“Ekologiya va huquq” fakulteti

So‘nggi yillarda respublikamizda atrof muhit muhofazasi, cheklangan suv zaxiralari va yer resurslaridan samarali foydalanish, iqlim o‘zgarishi salbiy oqibatlarini yumshatish, qishloq xo‘jaligi yerlari biofondini tiklash, sho‘rlangan va eroziyaga uchragan maydonlarni qayta foydalanishga kiritish, ekotizimlar biologik xilma-xilligini saqlab qolish, “yashil energetika” va agrotexnologiyalar, transchegaraviy suv resurlaridan foydalanishning huquqiy mexanizmlarini yaratish kabi global muammolarni yechish uchun investitsiyalar va ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali ilmiy salohiyatni yangi bosqichga ko‘tarish hamda ishlanmalarni amaliyotda qo‘llashga qodir bo‘lgan muhandislarni tayyorlash masalalari ustuvor ahamiyat kasb etadi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 dekabrdagi PQ-42 “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori, universitet Boshqaruv  Kengashi  yig'ilishining 2022-yil 10-iyundagi  3-son bayonida  belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda 2022 yil 30 dekabrda tashkil etildi.

Bugungi kunda fakultetda “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish”, “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt”, “O‘qitish nazariyasi va metodikasi” kabi mutaxassis chiqaruvchi va “Gumanitar fanlar”, “Jismoniy tarbiya va sport” ijtimoiy fanlar kafedralari mavjud bo‘lib, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, suv ta’minoti muhandislik tizimlari, yurisprudensiya (yer munosabatlari va transchegaraviy suv muammolari), sun’iy intellekt, dasturiy injenering hamda filologiya sohasida raqobatbardosh kadrlar tayyorlab kelmoqda.

Fakultet jamoasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, iqlim o’zgarishi sharoitida atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sirlarni o’rganish va maqbul yechimlarni ilmiy asoslash, chiqindilarni boshqarish, suv resurslarida oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suv resurslarini havzaviy boshqarish va tashkil etish, suv resurslarini boshqaruv faoliyatini takomilashtirish, ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya, oqva suvlarni biologik tozalash mexanizmlarini takomillashtirish, sun’iy intellekt sohasidagi ish an’anaviy intellektual muammolarni hal qilish uchun kompyuter tizimlarini (o‘qitish, ekspert, konsalting, robot va boshqalar) loyihalash uchun usullar, vositalar va texnologiyalarni yaratish, axborotlarni yig‘ish, ishlov berish va uzatish, kompyuter va telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash, ta’limning ilg‘or texnologiyalarini ishlab chiqish sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullanadi.

Xalqaro hamkorlik aloqalari dunyoning rivojlangan yuqori reytingga ega bo‘lgan ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlari bilan birgalikda turli yo‘nalishlarda ilmiy faoliyat olib bormoqdalar:

  • Kolorado shtati unversiteti (AQSH)
  • Buyuk Petr nomidagi Sankt-Peterburg Politexnika Universiteti (Rossiya)
  • Qozoq-Nemis universiteti (Qozog’iston)
  • Venadagi Tabiiy resurslar va tabiiy fanlar Universiteti (Avstriya)
  • Myunxen texnika universiteti (Germaniya)
  • Leida universiteti (Ispaniya)
  • Suvaysh kanali universiteti (Misr)
  • Belikesir universiteti  (Turkiya)
  • Sejong universiteti (Janubiy Koreya).

Hozirda fakultet yetakchi olimlari Yaponiyaning SATREPS ilmiy dasturi, Yevropa hamjamiyatining Horizon-2020 dasturi, Germaniyaning DAAD jamg‘armasi SDGnexus Network mavzusidagi Yevropa hamda Latin Amerikasidagi xamkorligida va “O‘zbekistonda suv resurslariga iqlim o‘zgarishini ta’siri hamda uning qishloq xo‘jaligi va gidroenergetika sohasidagi oqibatlarini baholash” mavzusidagi O‘zbekiston-Germaniya hamkorligidagi qo‘shma xalqaro ilmiy loyihalar ustida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.

Fakultet tarkibidagi kafedralar faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha maralliy va xalqaro turdosh ilmiy, oliy ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruv muassalari bilan o‘zaro manfaatli xamkorlik asosida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi faoliyatlari yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan,

  •  O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
  • O`zbekiston Respublikasi Suv xo`jaligi vazirligi;
  • O`zbekiston Respublikasi Suv xo`jaligi vazirligi Axborot resurs tahlil markazi;
  • Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi;
  • Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti;
  •  “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ lari va boshqalar

Dekanat

Fakultet dekani
Pirmatov Xabibullo Raxmatillayevich

PhD, dotsent

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Ro‘zibaev Ortiq Ro‘zibaevich

O’quv ishlari bo’yicha dekan muovini
Xolbo’tayev Muzaffar Odilovich

O'quv ishlari bo’yicha dekan muovini
Bekchanov Faxriddin Atabaevich

60610600-Dasturiy injiniringi

Dasturiy injiniringi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kompyuter va mobil qurilmalar uchun dasturiy ta’minotlarni boshqarish va ularni yaratish bo‘yicha kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, axborotlarni yig‘ish, ishlov berish va uzatish, kompyuter va telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, ma’lumotlar bazasini boshqarish dasturlarini yaratuvchi mutaxassislar tayyorlanadi.

60610700-Sun’iy intellekt

Sun’iy intellekt bu informatika va kompyuter muhandisligining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri. Sun’iy intellekt sohasidagi ish an’anaviy intellektual muammolarni hal qilish uchun kompyuter tizimlarini (o‘qitish, ekspert, konsalting, robot va boshqalar) loyihalash uchun usullar, vositalar va texnologiyalarni yaratishga qaratilgan. Aniqlangan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishda ishtirok etadigan oddiy dasturchilardan farqli o‘laroq, sun’iy intellekt mutaxassislari ushbu xususiyatlarni shakllantirishga qodir, bu har qanday dasturiy mahsulotni loyihalashda eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.Sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, raqamli ma'lumotlarni yig'ish, saqlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish

60420100 - Yurisprudensiya (transchegaraviy suv munosabatlari)

“Huquq” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, sud, prokuratura, adliya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari, advokatlik tuzilmalari, notariat idoralari, suv resurslari bilan bog‘liq tashqi iqtisodiy va siyosiy sohalardagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanishni tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi davlat idoralari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari, shuningdek boshqa tijorat va notijorat tashkilotlarida yuridik faoliyat sohalarini qamrab oladi.

60230100 - Filologiya va tillarni o'qitish

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari, davlat boshqaruvi organlari, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb ta’limining davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

60812900 - Suv ta’minoti muhandislik tizimlari

Fan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi ta’lim yo‘nalish bo‘lib, suv xo‘jaligi, turli suv bilan ta’minlanganlik sharoitlarida aholi yashash joylari va ishlab chiqarish punktlarini talab darajasidagi suv bilan ta’minlovchi injenerlik tizimlari, inshootlari va tadbirlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish, suv sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, suv va boshqa resurslardan unumli foydalanish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

60710400 - Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (suv xo'jaligida)

Ekologiya va atrof – muhit muhofazasi sohasidagi ta’lim yo‘nalish bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida ekologik, atrof-muhit muhofazasi va biotexnologiyasiga oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasi va uning tasarrufidagi boshqarmalar, markazlar, davlat unitar korxonalari, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirliklari va ularning tasarrufidagi tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruv organlari istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasadilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.

60420100 - Yurisprudensiya (yer munosabatlari)

“Huquq” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, sud, prokuratura, adliya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari, advokatlik tuzilmalari, notariat idoralari, tashqi iqtisodiy va siyosiy sohalardagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, yer resurslarini boshqarish organlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari, shuningdek boshqa tijorat va notijorat tashkilotlarida yuridik faoliyat sohalarini qamrab oladi.

70710406 – Chiqindilarni boshqarish

Ekologiya va atrof muhit muhofazasi sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida ekologiya, atrof muhit muhofazasi va biotexnologiyasiga oid fanlarni o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar, Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi organlari istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik kobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.

70812307 – Suv resurslaridan mukammal foydalanish va boshqarish magistratura mutaxassisligi

Suv xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, u xalqaro tajribalarga muvofiq suv resurslaridan mukammal foydalash va ularni boshqarish, oqava suvlarni tozalash va atrof muhit muhofazasiga oid fanlarni o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar, Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi organlari istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.

70710401- Atrof muhit muhofazasi (qishloq va suv xo‘jaligida) magistratura mutaxassisligi

Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, xujalik ob’ektlarining rejalashtirilayotgan faoliyatlarini atrof muhitga ta’sirini baholash, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni xuquqiy tartibga solish, yer, suv va havo, o‘simlik va hayvonot dunyosi, yer osti va usti boyliklarini ifloslanishidan muhofaza qilish, ifloslanishni oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish.

Boshqa ma'lumot

Veb-sayt: http://mhw.tiiame.uz/oz/page/dekanat

Fakultet dekani: Pirmatov Xabibullo Raxmatillayevich

Qabul kunlari: Chorshanba: 10:00-13:00

Tel: +998-71-237-02-90

E-mail: el@tiiame.uz

Tarmoqlarda: