"Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti

1920 yilda Turkiston Davlat universitetining sakkizta fakulteti qatorida texnika fakulteti ham faoliyat boshlagan. Universitetning mashinashunoslik bo‘limi 1930 yilda O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi institutining qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetiga aylantirilgan. Fakultet bazasida 1931 yili O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish instituti tuzilgan. 1934 yili 11-noyabrda mazkur institut Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutiga (TIQXMMI) aylantirilgan. Uning tarkibida qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetining faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. O‘sha yilning o‘zida fakultetda 401 ta talaba ta’lim olgan.

Hukumatning 2004 yil 3-sentyabrdagi 415 qaroriga asosan, fakultet Toshkent davlat agrar universiteti tarkibiga o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24-maydagi PQ-3003-sonli qaroriga asosan fakultet 2017 yil 2 sentyabrdan boshlab qayta TIQXMMI tarkibida faoliyat ko‘rsata boshlagan.

Fakultet rivoji va taraqqiyotiga akademik M.V.Sablikov, O‘zFA muxbir a’zosi G.A.Koshevnikov, xizmat ko‘rsatgan fan arboblari V.I.Lazunov, S.P.Po‘latov, professorlar G‘.SH.Zokirov, O.V.Lebedov, O.A.Karimov, M.I.Landsman, E.K.Baturin, A.I.Korsun, M.S.G‘aniev, R.D.Matchanov, SH.U.Yo‘ldoshev, A.X.Haydarov, F.K.Dadaboev va boshqalar katta hissa qo‘shgan. 2000 yilda fakultetga 17 yil davomida institutga rektorlik qilgan, yirik olim va davlat arbobi, professor Salim Po‘latov nomi berilgan.

Fakultetda turli yillarda professorlar M.V.Sablikov, E.K.Baturin, G.A.Koshevnikov, S.P.Po‘latov, M.I.Landsman, N.V.Sablikov, V.V.Bulkin, N.P.Polikutin, V.A.Ivanov, A.X.Haydarov, S.G.Muhammadjonov, V.V.Baydinger, B.F.Nazarov, A.I.Komilov, O.A.G‘anixo‘jaev, O‘.P.Umurzakov, X.N.Ibragimov, A.S.Sirojiddinov, E.T.Farmonovlar dekanlik qilgan. Hozirda fakultet dekani lavozimida Q.A.SHavazov faoliyat olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2021 yil 10-dekabrdagi PQ-42-sonli bilan tasdiqlangan «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetini tashkil etish qaroriga muvofiq «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash» fakulteti faoliyat olib bormoqda.

Bugungi kunda fakultetda «Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari», «Traktorlar va avtomobillar», «Muhandislik tizimlarni boshqarish» va «Umumtexnik fanlar» kafedralari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Fakultet professor-o‘qituvchilari xalqaro aloqalar bo‘yicha AQSH, Germaniya, Angliya, Yaponiya Rossiya, Xitoy, Belorussiya, Qozog‘iston kabi bir qancha chet mamlakatlarning oliy ta’lim muassalari, ilmiy muasssalari shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish bo‘yicha mashxur «John Deere», «Keys», «Lemken», «Rosselmash» kompaniyalari bilan yaqindan xamkorlik o‘rnatgan va fakultetda bu kompaniyalarning maxsus o‘quv xonalari tashkil etilgan.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashda er, suv, yonilg‘i-energetika va moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalangan holda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish va ishlab chiqarishda zamonaviy resurstejamkor mexanizatsiyalashgan texnologiyalar, texnika vositalarini ishlab chiqish, mahalliy ish sharoitidan kelib chiqib qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirish jarayonlari, qishloq xo‘jaligi mashinalari texnologik jarayonlari, agrotexnik tadbirlarning maqbul turini qo‘llash hamda qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanishda mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, mashina-traktor parklari faoliyatini strategik rivojlantirishda zamonaviy bilimlarni qo‘llash, zamonaviy axborot texnologiyalardan boshqaruvda foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha fakultetda “qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish”, “qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis”, “qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash”, “qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi (maxsulot turlari bo‘yicha)”, “metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha)” va “kasb ta’limi (qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish)” bakalavirat yo‘nalishlari hamda “qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Sрuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda mashina va jihozlarni yaratish, takomillashtirish va sinash, jihozlarni va materiallarni standartlashtirish bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etish; dehqonchilik, chorvachilik va dastlabki qayta ishlash texnikalarini tadqiq qilishda yangi texnik vositalarni qo‘lla; ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari bilan xamkorlikda energetik vositalar, qishloq xo‘jaligi mashinalaridan foydalanishning zamonaviy usullari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish; mashina traktor agregatlarini boshqarishning zamonaviy usullari bo‘yicha mamlakatdagi va xorijiy davlatlarda qo‘llanilayotgan raqamli texnologiyalar, agregatlarni zamonaviy boshqarish usullarini o‘zlashtirish dasturlarini tahlil qilish va qo‘llash; namunaviy usullar bo‘yicha eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish va ularning natijalarini tahlil qilishda ishtirok etish, tadqiqot natijalari va ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish sog‘alarida ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Fakultet bitiruvchilari respublikamiz qishloq xo‘jaligini kompleks mexanizatsiyalashtirishga katta hissa qo‘shgan. Respublika hukumatining a’zolari, qator davlat va jamoat arboblari, konstruktor va olimlar etishib chiqishgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovich 1976 – 1981 yillarda fakultetda tahsil olgan.

Dekanat

Fakultet dekani
Shavazov Qodirjon Achilovich

Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Shavazov Qodirjon Achilovich 2019 yildan boshlab Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda. 2008-2014 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti magistratura bo‘limi dekani, institut Ilmiy Kengashining ilmiy kotibi, 2014- 2019 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori bo‘lib ishlagan.

Xudoykulov Rustam Fayzievich

Xudoykulov Rustam Fayzievich 2000 yildan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti traktor va avtomobillar kafedrasi assistenti va 2021 yildan dekan muovini bo‘lib ishlab kelmoqda.

Tadjibaeva Shaxnoza Baxadirovna

2000-2002 yilllarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti (xozirgi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti) magistratura bosqichini tamomlagan. 2003-2008 yil O’rta mahsus kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti aspiranturani tamomlagan. 2008-2020 yillarda Yangiyo’l tumani Gulbahor sanoat kasb hunar kollejida mahsus fan o’qituvchisi, xotin qizlar raisi vazifasida faoliyat yuritgan. 2020 yildan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida “Qishloq ho’jaligini mehanizatsiyalash” fakultetida o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari vazifasida ishlab kelmoqda. Rus tilida erkin so’zlasha oladi. Ingliz tilini bilish darajasi o’rtacha.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Borotov Atxam Nurmuxammadovich

Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2012 yili Toshkent davlat agrar universitetini bakalavr, 2014 yil Toshkent davlat texnika universitetini magistraturasini bitirgan. To‘g‘ri so‘z, o‘z sohasini yaxshi biladigan, o‘z vazifasiga mas’uliyatli, kamtarin, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan pedagog-xodim, yaxshi pedagog, o‘zini intelegent inson sifatida tutadi, raxbariyat tomonidan belgilangan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashadi, har doim talabalar bilan samimiy munosabatda bo‘ladi. Ilmiy faoliyat davomida 60 ga yaqin ilmiy maqolalari chop etilgan, 2 ta foydali model uchun patent, 2 ta monografiya, 6 ta uslubiy ko‘rsatma, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta darslik muallifi, ilmiy xulosalari ishlab chiqarishga joriy etilgan. Hozirgi vaqtda fakultetg 3-kurslariga mas’ul bo‘lgan dekan o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

O’quv ishlari bo’yicha dekan o‘rinbosari
Berdymuradov Usman Suyunovich

1978 yil Qashqadaryo viloyati. 2012 yil Toshkent davlat agrar universiteti «qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash» (magistratura) bitirgan. Fakultet va institut jamoasi ishlarida faol ishtirok etadi, fidoyi, kamtarin inson, murabbiylik mahorati bor. Jamoa va talabalar orasida muomala madaniyati yuqori. To‘g‘ri so‘z, yumshoq tabiat xarakterga ega. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti bo‘yicha ITI olib bormoqda. O‘quv jarayonining meyoriy xujjatlarini yaxshi biladi, fakultet 2-kurslariga mas’ul bo‘lgan dekan o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Rus tili va ingliz tilini bilish darajasi o’rtacha.

Dekan o'rinbosari
Ro‘ziyev Dilshodbek Ilxomjonovich

11.01.1995 yil Buxoro viloyati Olot tumanida tug‘ilgan, 2022 yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti (xozirgi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti) ni bitirgan. To‘g‘ri so‘z, o‘z sohasini yaxshi biladigan, o‘z vazifasiga mas’uliyatli, kamtarin, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan pedagog-xodim, yaxshi pedagog, o‘zini intelegent inson sifatida tutadi, raxbariyat tomonidan belgilangan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashadi, talabalar bilan munosabatda samimiy, Muxandislik tizimlarni boshqarish kafedrasi stajyor o‘qituvchi hamda fakultetg 4-kurslariga mas’ul bo‘lgan dekan o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Rus tili va ingliz tilini bilish darajasi o’rtacha.

60711300- Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo’yicha)

60711300 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo’nalishi – fan, texnika va ta’lim soxasidagi ta’lim yo’nalishi bo’lib, o’quv fanlari, vositalari, uslublari va pedagogik faoliyatning usullarini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ta’minlash va baholash, metrologik ta’minot, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, sifat tizimini ishlab chiqarishga joriy etish, korxonalarda metrologik xizmat, sifat nazoratini tashkil etish, ekspertiza o’tkazish, ishlab chiqarish bilan bog’liq kompleks masalalar majmuasini pedagogik faoliyatda foydalanishni o’z ichiga oladi.

60811300 - Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)

60811300-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) - fan va qishloq xo‘jaligi sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, bu yo‘nalish yer, suv, havo, energiya va moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalangan holda qishloq xo‘jaligi sohasida yetishtirilgan mahsulotlar, xususan meva sabzovot va uzum maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash jarayonlarida qishloq infrastrukturasi ob’ektlari va texnik vositalardan oqilona foydalanish usul va uslublari yig‘indisini o‘z ichiga oladi.

60810400- Qishloq xo‘jaligida innovasion texnika va texnologiyalarni qo‘llash

60810400–Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash ta’lim yo‘nalishi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib qishloq xo‘jaligida yuqori unumdorlikka ega resurstejamkor texnologik jarayonlar, innovatsion texnika va texnologiyalardan foydalanish, sinash, tekshirish, tahlil qilish, loyihalash, ishlab chiqarishga tadbiq etish kabi jarayonlarni tashkillashtirish uchun inson faoliyati vositalari, usullari, metodlari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuini o‘z ichiga oladi. 60810400–Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar ta’lim yo‘nalishi negizida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yuqori unumdorlikka ega resurstejamkor texnologik jarayonlar, innovatsion texnika va texnologiyalar qo‘llash; innovatsion texnika va texnologiyalar qo‘llashdagi mashina va jihozlardan samarali foydalanish jarayonlari; innovatsion texnika va texnologiyalarni sinash, tekshirish, tahlil qilish, loyihalash, ishlab chiqarishga tadbiq etish, innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash tizimidagi avtomatlashtirilgan qurilmalar, mikroprotsessor va kompyuter texnologiyalarini yaratish va dasturlash; dasturiy ta’minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish hamda pedagogik faoliyatda kasbiy ta’lim pedagogikasi metodlari, vositalari va shakllarini muntazam takomillashtirib borish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi.

60810300- Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis

60810300–Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis ta’lim yo‘nalishi–fan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikalariga servis xizmat ko‘rsatish jarayonlari, texnologiyalar va texnik vositalari, ulardan samarali foydalanish, texnik servisni amalga oshirish, texnik servisda logistik jarayonlarni tashkillashtirish uchun inson faoliyati vositalari, usullari, metodlari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuini o‘z ichiga oladi. 60810300–Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar ta’lim yo‘nalishi negizida qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikalarga servis ko‘rsatish, texnik tashxis va ta’mirlash texnologiyalari, jihozlari va vositalari; mashina va jihozlarni sinash usullari, vosita va jihozlari; texnik servis tizimida logistik jarayonlar; texnik servis korxonalari faoliyati va jarayonlari; texnologik jarayonlarni shakllantirish va tekshirish; loyihalash, texnik servis, ta’mirlash va detallarni tiklash jarayonlarini tahlil qilish, sintezlash; Texnik servis tizimida avtomatlashtirish qurilmalari, mikroprotsessor va kompyuter texnologiyalari va dasturlashdan foydalanish; dasturiy ta’minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish; pedagogik faoliyatda kasbiy ta’lim pedagogikasi metodlari, vositalari va shakllarini muntazam takomillashtirib borish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi.

60112400-Professional ta'lim (Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish)

60112400-Professional ta'lim (Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish) – qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish jarayonlari, texnologiyalar va texnik vositalardan ratsional foydalanish, texnik servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash jarayonlarini tashkillashtirish va kasbiy ko‘nikmaga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, uslublari va yo‘llari majmuini qamrab olgan holda, kasb-hunar ta’lim tizimi jarayonini tashkillashtirish, ishlab chiqarish va kompleks masalalarni yechish bilan bog‘liq kasbiy ko‘nikmaga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining vositalari, usullari, uslublari va yo‘llari majmuini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasb ta’limini o‘qitish jarayonini rivojlantirish, kasbiy tayyorgarlik darajalari, kasb ta’limi o‘qituvchisining pedagogik va texnologik tayyorgarligi, texnik texnologiyalar va vositalardan foydalanish mahorati, kasb ta’limi bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilish, loyihalash, nazorat kilish, ishlab chiqarish va pedagogik masalalarni yechish bilan bog‘liq kasbiy ko‘nikmaga ega bo‘lish, shuningdek, ta’lim vositalari, metodlari, uslublari, shakllari va tamoyillarini tashkil etish jarayonlarida faol qatnashish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi.

60810100- Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish

60112400-Professional ta'lim (Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish) – qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish jarayonlari, texnologiyalar va texnik vositalardan ratsional foydalanish, texnik servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash jarayonlarini tashkillashtirish va kasbiy ko‘nikmaga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, uslublari va yo‘llari majmuini qamrab olgan holda, kasb-hunar ta’lim tizimi jarayonini tashkillashtirish, ishlab chiqarish va kompleks masalalarni yechish bilan bog‘liq kasbiy ko‘nikmaga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining vositalari, usullari, uslublari va yo‘llari majmuini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasb ta’limini o‘qitish jarayonini rivojlantirish, kasbiy tayyorgarlik darajalari, kasb ta’limi o‘qituvchisining pedagogik va texnologik tayyorgarligi, texnik texnologiyalar va vositalardan foydalanish mahorati, kasb ta’limi bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilish, loyihalash, nazorat kilish, ishlab chiqarish va pedagogik masalalarni yechish bilan bog‘liq kasbiy ko‘nikmaga ega bo‘lish, shuningdek, ta’lim vositalari, metodlari, uslublari, shakllari va tamoyillarini tashkil etish jarayonlarida faol qatnashish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi.

70810101 – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish

70810101 – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish - qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, u er, suv, energiya va moddiy-texnika resurslari, mashina va asbob-uskunalar; qishloq xo‘jaligi ekinlari va mahsulotlari, chorva mollari, parranda, parvarishlanadigan jonzotlar va ulardan olinadigan mahsulotlar; kishloq xo‘jalik tizimidagi ishlab chiqarish jarayonlari; agrosanoat majmui korxonalari va tashkilotlarining boshqaruv tizimlari; qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, fan va ta’lim, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlari, texnologiyalar va texnika vositalaridan ratsional foydalanish hamda texnik servis jarayonlarini tashkillashtirish; agrar sohada mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va boshqa qishloq infrastrukturasi sub’ektlarida mashinalardan foydalanish bilan bog‘liq kompleks masalalar bilan shug’ullanadi.

Boshqa ma'lumot

Veb-sayt: https://acm.tiiame.uz

Fakultet dekani: Shavazov Qodirjon Achilovich

Qabul kunlari: Chorshanba: 10:00-13:00

Tel: +998(71) 237-19-84

E-mail: q.shovazov@tiiame.uz

Tarmoqlarda: