O`qishni o`tqizish
Kunduzgi
ta'limdan quyidagilarga ko'chirish ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• sirtqi;
• kechki
(smenali).
Kunduzgi ta'limdan maxsus sirtqiga ko'chirib
bo'lmaydi.
Sirtqi
ta'limdan ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• sirtqi (faqat
bir ta'lim sohasi doirasida);
• kechki
(smenali).
Sirtqi ta'limdan maxsus sirtqi
ta'limga ko'chirib bo'lmaydi.
Kechki
ta'limdan ruxsat etiladi:
• kechki
ta'lim (faqat bir ta'lim sohasi
doirasida);
• kunduzgi.
Kechki ta'limdan sirtqi hamda maxsus
sirtqi ta'limga ko'chirib bo'lmaydi.
Maxsus sirtqi
ta'limdan faqat bir ta'lim sohasi doirasida maxsus sirtqiga ko'chirishga ruxsat beriladi. Bundan
boshqa ta'lim shakliga ko'chirib bo'lmaydi, o'z navbatida boshqa ta'lim shakllaridan maxsus sirtqiga ko'chirish talabi
ham rad etish uchun asos bo'ladi.
Shuningdek,
maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta'lim yo'nalishi yoki ta'lim shakliga,
boshqa OTMga ko'chira olmaydi.O'qishni ko'chirish bo'yicha muddatlar
O'qishini ko'chirish va qayta tiklash quyidagi 9 ta bosqichda
amalga oshiriladi. Bular
quyidagilar:
Kuzgi
semestr bo'yicha
1-bosqich:
15-iyungacha
Hududlarda Ishchi guruh
tashkil etiladi.
2:15-iyuldan
5-avgustgacha
Talabalardan arizalar qabul qilish. Joriy yilda arizalar edu.uz sayti
orqali onlayn qabul qilinadi.
3:
5 avgustdan 30-avgustgacha
Arizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob
xati yo'llanadi. 4: 2-sentyabrdan 10-sentyabrgacha
Ko'chirish (qayta tiklash)
masalasi ijobiy hal etilgan
taqdirda, OTM rektorining buyrug'i bilan talaba
darslarga qo'yiladi hamda ushbu talaba ilgari
ta'lim olgan OTMga uning shaxsiy yig'ma
jildini jo'natish uchun so'rovnoma yuboriladi.
5:
1-oktyabrgacha
Kontraktdagilar to'lovni
o'z vaqtida amalga oshirganidan keyin talabalar safiga qabul qilish to'g'risidagi buyruq chiqariladi.
Bahorgi
semestr bo'yicha
6:
15-yanvardan 25-yanvargacha
Talabalardan arizalar qabul qilish
7:
25-yanvardan 15-fevralgacha
Arizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob
xati yo'llanadi. 8:15-fevraldan 25-fevralgacha
Uzrli sabablar bilan
bahorgi semestrda ko'chirish masalasi ijobiy
hal etilgan taqdirda, OTM rektorining buyrug'i bilan talaba darslarga qo'yiladi hamda ushbu talaba ilgari ta'lim olgan
OTMga uning shaxsiy yig'ma jildini jo'natish uchun so'rovnoma
yuboriladi.
9:
1-martgacha
Kontraktdagilar to'lovni
o'z vaqtida amalga oshirganidan keyin talabalar safiga qabul qilish to'g'risidagi buyruq chiqariladi.
Quyidagi
hollarda talabalar o'qishini ko'chirish talabani qabul qilayotgan oliy ta'lim muassasasi bo'ysunadigan vazirlik (idora) qarori
asosida amalga oshiriladi:
• oliy ta'limning
mos va turdosh yo'nalishlari hamda mos
mutaxassisliklari bo'yicha bir vazirlik (idora)
doirasida boshqa oliy ta'lim muassasasiga;
• oliy ta'limning
mos va turdosh yo'nalishlari hamda mos
mutaxassisliklari bo'yicha turli vazirlik (idora) doirasida
bir oliy ta'lim muassasasidan boshqa oliy ta'lim
muassasasiga.
Quyidagi
hollarda talabalar o'qishini ko'chirish Davlat komissiyasi qarori bilan amalga
oshiriladi:
• xorijiy
davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo'lgan oliy ta'lim
muassasalaridan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga;
• bir
oliy ta'lim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik
yoki idora yoxud turli vazirliklar
va idoralar tizimidagi oliy ta'lim muassasalariga oliy ta'limning
turdosh bo'lmagan ta'lim yo'nalishlariga va istisno tariqasida
mos bo'lmagan mutaxassisliklariga.
• xorijiy
davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo'lmagan oliy ta'lim
muassasalarida yoki ularning filiallarida o'qiganlarga;
• respublika
oliy ta'lim muassasalaridagi mavjud ta'lim shaklidan o'zga (boshqa) ta'lim
shaklida o'qiganlarga;
• oliy ta'lim
muassasalarining markazlari, bo'limlari, o'quv-maslahat punktlari va
boshqalarda o'qiganlarga;
• birinchi
kursning birinchi semestriga birinchi semestr
tugallanmagan holatda o'qishni ko'chirishga (talabaga kasallik tufayli akademik
ta'til berilgan holatlar, o'qigan ta'lim yo'nalishi mavjud bo'lmaganda
ko'chirib tiklash holatlari bundan mustasno);
• oliy
ta'lim muassasasida mos (turdosh) ta'lim yo'nalishi (mutaxassisligi) yoki
ta'lim shakli mavjud bo'lmasa;
• namunaviy
o'quv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari bo'yicha
farqlar 4 tadan oshganda;
• to'lov-kontrakt
asosida o'qishga tavsiya etilganlar to'lovni belgilangan muddatda amalga
oshirmaganda;
• talabaning
shaxsiy yig'ma jildi (akademik ma'lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim
etilmaganda;
• oliy
ta'lim muassasasiga davlat granti asosida ko'chirish va qayta tiklash davlat
granti asosida ta'lim oluvchilar soni (qabul kvotalari) doirasida bo'sh
o'rinlar mavjud bo'lmasa;
• oliy
ta'lim muassasasi moddiy-texnika bazasining imkoniyati cheklanganda;
• maqsadli
qabul qilinganlar boshqa ta'lim yo'nalishi yoki ta'lim shakliga, boshqa oliy
ta'lim muassasasiga;
• kechki
(smenali) ta'limdan sirtqi (maxsus sirtqi) ta'limga hamda kechki (smenali)
ta'limning bir ta'lim sohasidan ikkinchi ta'lim sohasiga;
• sirtqi
(maxsus sirtqi) ta'limdan kunduzgi ta'limga hamda sirtqi (maxsus sirtqi)
ta'limning bir ta'lim sohasidan ikkinchi ta'lim sohasiga;
• bir
ta'lim shaklidan maxsus sirtqi ta'lim shakliga hamda maxsus sirtqi ta'lim
shaklidan boshqa ta'lim shakliga;
• talaba
O'zbekiston va xorijiy oliy ta'lim muassasalarining o'zaro kelishuvi asosida
qabul qilinib qo'shma ta'lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil
olayotgan bo'lsa (mazkur qo'shma dasturning o'zi bundan mustasno);
• qonun
hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.
Fuqaroning
o'qishini ko'chirish bo'yicha arizasiga rad javobi berilgan taqdirda, arizani
ko'rib chiqish uchun belgilangan muddatda, arizada ko'rsatilgan manzilga,
arizani ko'rib chiqqan komissiya yoki komissiya vakolat bergan tashkilot
tomonidan javob xati yo'llanadi.
Talabalarning o'qishini ko'chirishni
rasmiylashtirishda oliy ta'lim muassasasi rektori (filial direktori)
belgilangan tartibda o'quv rejalari va dasturlardagi mavjud akademik qarzlarni
yoki farqlarni (namunaviy o'quv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik
(mutaxassislik) fanlari bo'yicha farqlar 4 tadan oshmasligi lozim)
topshirish tartibi va muddatlarini (joriy semestr davomida), o'qitish kursi
(semestri) hamda o'qishga qabul qilishning qonun hujjatlarida belgilangan
boshqa shartlarini belgilaydi.
Toshkent davlat yuridik universitetida
tahsil olayotgan talabalar ikkinchi kursdan boshlab o'qishning bir o'quv
yiligacha bo'lgan muddatni xorijiy oliy ta'lim muassasasining yurisprudensiya
yo'nalishida o'qish huquqiga ega. Talabaning xorijiy oliy ta'lim muassasasida
o'qigan davri va o'zlashtirgan fanlari xorijiy oliy ta'lim muassasasi
ma'lumotnomasi asosida universitet Kengashi tomonidan universitet o'quv rejasi
va dasturlarining tegishli qismlarini o'zlashtirganligi sifatida qabul
qilinishi va talabaga o'qishini tegishli o'quv semestridan davom ettirish
huquqi berilishi mumkin. To'lov-kontrakt asosida talabalar o'qishini ko'chirish
va qayta tiklashda to'lov-kontraktni tuzish tartibi va shartlari, jumladan,
to'lov mablag'lari va muddatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
Davlat oliy ta'lim muassasalarida o'qishni
ko'chirish va qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi.
Oliy
ta'lim muassasalari talabalarining o'qishini ko'chirish bo'yicha arizalarni
topshirish va ko'rib chiqish quyidagicha amalga oshiriladi:
• o'qishini
ko'chirish bo'yicha arizalarni taqdim etish — har yili 15-iyuldan 5- avgustga
qadar amalga oshiriladi;
• arizalarni
oliy ta'lim muassasasi, tegishli vazirlik (idora) yoki Davlat komissiyasi
tomonidan ko'rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 5- avgustdan 30-avgustga
qadar amalga oshiriladi.
Talabalar o'qishini ko'chirish uzrli sabablarga ko'ra (respublikaning bir hududidan
ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan
turmush o'rtog'i doimiy yashaydigan (pasport bo'yicha doimiy ro'yxatdan o'tgan)
hududga ko'chib o'tganda, turmush o'rtog'i yoki ota-onasi harbiy xizmat o'tash
joyini o'zgartirganda, yoxud ota-onasi (turmush o'rtog'i) xorijdagi davlat
xizmatidan qaytganda) bahorgi semestrda o'quv mashg'ulotlari
boshlanishidan oldin ham amalga oshirilishi mumkin.
Bunda:
• o'qishini
ko'chirish bo'yicha ariza
topshirish — har yili 20-dekabrdan
keyingi yilning 20-yanvariga qadar;
• o'qishini
ko'chirish bo'yicha arizani
ko'rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.
Talabalarning
o'qishini ko'chirish haqidagi arizalari mos ravishda:
— oliy
ta'lim muassasasining qabul
komissiyasiga topshiriladi;
— Oliy va
o'rta maxsus ta'lim vazirligi
tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhlarga topshiriladi.
Hududiy ishchi guruhlar
qabul qilingan hujjatlarni
umumlashtirib, Oliy va o'rta maxsus
ta'lim vazirligiga taqdim etadi.
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
talabalar o'qishini ko'chirish haqidagi arizalarni
belgilangan vakolatlar doirasida shakllantirib Davlat komissiyasiga va vazirliklar (idoralar)ga qaror qabul qilish uchun yo'llaydi.
O'qishini
ko'chirish istagini bildirgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
• ko'chirish
(qayta tiklash)ni istagan ta'lim yo'nalishi (mutaxassisligi),
o'quv tili va
shakli ko'rsatilgan holdagi ariza (arizada o'qigan oliy ta'lim muassasasi va ta'lim
yo'nalishi (mutaxassisligi), ta'lim shakli, maqsadli qabul bo'yicha o'qishga kirmaganligi,
ko'chirish (qayta tiklash) sabablari, ko'chirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi
ko'rsatiladi);
• talabaning
reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi
akademik ma'lumotnoma nusxalari;
• pasportning
nusxasi.
Talabalar
o'qishini ko'chirish haqidagi arizani ko'rib chiqish va qaror qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
• ariza
ko'rib chiqilib, oliy ta'lim muassasasi
rektorining tegishli qarori qabul qilinadi va bu
haqda ariza bergan shaxsga shaxsan
malum qilinadi;
• arizalar
tegishli vazirlik (idora) tomonidan ko'rib
chiqilib, qaror qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga malum
qilinadi;
• arizalar
Davlat komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilib, tegishli
qaror qabul qilinadi.
Arizalar ko'rib chiqilib,
ijobiy hal etilgan
taqdirda, Davlat komissiyasi yoki tegishli vazirlik (idora) oliy ta'lim muassasasiga belgilangan shaklda xat yo'llaydi.
Tegishli vazirlik (idora) yoki
Davlat komissiyasining xati asosida oliy ta'lim muassasasi
rektorining buyrug'i bilan o'qishi ko'chirilayotgan talaba
darslarga qo'yiladi hamda ushbu oliy ta'lim muassasasi
tomonidan talaba ilgari ta'lim olgan oliy ta'lim muassasasiga uning
shaxsiy yig'ma jildini jo'natish uchun so'rovnoma yuboriladi.
So'rovnoma olingandan so'ng, talaba
ilgari ta'lim olgan oliy ta'lim
muassasasi rektorining talabalar safidan chetlashtirish haqida
buyrug'i asosida uch kun muddatda talabaning shaxsiy yig'ma jildi
(ro'yxati bilan) uni o'qishga qabul
qilgan oliy ta'lim muassasasiga jo'natiladi yoki ariza bilan
o'qishi ko'chirilgan talabaga
beriladi.
Shaxsiy yig'ma jild jo'natilishi mumkin bo'lmagan hollarda
(yopiq yo'nalishlar va mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlash)
oliy ta'lim muassasasi rektori tomonidan imzolangan
va gerbli muhr bilan tasdiqlangan
akademik ma'lumotnoma talabani o'qishga
qabul qilgan oliy ta'lim muassasasiga jo'natiladi.
O'qishi ko'chirilishiga ruxsat
etilgan talabaning maqsadli qabul asosida o'qiyotganligi
o'qib turgan oliy ta'lim muassasasi
tomonidan tekshiriladi va haqiqatda maqsadli qabul asosida o'qiyotganligi aniqlangan
taqdirda so'rovnoma yuborgan oliy ta'lim
muassasasiga hamda talabaga mazkur talabaning
o'qishi ko'chirilishi mumkin emasligi to'g'risida uch
kun muddatda tegishli xat yo'llanadi.
O'qishning barcha shakllari bo'yicha
oliy ta'limning mos va turdosh yo'nalishlari hamda mos mutaxassisliklari
bo'yicha davlat grantlari o'rinlariga ko'chirishga faqat davlat grantlari
asosida tahsil olgan talabalar arizasiga ko'ra oliy ta'lim muassasalarida
tegishli o'quv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat
grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.
Ko'zi ojizlar toifasiga kiruvchi
sifatida hamda nogironligi bo'lgan shaxslarga ajratilgan kvota doirasida davlat
granti asosida tahsil olayotgan talabalar o'qishini oliy ta'limning mos va
turdosh ta'lim yo'nalishlari hamda mos mutaxassisliklariga davlat granti
asosida ko'chirilishiga ruxsat etiladi.
Xorijiy oliy ta'lim muassasalaridan
o'qishini O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga ko'chirish va
ko'chirib qayta tiklash istagini bildirgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari
tizimida oliy ta'lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarda tashkil
qilingan komissiyalarda o'qishi ko'chirilayotgan oliy ta'lim muassasalarining muayyan
ta'lim yo'nalishidagi o'qishga kirish fanlari bo'yicha o'qiydigan tilida maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test
yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.
Fuqaroning maxsus sinov (komissiya
tomonidan belgilangan test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon
shaklida) natijasi Davlat komissiyasiga taqdim etiladi. Maxsus sinov (komissiya
tomonidan belgilangan test yoki yozma ish shaklida) natijasidan kelib chiqib,
fuqaro Davlat komissiyasi qarori bilan ko'rsatilgan o'quv shaklidagi guruhlarga to'lov-kontrakt asosida ko'chiriladi.
Ko'chirilayotgan oliy ta'lim
muassasasida tegishli o'qitish tili mavjud bo'lmasa, o'qitish
tilini tanlash fuqaroning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Xalqaro tan olingan tashkilotlarning
oliy ta'lim muassasalari reytingida birinchi 1000
talik ro'yxatdan joy olgan Rossiya Federatsiyasi oliy ta'lim muassasalarida
ta'lim olayotgan talabalarning arizalariga muvofiq ularning o'qishi Davlat
komissiyasi qarori bilan O'zbekiston
Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga sinovlar (test, yozma ish)siz
to'lov-kontrakt asosida ko'chiriladi. Xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta'lim muassasalari
reytingida birinchi 1000 talik ro'yxatdan joy olgan Rossiya Federatsiyasi
davlat oliy ta'lim muassasalari ro'yxati har yili Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining
rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.
Xorijiy oliy ta'lim
muassasalarining magistratura bosqichida
tahsil olayotgan talabalar o'qishini O'zbekiston
Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga
ko'chirilishiga ruxsat etilmaydi.
Oliy ta'lim muassasasi
rektori (direktori)ning talabani belgilangan tartib va muddatda
darslarga qatnashishiga ruxsat etish to'g'risidagi buyrug'i talaba
ilgari ta'lim olgan oliy ta'lim muassasasidan uning
shaxsiy yig'ma jildi (shaxsiy yig'ma jild jo'natilishi
mumkin bo'lmagan hollarda — akademik
ma'lumotnomasi) olingandan keyin rasmiylashtiriladi.
To'lov-kontrakt asosida o'qishi ko'chirilganlarni talabalar safiga o'qishga qabul qilish to'g'risidagi oliy ta'lim
muassasasi rektori (direktori)ning
buyrug'i ular tomonidan belgilangan
muddatda shartnoma to'lovlari bajarilgandan
so'ng 1i kun muddatda qabul
qilinadi.
O'quv rejalardagi fanlari
bo'yicha farqlar aniqlanganda talaba
akademik qarzdor sifatida o'qishga qabul qilinadi.
Joriy semestr davomida
akademik qarzdorlik (farqlar) bartaraf etilgan muddatdan boshlab,
oliy ta'lim muassasasi rektorining talabaga o'rnatilgan tartibda
stipendiya berish haqidagi buyrug'i chiqariladi. Stipendiya miqdorini belgilashda fanlar bo'yicha farqlarni topshirish ko'rsatkichlari ham
hisobga olinadi.
Oliy ta'lim muassasasida
yuridik shaxs bilan tuzilgan to'lov-kontrakt asosida ta'lim
olayotgan talabalar o'qishini ko'chirish ushbu
yuridik shaxsning roziligi bilan
amalga oshiriladi.