Fakultetlar


Gidrotexnika qurilishi
1946 yilda birinchi ayol-irrigator T.A.Kolpakova tashabbusi bilan «Kichik va o‘rta gidroelektrostansiyalarni qurish» fakulteti tashkil...
“Ekologiya va huquq” fakulteti
So‘nggi yillarda respublikamizda atrof muhit muhofazasi, cheklangan suv zaxiralari va yer resurslaridan samarali foydalanish, iqlim o‘zgarishi salbiy oqibatlarini yumshatish, qishloq xo‘jaligi yerlari biofondini tiklash, sho‘rlangan va eroziyaga uchragan maydonlarni qayta
"Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti
1920 yilda Turkiston Davlat universitetining sakkizta fakulteti qatorida texnika fakulteti ham faoliyat boshlagan. Universitetning mashinashunoslik bo‘limi 1930 yilda O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi institutining qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetiga aylantirilgan. Fakultet bazasida 1931 yili O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligini
“Energitika” fakulteti
Universitet tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakulteti 1961 yilda tashkil topgan bo‘lib, o‘z faoliyatini yangi bosqich sifatida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish yo‘nalishida kadrlar tayyorlashdan boshlagan.
“Yer resurslari va kadastr” fakulteti
Fakultet 1945-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti tarkibida “Yer tuzish” nomi bilan tashkil etilgan bo’lib, 2004-yildan “Yerdan foydalanish va yer kadastri”, 2018-yildan “Yer resurslarini boshqarish ” nomi bilan faoliyat koʻrsatgan.
"Gidromelioratsiya" fakulteti
Gidromelioratsiya fakulteti 1923 yilda Turkiston Davlat universitetining texnika fakulteti tarkibida “Melioratsiya muhandisligi” yo‘nalishi bo‘yicha soha kadrlarini tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Fakultet tashkil etilgan ilk davrlarda 49 nafar professor-o‘qituvchilar 274 talabalarga melioratsiya muhandisligi bo‘yicha bilim bera boshlagan.
“Iqtisodiyot” fakulteti
1974 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining “Gidrotexnik inshootlar” fakulteti qoshida “Suv xo‘jaligi iqtisodi va uni tashkil etish” yo‘nalishi ochildi. Bu yo‘nalish 1976 yilga borib mustaqil fakultetga aylantirildi.