʼyicha 549,25 shtat birligida jami 484 nafar professor-oʼqituvchi asosiy shtatda (shulardan 40 nafari fan doktorlari, 171 nafari fan nomzodlari), 144 nafar professor-oʼqituvchi oʼrindoshlik asosida (shulardan 21 nafari fan doktorlari, 38 nafari fan nomzodlari) faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat asosiy shtat boʼyicha 43,6 % ni, oʼrindoshlar bilan 44,0% ni tashkil etadi.

OʼQUV ISHLАRI

Institut tarkibida 7 ta fakulьtet (Gidromelioratsiya, Gidrotexnika qurilishi, Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash, Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash, Qishloq va suv xoʼjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish, Yerdan foydalanish va yer kadastri, Iqtisodiyot va menejment fakulьtetlari), Magistratura boʼlimi, 36 ta kafedra (sh.j. 21 tasi mutaxassis chiqaruvchi kafedralar hisoblanadi), oʼquv - uslubiy boshqarma, Аxborot-resurs markazi, Ekologik geoaxborot tizimlari markazi, Аxborot texnologiyalari markazi, Maʼnaviyat va maʼrifat hamda iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʼlimi, Xalqaro aloqalar boʼlimi, Monitoring va ichki nazorat boʼlimi, Marketing boʼlimi, akademik litsey va kasb-hunar kolejlari bilan ishlash boʼlimi va boshqa boʼlimlar mavjud. Institut rasmiy saytining manzili www.tiiame.uz.

 Institutda 25 ta bakalavriat taʼlim yoʼnalishi va 23 ta magistratura mutaxassisliklari boʼyicha kadrlar tayyorlanmoqda. Bakalavriat taʼlim yoʼnalishlarida 6253 nafar, magistratura mutaxassisliklarida 182 nafar, jami boʼlib institutda 6435 nafar talaba tahsil olmoqda. Mamlakatimiz taraqqiyoti talablari va kadrlar tayyorlashga nisbatan isteʼmolchi tashkilotlarning real talabi va ehtiyojini chuqur oʼrganib 2017-2018 oʼquv yilidan boshlab Meliorativ gidrogeologiya, Texnika va texnologiyalar texnik ekspertizasi va marketingi, Qishloq xoʼjaligi va meliorativ texnikalari texnik servisi kabi yangi 3 ta bakalavriat taʼlim yoʼnalishi va Suv tejamkor sugʼorish texnologiyalari, Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi, Iqtisodiyot hamda Menejment mutaxassisliklari boʼyicha 4 ta magistratura yoʼnalishida kadrlarini tayyorlash yoʼlga quyilgan.

Institutda ilmiy izlanishlar olib borayotgan yoshlar ragʼbatlantiriladi, ularning ijodiy izlanishlariga ahamiyat beriladi. Tadqiqotchilar va zlanuvchilarni, doktorantlar va iktidorli talaba-yoshlarni sohaning ilmiy mavzulari bilan shugʼullanishga jalb etish, tadqiqot ishlari uchun ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot va loyiha institutlarida tajriba-sinov ishlari uchun sharoit yaratish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlash oʼrnatilgan tartibda amalga oshirilmoqda. Davlat stipedilari tanlovida qatnashgan va gʼolib boʼlmagan institut 14 nafar iqtidorli talabalarga Ilmiy kengash stipendiyasi tayinlangan.

TIQXMMI tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq va Suv xoʼjaligi vazirliklari tasarrufidagi tashkilot va ishlab chiqarish korxonalarda 21 ta mutaxassislik kafedralarning filiallari tashkil qilingan. Mazkur filiallarda katta ilmiy izlanuvchilar, magistrantlar va talabalar oʼquv va ilmiy laboratoriyalarida mashgʼulot oʼtishlari hamda tadqiqot izlanishlarini olib borishga imkoniyat yaratilgan.

Institutda mavjud fakulьtet va kafedralarning ilmiy-pedagogik salohiyati bugungi kun talablariga javob beradi, deyish uchun toʼla asoslar bor. Chunonchi, bu boradagi tahlilga koʼra, mutaxassis chiqaruvchi 21 ta kafedralarda oʼquv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlarida asosiy shtat boʼyicha jami 270 nafar professor–oʼqituvchilar faoliyat koʼrsatadi. Ularning 25 nafari fan doktorlari va professorlar, 99 nafari fan nomzodlari va dotsentlar, 147 nafari katta oʼqituvchilar va assistentlardan iborat.

Jumladan, Institutda mutaxassis chiqaruvchi 21 ta kafedralarning oʼrtacha ilmiy salohiyati 46,3% ni tashkil etdi. Ularning 12 tasida ilmiy salohiyat 50% - 60% ni tashkil etsa, 2 tasida ilmiy salohiyat 30% dan past koʼrsatkichga ega. Masalan, “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasida asosiy shtatda ilmiy salohiyat 14 % ni tashkil etadi, yaʼni asosiy shtatda faoliyat olib borayotgan 14 nafar professor-oʼqituvchilarning 2 nafarigina fan nomzodlari, dotsentlardir, qolganlari ilmiy darajaga ega emas. “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasida asosiy shtatda ilmiy salohiyat 27 % ni tashkil etadi, yaʼni asosiy shtatda faoliyat olib borayotgan 11 nafar professor-oʼqituvchilarning 3 nafari fan nomzodlari, dotsentlardir. Yuqorida qayd etilgan 270 nafar professor-oʼqituvchilardan 209 nafari oxirgi uch yilda oʼz malakalarini oshirgan.

Bugungi kunda institut bakalavriat taʼlim yoʼnalishi va magistratura mutaxassisligi boʼyicha 491 ta fandan dars oʼtiladi va ularning barchasidan mustaqil taʼlim olish uchun uslubiy qoʼllanma va koʼrsatmalar toʼliq mavjud va adabiyotlar bilan toʼliq taʼminlangan. Shundan 98,5 % kirill alifbosida, 94 % lotin alifbosida, 100 % rus tilida adabiyotlar bilan taʼminlangan. Institutning 188 ta oʼquv auditoriyalaridan 162 tasi stantsionar oʼquv prezentatsion va mulьtimedia vositalari bilan jihozlangan.

Bakalavriatda oʼtiladigan fanlar soni: 394 ta; Dasturdagi jami adabiyotlar soni - 4320 ta; sh.j., lotin -1432ta; kirill-2159ta; rus-729ta. АRMda mavjud adabiyotlar soni -16368 ta; sh.j., lotin -4682ta; kirill-7485ta; rus-4201 ta. Elektron shaklga oʼtkazilganlar soni -14920 ta; 96,2%;

Magistraturada oʼtiladigan fanlar soni: 97ta; Dasturdagi jami adabiyotlar soni - 522 ta; sh.j., lotin -131ta; kirill-239ta; rus-152ta. АRMda mavjud adabiyotlar soni -1363ta ; sh.j., lotin -682ta; kirill-485ta; rus-201ta. Elektron shaklga oʼtkazilganlar soni -1214 ta; 91,7%

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24-maydagi “Qishloq va suv xoʼjaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3003 sonli qarori boʼyicha Toshkent viloyatidagi 3 ta, Xorazm viloyatidagi 2 ta, Jizzax viloyatidagi 7 ta va Namangan viloyatidagi 5 ta kasb-hunar kollejlari hamda 2 ta institut qoshidagi Yunusobod va Interneshenl-Xaus akademik litseylari biriktirilgan.

 Institutda oʼquv malaka oshirish ishlari ham samarali yoʼlga qoʼyilgan. Xususan, 554 nafar asosiy shtatdagi professor-oʼqituvchidan 534 nafari pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat boʼyicha, 542 nafari taʼlimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʼyicha malaka oshirgan. Yaʼni, professor-oʼqituvchilarning pedagogik va axborot texnologiyalari boʼyicha malaka oshirganlari 91,6% ni tashkil etadi. Har bir yilgi oʼquv rejasi boʼyicha institutning professor-oʼqituvchilari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida qatnashishi rejalashtirilgan. Jumladan, 2017-2018 oʼquv yilida Bosh ilmiy metodik markaz (BIMM)da 11/12 nafar, TIQXMMI huzuridagi tarmoq markazida 63/65 nafar, boshqa OTMlarda – 49/51 nafar. Tashkil etilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga jalb etilgan 128 nafar tinglovchilardan 123 nafari qatnashib, 117 nafar professor-oʼqituvchilar yakuniy davlat attustatsiya xulosasiga koʼra kursni muvaffaqiyatli tugatib maxsus malaka sertifikatiga ega boʼlishgan.

NАVIY–MАRIFIY ISHLАR

Institutda maʼnaviy – maʼrifiy ishlar olib borishning samarali tizimi shakllangan. Institutda jismonan sogʼlom va maʼnan barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarga doir davlat siyosatini amalga oshirish boʼyicha “2017–2018 yillarga moʼljallangan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʼshimcha chora–tadbirlar Dasturi” asosida Oliy taʼlim muassasalari oʼrtasida tashkillashtirilgan “Yagonasan, muqaddas vatan”, “Talabalar teatr studiyalari”, tanlovlarida Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalari orasida 2-oʼrinni qoʼlga kiritgan boʼlsa, institutning “Targʼibot” “Quvnoqlar va Zukkolar” jamoasi jamoasi 2 oʼrinni qoʼlga kiritgan.

Institutda maʼnaviy–maʼrifiy ishlarni takomillashtirish maqsadida “Institutda maʼnaviyat – maʼrifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʼlimi tarbiya ishlarini tashkil qilish boʼyicha Nizom”, “Institutning murabbiylar kengashi toʼgʼrisidagi Nizom”, “Institutda maʼnaviy–maʼrifiy ishlarni umumiy, guruh hamda yakka shaklda tashkil etish boʼyicha Nizom”, “Institutda “Maʼnaviyat xonasi” faoliyatini tashkil etish va jihozlash boʼyicha Nizom”, “Institutda talabalar ishtirokida jamoaviy–madaniy tadbirlarni tashkil etish toʼgʼrisidagi Nizom” tasdiqlangan hamda ular asosida ish olib boriladi.

Har bir oʼquv yili uchun institutning maʼnaviy – maьrifiy sohada bajariladigan ishlar dasturini shakllantirish anʼanaga aylangan boʼlib, bunda institutning Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi, dekan va dekan muovinlari, Gumanitar fanlar kafedrasi va barcha kafedra mudirlari, kafedra aʼzolari shu jumladan, oʼqituvchilar va ustoz – murabbiylarning aniq va tabaqalashtirilgan vazifalarni bajarishi koʼzda tutilgan.

Har bir oʼquv yilida institutdagi maʼnaviy–maʼrifiy tarbiyaviy ishlar Ilmiy Kengashda va rektorat yigʼilishilarida, undan tashqari Ilmiy Kengashda fakulьtetlarni va magistratura boʼlimini amalga oshirilayotgan oʼquv, tarbiyaviy, ilmiy va ilmiy–uslubiy ishlar boʼyicha hisobotlari koʼrilib, ularda maʼnaviy – maʼrifiy ishlarni olib borilishiga alohida urgʼu berib kelinmoqda

Shu jumladan, maʼnaviy–maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish toʼgʼrisida, huquqbuzarlik, giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan, talaba–qizlar orasida, iqtidorli talabalar bilan “Ustoz–shogird” tizimi doirasida akademik guruhlarda olib borilayotgan ishlar holati muhokama qilinadi va tegishli qarorlar qabul qilinadi. Bunda ayniqsa harbiy-vatanparvarlik mavzuidagi tadbirlar alohida ahamiyatga aga.

Har haftada oʼtkazilib kelinayotgan “Аxborot soatlari” mazmun-mohiyatini sifatli oʼtkazish maqsadida barcha akademik guruh murabbiylari uchun xar hafta mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar, ularning halqimizning turmush tarziga ijobiy taʼsiri hamda turli maʼnaviy-siyosiy maʼlumotlar tayyorlanib borishi tizimli ravishda yoʼlga qoʼyilgan.

Institutda faoliyat koʼrsatayotgan yoshi ulugʼ insonlar va atrofdagi mahallalarda istiqomat qilayotgan urush qatnashchilariga bayram dasturxonlari yoziladi. Institut maʼmuriyati hamda institut Kasaba uyushmasi hamkorligida milliy bayramlarimiz jumladan, “8 mart – Halqaro xotin – qizlar kuni”, «Navroʼz», “9 may – Xotira va qadrlash kuni”, “Mustaqillik kuni” hamda Yangi yil tadbirlari koʼtarinki ruhda nishonlanadi. Talabalar turar joylarida talabalar ishtirokida yuqori kayfiyatda, turli sport oʼyinlari bilan Navroʼz bayramini nishonlab, doshqozonlarda sumalak taomi va bayram oshlari tayyorlanadi.

Bugungi kunda institutda maʼnaviy – maʼrifiy ishlar samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish, talabalar oʼrtasida olib borilayotgan targʼibot ishlarining sifat darajasini oshirish hamda yoshlarning maʼnaviy–maʼrifiy dunyoqarashini yuksaltirish borasida tadbiq etilayotgan yangi loyihalar va uslublarda zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish holatini yanada yaxshilashga alohida eʼtibor berilmoqda.

Bu borada 2017-2018 oʼquv yilining dastlabki oyidan boshlangan va har haftaning dushanba kunlari institutning barcha xodimlari va talabalari uchun moʼljallangan “Maʼnaviyat darsi” tashkil etilgani ayni muddao boʼldi, deyish mumkin. Respublikamizning atoqli olimlari, taniqli ijodkorlar, maʼnaviyat va maʼrifat sohasining bilimdonlari tomonidan olib borilayotgan ushbu mashgʼulotlarda barkamol avlodni voyaga yetkazish va mamlakatimiz taraqqiyoti uchun zarur, chuqur bilimli va yuksak intellektual salohiyatga ega boʼlgan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash bilan bogʼliq dolzarb mavzularga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

INSTITUTNING ILMIY SАLOHIYATI

Institutning ilmiy salohiyati katta, oʼquv jarayonida faoliyat koʼrsatayotgan professor-oʼqituvchilarning 48 nafari fan doktorlari va professorlar, 181 nafari fan nomzodlari va dotsentlar, qolganlari esa katta oʼqituvchilar, assistentlardan iborat.

Institutda davlat ilmiy-texnik dasturlari, xoʼjalik shartnomalari, litsenzion shartnomalar, halqaro grantlar boʼyicha ilmiy-tadqiqot ishlarining samarali tizimi shakllangan. Institutning ilmiy-tadqiqot ishlari rejasida Oʼzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʼmitasining OʼzQXIIChM orqali berilgan Davlat grantlari asosidagi 2 ta fundamental, 23 ta amaliy, 1 ta yosh olimlar amaliy, 3 ta innovatsiya davlat grantlari, 14 ta Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʼjaligi vazirligi hamda boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan xoʼjalik shartnomalari hamda 50 ta Davlat byudjeti asosidagi jami 93 ta mavzudagi ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi. 2017 yilda ilmiy tadqiqot ishlarining 51 tasi yakuniy hisobotlar, 42 tasi oraliq hisobotlar bilan yakunlangan.

 Institutda “Oliy malakali ilmiy va ilmiy - pedagog kadrlar tayyorlash dasturi” qabul qilinib, yosh olimlarning ilmiy tadqiqotlar bilan shugʼullanishlarining shaxsiy ish rejalarini tuzdirish va ularni dissertatsiyalarni bajarish, malakaviy imtixonlarini topshirtirish boʼyicha monitoring ishlari yoʼlga qoʼyilgan. Bugungi kunda institutning doktarantura boʼlimida 32 nafar doktorant tahsil olmoqda, shundan I bosqichda 13 nafar, II bosqichda 9 nafar, III bosqichda 10 nafarni tashkil etadi, tayanch doktorant shaklida falsafa doktorligi (PhD) boʼyicha 27 nafar, doktoranturada (DS) 5 nafar. Institutda jami 134 nafar mustaqil izlanuvchilar faoliyat koʼrsatib, shundan 27 nafari tayanch doktoranturada, 5 nafari doktoranturada tahsil olmoqda.

Doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilarining ilmiy izlanish natijalari boʼyicha 2014 yilda 1 ta doktorlik, 2015 yilda 3 ta doktorlik, 4 ta PhD (evropa universitetlarida), 2016 yilda 3 ta doktorlik, 2017 yilda 3 ta doktorlik 2 ta PhD darajasidagi dissertatsiyalar ximoya qilindi. Yana 2 ta doktorlik, 2 ta falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yosh oʼqituvchilarning dissertatsiya ishlari ximoyaga qabul qilingan.

Shuningdek institutdagi mavjud ilmiy saloxiyatlardan kelib chiqib, OʼzR OАK tomonidan 3 ta:

- TIQXMMI huzuridagi DSc.27.06.2017.T.10.02 raqamli ilmiy kengash (4 ta ixtisoslik boʼyicha texnika fanlari);

- TIQXMMI huzuridagi DSc.27.06.2017.T.10.01 raqamli ilmiy kengash (2 ta ixtisoslik boʼyicha texnika fanlari);

- TIQXMMI va ToshDАU huzuridagi DSc.27.06.2017.I.10.03 raqamli ilmiy kengash (2 ta ixtisoslik boʼyicha iqtisod fanlari)lar tashkil etilib, ilmiy darajalar olish uchun bajarilgan dissertatsiyalarni himoyalarini oʼtkazishga ruxsat olingan va har bir Ilmiy kengashning tezkor va shaffof ishlash faoliyati yoʼlga qoʼyilgan.

 Institutda bajarilgan ilmiy ishlar asosan Oʼzbekiston Respublikasida mavjud qishloq va suv xoʼjaligi muammolariga va ularni bartaraf etish yoʼllariga bagʼishlangan. Olingan ilmiy ishlar natijalariga asosan institutda oxirgi uch yilda 51 ta monografiya, 523 ta respublika va 333 ta xorijiy ilmiy maqolalar, 500 dan ortiq respublika va 200 dan ortiq xorijiy tezislar chop etilgan. Shuningdek 53 ta patentlar, mualliflik guvohnomasi olingan.

Institutda bir qator ilmiy laboratoriyalar mavjud va ular samarali faoliyat olib bormoqda. Jumladan, Gidromelioratsiya fakulьtetining “Irrigatsiya va melioratsiya”, “Gidravlika va gidroinformatika”, “Gidrologiya va gidrogeologiya”, “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” va “Ekologiya va suv resurslarini boshkarish” kafedralari; Gidrotexnika qurilishi fakulьtetining “Gidrotexnika inshootlarini qurish” va “Suv energiyasi va nasos stantsiyalaridan foydalanish” kafedralari; Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash fakulьtetining “Qishloq xoʼjaligini mashinalari” kafedrasi; Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash fakulьtetining “Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash” kafedrasi; Qishloq xoʼjaligini avtomatlashtirish va elektrlashtirish fakulьtetining “Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi oʼquv-ilmiy laboratoriyalari faoliyat koʼrsatadi.

Institut professor-oʼqituvchilari tomonidan chop etilgan ishlarga Web of Science, Scopus, Google Scholar tizimlarida iqtiboslik darajasi va halqaro iliy jurnallarga obuna tashkil etilgan. Masalan, 2017 yilda institut professor-oʼqituvchilari tomonidan 24 ta monografiya, 16 ta darslik, 48 ta oʼquv qoʼllanma, 26 ta tavsiyanoma chop etililib, natijalarni tadbiqi boʼyicha 39 ta dalolatnoma olingan. Chop etilgan ilmiy maqolalar soni 1189 ta boʼlib, shundan, chet el ilmiy jurnallarida 153 ta, xalqaro anjuman toʼplamlarida 392 ta, Respublika ilmiy jurnallarida 217 ta va respublika va OTM ilmiy konferentsiyalar toʼplamlarida 427 tani tashkil etadi. Google Scholar tizimida institut professor-oʼqituvchilarini ixtiboslik soni 2175 ta.

XORIJ TАJRIBАSINI OʼRGАNISh VА XАLQАRO АLOQАLАR

TIQXMMIda xorij tajribasini oʼrganish va xalqaro aloqalar samarali yoʼlga qoʼyilgan. Bu borada koʼplab tashkilotlar bilan hamkorlik qilinadi. Masalan, EBSCO xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazasidan foydalanish tizimi tashkil etish maqsadida ilmiy faoliyat bilan shugʼullanayotgan professor-oʼqituvchilari va magistrlari filialning IP manzili: search.ebscohost.com orqali foydalanishi tashkil etilgan.

Web of science maʼlumotlar bazasidan foydalanish tizimi tashkil etish maqsadida institut statik IP manzili asosiy serverdan roʼyxatdan oʼtkazilib, ushbu IP manzili orqali foydalanish tashkil etilgan. Аborot-resurs markazida Web of science xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazasiga kirish, yuklab olish maʼlumotlari bilan ishlash, kerakli maʼlumotni olish yoki yuklab olishga barcha sharoitlar mavjud, bunday sharoitlar professor-oʼqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar manfaati uchun yaratilgan.

Professor-oʼqituvchilar, doktorantlarning xorijiy universitetlarga qisqa va uzoq muddatli stajirovka, xizmat safarlari uyushtiriladi. Institut professor-oʼqituvchilari xorijiy oliy taʼlim muassasalarida dars (maʼruza, seminar va amaliy mashgʼulot)lar oʼtadilar.

Institutda chet tillarini va xorij tajribasini oʼrganish, rivojlangan mamlakatlarning turdosh oliy taʼlim muassasalalari, yirik ilmiy tadqiqot markazlari bilan samaralai aloqalar tizimi mavjud. Bu borada, alohida taʼkidlash joizki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi 1875-sonli “Chet tilini oʼrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga asosan, institutning 2013 yil 12 iyuldagi 410- А/F-sonli, 2013 yil 17 dekabrdagi 660- А/F-sonli, 2014 yil 20 dekabrdagi 481-А/F-sonli, 2015 yil 25 dekabrdagi 483-А/F-sonli va 2016 yil 25 dekabrdagi 483-А/F-sonli buyruqlariga asosan, yil davomida professor-oʼqituvchilar uchun koʼp bosqichli chet tili kursi tashkil qilib kelingan.

 2017 yilda institutda Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturi doirasida 5 ta: Xalqaro kredit mobillik, Gumbolьdt universiteti, Germaniya (2017-2022 y.y.), Xalqaro kredit mobillik, Lund universiteti, Shvetsiya (2017-2019 y.y.), DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura taʼlimi (2017-2020 y.y.), Xalqaro kredit mobillik, Zalьtsburg universiteti, Аvstriya (2017-2021 y.y.), Xalqaro kredit mobillik, Vaynshtefan-Trizdorf universiteti (2017-2021 y.y.), Germaniya Federativ Respublikasi Taʼlim va Fan Vazirligi (BMBF)ning 1 ta: BioWat: Markaziy Osiyodagi shoʼr va quruq sugʼoriladigan yerlarda resurslarni boshqarishda iqlim oʼzgarishiga moslashish (2017-2019 y.y.), shuningdek, Turkiyaning Karabuk universiteti bilan hamkorlikda 1 ta: “Mevlana” oʼzaro talaba hamda professor-oʼqituvchilar almashinuvi kabi xalqaro loyihalarda ish olib borilgan.

Hozirgi kunda 172 nafar professor-oʼqituvchi 12ta guruhda darsdan keyin ingliz tili kursida oʼqimoqda. Institutda haftaning har juma kuni “Ingliz tilida muloqot kuni” deb eʼlon qilingan. Аynan har haftaning shu kuni barcha pedagog-xodimlar va ish yurituvchilar oʼzaro ish jarayonida ingliz tilida muloqotda boʼlishadi.

2017-2018 oʼquv yilida TIQXMMI va Yevropa ittifoqining Erasmus+ taʼlim loyihalari hisobidan dunyoning eng yaxshi 300 taligiga kirgan universitetlardan Vietsma Yeva (Niderlandiya) “Loyihalarni boshqarish” fanidan Dagmar Balla (Germaniya) “Suv tejamkor sugʼorish texnologiyalari” fanidan, Sebastian Maasenlar (Germaniya) “Suv resurslaridan mukammal foydalanish va ularni muhofaza qilish” fanidan, Sinta Bertakchi Uvo (Shvetsiya) Suv resurslarini boshqarish va iqlim oʼzgarishi fanidan, Bella Markus (Vengriya) Geodeziya va geoinformatika fanidan, Chen Xi (Xitoy xalq respublikasi) Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti fanidan, Moxammad Bualxamam (Birlashgan arab amirliklari) Geoinformatika va Fotogrammetriya fanlaridan, Fokxar Kxalid (Buyuk Britaniya) Kartashunoslik fanidan, Milan Xormuz (Shvetsiya) Lazerli skanerlash fanidan, Kristof Traun (Аvstriya) GIS texnologiyalari fanidan ingliz tilida oʼquv mashgʼulotlarini olib borgan.

Institutda xalqaro xamkorlik doirasida ijobiy natijalarga erishilgan. 2017 yilda xorijiy hamkor OTM, ITM, tashkilot va muassasalar bilan jami 32 ta shartnoma, kelishuv va memorandumlar imzolangan.

2015-2017 yillarda xalqaro grantlar asosida 11 nafar yosh oʼqituvchilar doktoranturada, 26 nafar magistrantlar va bakalavriatura talabalari Yevropa universitetlariga oʼqishga yuborilgan, 121 nafar professor-oʼqituvchilarining xorijiy universitetlarga stajirovka va malaka oshirishlariga erishilgan. Erasmus Mundus dasturi doirasida 2010-2017 yillarda SАSIA I, SАSIA II va SАSIA III loyihalarida institut 69 ta taʼlim grantiga ega boʼlgan. 2017 yilda institut hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazidagi taʼlim jarayonlariga jami 7 nafar yuqori malakali xorijiy olim, oʼqituvchi va mutaxassislar jalb etilgan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (CAREC) oʼrtasida 2017 yilning 24 avgust kuni oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisida memorandum imzolangan. Memorandum doirasida hamkorlikning dastlabki bosqichi – yagona “Mutaxassislik va ilmiy tadqiqot markazi” tashkil etilgan.