"Gidromelioratsiya" fakulteti

Gidromelioratsiya fakulteti 1923-yilda Turkiston Davlat universitetining texnika fakulteti tarkibida “Melioratsiya muhandisligi” mutaxassisligi bo‘yicha soha kadrlarini tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Fakultet tashkil etilgan ilk davrlarda 49 nafar professor-o‘qituvchilar 274 nafar talabalarga melioratsiya muhandisligi bo‘yicha bilim bera boshlagan. Gidromelioratsiya fakulteti tarixi universitetning tarixi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, 1934-yil 16-noyabrda «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti» tarkibida faoliyat ko‘rsata boshlagan. Fakultetning tashkil etilishi, rivojlanishi, O‘rta Osiyo miqyosida nufuzli ilmiy markaz sifatida shakllanishida yetuk olimlar, yirik mutaxassislarning hissalari beqiyosdir. Ayniqsa V.D.Jurin, T.N.Qori-Niyozov, A.N.Gostunskiy, B.D.Korjavin, X.A.Axmedov, A.N.Askochenskiy, V.V.Poslavskiy, N.A.Yanishevskiy, V.F.Bulayevskiy, F.P.Morgunenkov, Ye.I.Zamarin, N.V.Makridin, S.T.Altunin, T.A.Kolpakovalarning sa’yi-harakatlari tufayli fakultet ilm-ta’lim yo‘nalishlarida yetakchilik qilgan. Bugungi kunda fakultet tarkibida «Gidravlika va gidroinformatika», «Gidrologiya va gidrogeologiya», «Irrigatsiya va melioratsiya», «Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish», «Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash», «Professional ta’lim», «Hayot faoliyati xavfsizligi», «Fizika va kimyo» kafedralari va «Ekogis» markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Fakultetda kafedralar va markazlarning tajribali professor-o‘qituvchilari talabalar va magistrlar uchun zamonaviy talablar darajasida ilmiy tadqiqot va ta’lim jarayoni tashkil etilgan.

Fakultetda iqtisodiyot tarmoqlari,  xususan, Ozbekiston Respublikasi suv xojaligi, Qishloq xojaligi va Ekologiya, atrof-muhit va iqlim ozgarishi vazirliklari va uning tasarrufidagi yetakchi tashkilotlar qatorida Netofim, Agrodrip, Ekodrip, Smart Solution kabi nufuzli xorijiy va mahalliy korxonalar ehtiyoji uchun «Suv xo‘jaligi va melioratsiya», «Suv xojaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish», «Gidrologiya», «Meliorativ gidrogeologiya», «Professional ta’lim», «Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarni  mexanizatsiyalashtirish», «Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi», «Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlab kelimoqda. 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublika Prezidentining 10-dekabrdagi PQ-42 sonli qaroriga muvofiq «Aerokosmik texnologiyalar va barqaror rivojlanish» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Ushbu ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bugungi kunda 1200 nafardan ortiq talabalar zamonaviy sharoitda tahsil olmoqda.

Iqtidorli talabalarni aniqlash va ularning o‘quv-ilmiy faoliyatga keng jalb etish maqsadida fakultetda turli respublika va xalqaro miqyosda soha bo‘yicha turli tanlovlar va tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, oxirgi yillarda xalqaro tashkilotlar va loyihalar bilan hamkorlikda “Butunjahon suv kuni”ni respublika va xalqaro miqyosda tashkil etishga erishilmoqda. Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularning faoliyat samaradorligini oshirish borasidagi fakultet jamoasining sa’yi haratlari natijasida 10 dan ortiq prezident stipendiyasi, 30 dan ortiq Beruniy nomidagi davlat stipendiyasiga nomzodlar, 20 dan ortiq respublika fan olimpiadalari g‘oliblari, 100 dan  ortiq turli xalqaro va respublika miqyosidagi Startup va tanlov g‘oliblari tayyorlandi.    

Ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quv materiallarini bugungi ilm-fan yutuqlarini boyitib borish maqsadida fakultetda keng ko‘lamdagi ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, oxirgi yillarda Oliy ta’lim, Ilm-fan va innovatsiyalar hamda suv xo‘jaligi vazirligining ilmiy muammolari va buyurtmalari hamda hamkorlik shartnomalariga muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida  global iqlim o‘zgarishi  sharoitida suv resurslaridan samarali foydalanish,  sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish me’yori va rejimlarini geoinformatsion tizimlarga asoslangan holda tadqiq qilish, suv tejovchi texnologiyalarni loyihalash uchun dasturiy ta’minotini yaratish, suv omborlarining gidrologik rejimlarini takomillashtirish, ochiq o‘zanlar gidravlikasi va gidrologiyasi va sug‘orish tarmoqlarining gidravlik samaradorligi va ekspuatatsion ishonchliligini oshirish bo‘yicha 20,0 mlrd. so‘mdan ortiq fundamental, amaliy va konstruktorlik ishlari amalga oshirilib, bosqichma-bosqich o‘quv jarayoniga jalb etilmoqda.

Fakultetda xorijiy tajribani o‘rganish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida keng ko‘lamdagi faoliyat yo‘lga qo‘yilgan. Oxirgi yillarda fakultet olimlarining samarali faoliyati natijasida AQSh, Yevropa mamlakatlari, MDH va Sharq mamlakatlarining nufuzli ilmiy tadqiqot institulari va universitetlari bilan keng qamrovli ilmiy, metodik hamda akademik mobillik yo‘nalishlarida umumiy qiymati 354030$ + 837990€  bolgan 16 ta xalqaro tadqiqot va ta’lim grantlariga erishilgan. Xalqaro hamkorlik faoliyat kolamini kengaytirish maqsadida fakultetda muntazam xalqaro ilmiy anjumanlar, seminar-treninglar hamda turli tanlovlar  otkazib kelinmoqda. Shuningdek, oquv jarayoniga Xitoy, Turkiya, Slovakiya kabi davlatlarning nufuzli ilmiy tadqiqot institutlari va universitetlarining professor-oqituvchilari fakultet kafedralari oquv jarayoniga jalb etilgan.

Oxirgi yillarda BMTning taraqqiyot dasturlari, shuningdek, AQShning Lindsay va USAID, Isroilning Netofim, Koreaning K-Water, Xitoyning SuperMap va Xinjiang-Tianye va boshqa yirik xorijiy kompaniyalar va loyihalar bilan hamkorlikda oquv jarayonini takomillashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda talabalar amaliyoti samaradorligini oshirishda salmoqli natijalarga erishilmoqda.

Dekanat

Fakultet dekani
Fatxullaev Alisher Mirzatillaevich

Texnika fanlari doktori, professor

Fatxulloev A. 2017 yil iyul oyidan dekan lavozimida ishlab kelmoqda, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 2010-2012 yillarda “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. Keyin 2012 yildan 2014 yilgacha - ushbu bo'lim boshlig'i. Ayni paytda uning rahbarligida fakultetda 8 ta yo‘nalish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Fakultet yoshlar uyushmasi yetakchisi
Sagdullayeva Sarvina Maxmudovna

Sagdullayeva Sarvina Maxmudovna 2005-yil Toshkent viloyati Qibray tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti tugallanmagan oliy. 2022-yildan "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetining talabalar safiga qabul qilindi, hozirda Gidromelioratsiya fakulteti "Daryo va suv omborlari gidrologiyasi" bakalavriatura yo'nalishi 2-bosqich talabasi. Bugunga qadar USAIDning "Suv resurslari va atrof muhit" mintaqaviy loyihasi doirasida Butunjahon suv kuniga bag'ishlab o'tkazilgan "Munozaralar" tanlovining eng faol ishtirokchisi. Mirzo Ulug'bek vorislari respublika tanlovining tuman, viloyat bosqichi g'olibi va respublika bosqichi ishtirokchisi. 2023-yilda o'tkazilgan K-water tanlovining g'olibi sifatida e'tirof etilgan.

Dekan muovini
Melikuziyev Sarvar

Melikuziyev Sarverbek Maxmud o'g'li 2013-2017 yillarda - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasi, 2017-2019 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti magistranti, 2019-2021 yillarda - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti gidromeliorativ ishlarni tashkil etish va texnologiyasi kafedrasi assistenti, 2021-2023 yillarda -“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi 05.09.07 “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” ixtisosligi tayanch doktoranti 2023 yildan hozirgi vaqtga qadar “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandistlari institute” Millay tadqiqot universiteti “Gidromelorotsiya” fakulteti dekani muovini lavozimida ishlab kelmoqda. Melikuziyev Sarvarbek Maxmud o’g’li - 2019 yilda o’tkazilgan “Eng yetuk mashinasizlar” respublika ko’rik tanlovi g’libi, 2021 yilda “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori asosida tashikil etilgan “Akademik harakatchanlik” tanlovi 1 mavsumi g‘olibi. Melikuziyev Sarvarbek Maxmud o’g’li -O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-iyundagi PQ-199-son qaroriga asosan «Mard o‘g‘lon» Davlat mukofoti bilan taqdirlan.

Dekan muovini
Babajanov Farruhbek Karimovich

“Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti”, 2015-2018-yillarda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi bosh mutaxassisi.Buxgalter, “Tayanch doktorantura” mutaxassisligi bo‘yicha tayanch doktorant. 2018-2021-yillarda “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha, 2022-yildan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Dekan muovini
Qoraboev Asatilla Jumadilla o`g`li

2022-yildan hozirgi kunga qadar Milliy tadqiqot universitetining Gidromelioratsiya fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda

Fakultet xotin-qizlar raisi
Beknozarova Zamira Farmanovna

1969 yilda Kashkadaryo viloyati Kamashi tumanida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1986 yil Samarkand Davlat Universitetining «Fizika» fakultetining «Umumiy fizika» yo‘nalishini «fizik» mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirib 1991 yilda oliy ma’lumotni olgan. 1997 yildan boshlab, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Nazariy mexanika” va “Fizika va kimyo” kafedralarida katta laborant, 2005 yildan xozirgi kungacha “Fizika va kimyo” kafedrasida o‘kituvchi lavozimida ishlab kelmokda.

60713300-Aerokosmik texnologiyalar va barqaror rivojlanish (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Ushbu ta’lim yo’nalishi orqali talabalar milliy iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlarida barqaror rivojlanishga erishish uchun aerokosmik texnologiyalarni qo'llash bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar. Ushbu dastur aerokosmik texnologiyalar, global navigatsiya sun'iy yo'ldosh tizimi (GNSS), masofadan zondlash (Erdas Imagine asosidagi amaliy mashg’ulotlar), geografik axborot tizimlari (ArcGIS/ArcGIS Pro, QGIS asosidagi amaliy mashg’ulotlar), IoT, mashinani o’rganish, chuqur o’rganish, sun’iy intellekt, atrof-muhit muhofazasi, barqaror rivojlanish kabi muhim fanlarni o’z ichiga olgan bo’lib, Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan bog'liq sohalarda global muammolarni hal qilish uchun eng yaxshi amaliyotlarni ishlab chiqishda foydalaniladi.

60812300 - Suv xo‘jaligi va melioratsiya

“Suv xoʼjaligi va melioratsiya” taʼlim yoʼnalishi resurs tejamkor texnologiyalar va ekologik talablarni eʼtiborga olgan holda takomillashgan meliorativ tizimlarni loyihalashning nazariy asoslari va usullari boʼyicha talabalarning bilim, koʼnikma va kasbiy malakalarini shakllantiradi, oʼquv, ijtimoiy va shaxsiy kompetentsiyalarini rivojlantiradi va mustahkamlaydi. Oʼquv jarayoni quyidagilarga yoʼnaltirilgan: qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishida yerlar melioratsiyasining roli, ehtiyojlari va resurslarini baholash; turli tabiiy-xoʼjalik sharoitlarda melioratsiyaning oqilona turlari, uslublari va usullarini asoslash; zamonaviy meliorativ tizimlarni loyihalash va muhandislik hisoblashlar boʼyicha nazariy asoslarni va amaliy koʼnikmalarni egallash; yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda iqtisodiy samarador va ekologik xavfsiz loyiha yechimlarini tatbiq qilish.

61020200 - Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” taʼlim yo‘nalishi

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi - xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yaratish va inson hayoti va faoliyati uchun qulay texnosferani (inson tomonida shakllantirilgan muhit) shakllantirish, atrof muhitga texnogen ta'sirlarni minimallashtirish, xavfsizlikni ta'minlashning zamonaviy vositalardan, nazorat usullaridan oqilona foydalanish hisobiga inson hayoti va sog'lig'ini asrash, iqtisodiyot tarmoqlarida sodir bo'ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari, shuningdek, xavfli omillardan tibbiy biologik, ilmiy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni qo'llash yo'li bilan insonlarning sog'lom hayot darajasini va xavfsiz mehnat sharoitini ta'minlashga yo'naltirilgan metod va vositalar ta'lim sohasining kasbiy faoliyati hisoblanadi. Bakalavrning kasbiy faoliyati ishchi jarayonlarni o'zlashtirish va tadqiq qilish, loyihalash jarayonlarini tadqiq qilish, sintezlash va optimallashtirish, insonlarning sog'lom hayot darajasini va xavfsiz mehnat sharoitini ta'monlovchi muhandislik hisoblari, algoritmlari va matematik ta'minotini ishlab chiqish, kompyuter texnologiyalari va dasturlanishi, dasturiy ta'minot, axborot kommunikatsiya texnologiyasi va injiniriyasi kabi sohalarni qamrab oladi.

60812600- Meliorativ gidrogeologiya

Meliorativ gidrogeologiya ta’lim yo‘nalishi irrigatsiya va melioratsiya ta’lim sohasi tarkibida bo‘lib, unda litosferaning yuqori qismiga joylashgan yer osti suvlari zaxiralari va resurslarini qidirib topish, ishlatish va uni muhofazalash, yer osti suvlarida bo‘ladigan sifat va miqdoriy o‘zgarishlarini monitoringini olib borish, hamda bu o‘zgarishlarga ta’sir etuvchi omillarni baholash va bashorat qilishga, gidromeliorativ tizimlar va suv tortib olish quduqlari zonasida kechadigan antropogen jarayonlarni taxlil qilish, yer osti suvlarini ichimlik suvi sifatida qo‘llash, Yer osti suvlarini yerlarning meliorativ holatiga ta’sirini o‘rganish, uni yaxshilash va yerlarni meliorativ holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan.

60813000 - Suv xo`jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish

Ushbu ta`lim yo`nalishi - fan, texnika va ta`lim sohasidagi ta`lim yo`nalishi bo`lib, u qishloq xo`jaligi ekinlarini sug’orishda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, yangi, zamonaviy ilg’or suv tejamkor texnologiyalar (tomchilatib, yomg’irlatib, tuman hosil qilib, ko`chma egiluvchan quvurlardan foydalanib, egatlarga plyonka to`shab sug’orish, suv o`lchash va taqsimlashni avtomatlashtirish, dispetcherlangan holda boshqarish usullari)ni qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish, mintaqamizda kuzatilayotgan suv tanqisligi sharoitida ichki suv zaxiralaridan oqilona foydalanish, mavjud muammolarni hal etishda ilg’or innovatsion texnologiyalarning afzalliklari, ulardan foydalanilganda qishloq va suv xo`jaligida erishiladigan iqtisodiy samaradorlik, fermer xo`jaliklarida jahonning zamonaviy ilg’or suv tejamkor texnologiyalarni qo`llash usullarini o`rganadi. Ushbu talim yo’nalishini yanada rivojlantirish maqsadida yangi zamonaviy fanlar kiritildi yani «Resurs tejamkor sugorish texnologiyalari», “Gidromeliorativ tizimlarida injinerlik servis xizmati”, “Gidromeliorativ tizimlaridan foydalanishni avtomatlashtirish”, “Melioratsiya tizimlarida innovatsion texnalogiyalardan foydalanish” mutaxasislik fanlari shakillantirildi.

60530800 -Gidrologiya (daryo va suv omborlari gidrologiyasi)

Suv xo‘jaligi sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, asosan suv omborlari va quruqlikdagi boshqa suv manbalarida kompleks tadqiqotlar olib borish uchun mo‘ljallangan usullar va vositalarni, suv resurslari muammolarini tahlil qilish, tabiiy va antropogen hodisalar keltirib chiqargan ularning miqdoriy va sifatiy o‘zgarishlarini baholash va bashorat qilishni quruqlik suvlaridan ekologik xavfsiz foydalanish, ularni qurib qolishdan va ifloslanishdan muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni, qurilish bo‘yicha loyihalar va suvni asrash choralarini rejalashtirish uchun gidrologik va suv xo‘jaligi hisoblashlarini, rejimli gidrologik choralarni tashkil etish va olib borishni, amaliy gidrologik bashoratlarni amalga oshirish kabi samarali jarayonlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan metodlar va vositalar majmuini qamrab oladi.

60112400- Professional ta’lim: Suv xo‘jaligi va melioratsiya

Fan, texnika va ta’lim sohasidagi ta’lim yo‘nalish bo‘lib, u o‘quv fanlari, vositalari, uslublari va pedagogik faoliyatning usullarini hamda tarkibiga sug’oriladigan yerlardan yuqori hosil olish maqsadida, yer va suv resurslaridan mukammal foydalanish, yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, mukammal suv xo‘jaligi, gidromeliorativ tizimlarni va inshootlarni barpo qilish va ekspluatatsiya qilishga kasbiy ko‘nikmaga yo‘naltirilgan metodlar va vositalar majmuini qamrab oladi. Kasbiy faoliyat ob’ektlari – ta’lim jarayonida mos kasb-hunar kollejlaridagi o‘quv-tarbiya jarayoni, suv resurslari, xo‘jalik va ichimlik extiyojlari uchun suv ta’minoti tizimlari, gidromeliorativ tizimlarni boshqarish ob’ektlari kiradi.

60720600 - Materiallarshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi

Elektr energetika sohasidagi yangi materiallar olish tizimlari, elektr ta’minoti tarmoqlaridagi yangi materiallar, ichki irrigatsiya va melioratsiya tizimlaridagi yangi materiallar suv ta’minoti tarmoqlarining energetik tizimlarini yangilashdagi materiallar, noan’anaviy energiya manbari va tizimlari, elektrotexnologik ukunalarni asosini tashkil etuvchi materiallar va materiallar texnologiyasini o‘rganishga yo‘naltirilgan

60812400 - Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarni mexanizatsiyalashtirish

Fan va texnika sohasidagi ta’lim yo‘nalish bo‘lib, fan va texnika sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, u suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini bajarish jaryonlarini mexanizatsiyalash, texnik vositalar va texnologiyalar, melioratsiya, qurilish mashinalarini va jihozlarini takomillashtirish, meliorativ mashinalardan ratsional foydalanish, servis xizmati ko‘rsatishning tashkiliy masalalar yechimlarini zamonaviy innovatsion konsepsiyalari asosida ishlab chikish, suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish jarayonlarida injenerlik hisoblari, mashinalardan foydalanish jarayonlarini tahlil qilish, suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini bajarishda foydalaniladigan melioratsiya va qurilish mashinalari va jihozlarini muhandislik hisoblari, suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini bajarishda foydalaniladigan melioratsiya va qurilish mashinalariga servis xizmat ko‘rsatish, ishchi jihozlarining almashuvi, ta’mirlash strategiyasini belgilash bilan bog‘lik kompleks masalalar majmuasini kamrab oladi.

70530805 - Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi

Ushbu mutaxassislik - suv xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida suv xo‘jaligi, gidravlika va muhandislik gidrologiyasiga oid fanlarni o‘qitish hamda O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va suv xo‘jaligi bo‘yicha tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi organlari, irrigatsiya tizimi havza boshqarmalari, irrigatsiya tizim boshqarmalari istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.

70812302–“Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik”

70812302–“Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” - aniq fanlar va texnika fanlari negizida olib borilayotgan ta’lim sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, magistratura bosqichi magistrlariga “Qishloq va suv xo‘jaligi” bilim sohasining “Irrigatsiya va melioratsiya” ta’lim sohasi bo‘yicha yerlarni meliorativ xolatini yaxshilash va sug‘orma dehqonchilik yuzasidan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar olishga qaratilgan.

70812306-“Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari”

70812306-“Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari” aniq fanlar va texnika fanlari negizida olib borilayotgan ta’lim sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, magistratura bosqichi magistrlariga suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda qo‘llash bo‘yicha nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar hamda ilmiy dunyo qarashi hamda zamonaviy ilg‘or tajribalarni shakllantirishga qaratilgan.

Boshqa ma'lumot

Veb-sayt: https://hm.tiiame.uz

Fakultet dekani: Fatxullaev Alisher Mirzatillaevich

Qabul kunlari: Chorshanba: 10:00-13:00

Tel: (+998 71) 237-19-80

E-mail: a.fatxulloyev@tiiame.uz

Tarmoqlarda: