Texnik-foydalanish va xo‘jalik bo‘limi

Bo‘lim universitetning moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash, kafedra, laboratoriya, ma’ruza xonalarida bilim olish uchun shart-sharoitlar yaratish, talabalar uylarida yashash uchun zaruriy ijtimoiy-maishiy sharoitni ta’minlash uchun hizmat qiladi. Shuningdek, davlat mulkini asrab avaylash, saqlash universitet xududida, o‘quv binolarida, talabalar uylarini tiklash-ta’mirlash ishlarini bajarib, xududni  ko‘kalamzorlashtirish  ishlarini  tashkillashtiradi. Foydalanish  texnika va xo‘jalik  bo‘limi  tarkibi  quyidagilardan  iborat

  • Bosh energetik
  • O‘quv ilmiy baza
  • O‘quv ishlab chiqarish ustaxonasi
  • Qurilish guruxi
  • Issiqlik qozonxonasi
  • Mexanika  bo‘limi

O‘quv ishlab-chiqarish ustaxonasi

Universitetning o‘quv ishlab-chiqarish ustaxonasi tarkibiy qismi duradgorlik, mexanika, payvandlash va chilangarlik sexlaridan tashkil topgan bo‘lib, u yerda talabalarning  o‘quv  amaliyoti olib boriladi. Talabalarga amaliyotda mexanika, payvandlash va chilangarlik  mashg‘ulotlaridan  maxorat  darslari  o‘tkaziladi. Shu  bilan  birga  o‘quv ishlab-chiqarish ustaxonasi ishchi xodimlari kafedra va bo‘limlardan kelib tushgan talabnomalar asosida ta’mirlash,tuzatish ishlarini olib borishadi. 

O‘quv ilmiy baza    

O‘quv ilmiy bazada mavjud avtotransport vositalari mobaynida universitet tomonidan kelib tushgan buyurtmalar bo‘yicha  texnik  xizmat  ko‘rsatishni amlga oshirib  keladi. Bazada jami 13 ta transport vositasi mavjud bo‘lib, shundan 7 tasi o‘quv mashq mashinasi, 1 ta yuk tashish transporti, 1 ta xizmat ko‘rsatuvchi avtobus, 4 ta xizmatchi va navbatchi avtomashinalaridir. Transport vositalari mavsum xolatiga qarab tayyorlanib, yillik texnik va metrologiya ko‘riklaridan o‘tkaziladi. Bazada “Yo‘l xarakati koidalari” xamda “Avtotrasport vositasining tuzilishi” ma’ruza xonalari mavjud bo‘lib, davlat standartlari asosida jixozlangan. Universitet O‘quv ilmiy bazasi ko‘p yillardan  buyon minglab fuqarolar, talaba va ishchi xodimlar uchun xizmat ko‘rsatib kelmoqda.