Gidrotexnika qurilishi

1946 yilda birinchi ayol-irrigator T.A.Kolpakova tashabbusi bilan «Kichik va o‘rta gidroelektrostansiyalarni qurish» fakulteti tashkil etilgan va keyinchalik «Gidrotexnika qurilishi», «Daryodagi gidrotexnika inshootlari va GES qurilishi» fakulteti nomlari bilan faoliyat yuritgan. Institutning tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga mos holda 1991 yildan “Irrigatsiya injenerlari tayyorlash o‘quv-ilmiy markazi”da va 1996 yildan “Gidromelioratsiya” fakulteti tarkibida “Suv xo‘jaligi qurilishi” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlangan. 2004 yildan fakultet «Irrigatsiya gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish» nomi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 noyabrdagi “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 311-sonli qaroriga asosan fakultet “Gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish” nomi bilan faoliyat yuritdi. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi PQ-3003-sonli qaroriga binoan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga aylantirildi va fakultetga “Gidrotexnika qurilishi” nomi berildi. Respublikamiz va Sobiq Ittifoq Respublikalari xalq xo‘jaligi, shu jumladan suv xo‘jaligi qurilishi va energetika tizimi uchun fakultet 73 yillik faoliyati davrida 6000 ga yaqin, chet mamlakatlar uchun 100 dan ortiq malakali mutaxassislar tayyorlab berdi. Fakultet bitiruvchilari Sayano-Shushinsk, Bratsk, Toktog‘ul, Nurek, Ust-Ilimsk, Chorvoq GES lari, Andijon, Tolimarjon, Hisorak suv omborlari, Tuya-Mo‘yin, To‘polon gidrouzellari qurilishlarida ishlab-chiqarish amaliyotlarini o‘tishgan. Hozirda ular yuqorida keltirilgan ob’ektlarda va respublikamizning boshqa suv xo‘jaligi hamda energetika tizimi ob’ektlarida, yirik gidrotexnik inshootlarni ekspluatatsiya qilishda, havza boshqarmalarida, suv xo‘jaligi qurilishi tashkilotlarida, viloyatlar nasos stansiyalari boshqarmalarida faoliyat yuritishmoqda.

Dekanat

Fakultet dekani
Hasanov Baxriddin Baratovich

Texnika fanlari doktori, professor

1983 yilda TIQXMMI ni tugatgan. Texnika fanlari doktori, professor. 70 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. “Gidromeliorativ ishlarni tashkil etish va texnologiyasi” kafedrasi professori.

Azimov A’zam Ismailovich

1997 yilda TIQXMMI ni tugatgan. 40 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafeadrasi kata o’qituvchisi.

Dekan o'rinbosari
Yarashov Javlonbek Adamboyevich

2009 yilda Toshkent irrigasiya va melioratsiya institutini tugatgan. 50 dan ortiq ilmiy maqolalar, jumladan, 13 tasi Scopus bazasidagi, 1 ta Q2 kvartilga kiruvchi xorijiy jurnallarda, 6 tasi O‘zbekiston Respublikasi OAK tasarrufidagi jurnallarida, 3 tasi Web of Conferences, O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tamonidan 10 ga yaqin mualliflik guvohnomalari va uslubiy qo’llanmalar muallifi. “Mexanika va kompyuterli modellashtirish” kafedrasi PhD, dotsenti.

Dekan o'rinbosari
Babajanov Laziz Qabulovich

TIQXMMIni 2008-yilda Toshkent irrigasiya va melioratsiya institutini tugatgan. Hozirgi paytgacha tadqiqotchi tomonidan 42 ta ish chop qilingan jumladan 18 tasi Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda, 12 tasi Scopus bazasidagi xorijiy jurnallarda, 11 tasi O‘zbekiston Respublikasi OAK tasarrufidagi jurnallarida, 1 tasi xorijiy jurnallarda, 2 ta tavsiyanoma olingan hamda O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tamonidan 6 ta Foydali model muallifi. “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi PhD, dotsenti

Dekan o'rinbosari
Xalimbetov Azat Bayrambaevich

60812500 -“Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish”

60812500 - “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” - bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar gidrotexnika inshootlarini va nasos stansiyalarini loyihalash, ulardan foydalanish ussullari, nasoslardagi ish jarayonlari gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarini qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish jarayonlarini o‘zlashtirish, nasos va ular tizimlarida kechadigan fizik jarayonlarning matematik modellarini yaratish, gidrotexnika inshootlariga va nasos agregatlariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash strategiyasini belgilash va qo‘llash bo‘yicha tayanch bilimlar oladilar.

60730900 - “Gidrotexnika qurilishi” (turlari bo’yicha)

60730900 - “Gidrotexnika qurilishi” (turlari bo‘yicha) – bakalavriat ta’lim yunalishi talabalalari gidrotexnika inshootlari qurilishi va rekonstruksiyasi loyihasini tuzish, gidrotexnika inshootlarining optimal variantlarini tanlash va joriy qilish, gidrotexnika qurilishi samaradorligini aniqlash bo‘yicha tajriba tadqiqotlarini o‘tkazish, tajriba tadqiqotlariga ishlov berish va tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan kompleks ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, gidrotexnika qurilishida grunt, beton, temirbeton va montaj ishlarini bajarish texnologiyalari, material-texnik resurslardan samarali foydalanish uslublari va ishlarni tashkil qilish, injenerlik yechimni texnik-iqtisodiy asoslash, tahlil qilishni, loyiha-qidiruv va qurilish ishlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash bo‘yicha tayanch bilimlar oladilar.

60710800 - “Gidroenergetika”

60710800 - “Gidroenergetika” (60812700–“Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishida taxsil olayotgan talabalar, Gidroelektrostansiyalar, Gidroakumuliyasion elektrostansiyalar va noan’anaviy-qayta tiklanuvchi energiya manba’lari asosidagi qurilmalarini loyihalash usullarini, gidroenergetik ob’ektlarini qurish, ulardan foydalanish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish jarayonlari, gidravlik mashinalarida kechadigan ishchi jarayonlar, gidroenergetik qurilmalarining muhandislik hisoblari, algoritmlari va matematik ta’minotini ishlab chiqish, gidroenergetik qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash strategiyasini belgilash, texnik ekspluatatsiya prinsiplarini tuzish va loyihalash bo‘yicha tayanch bilimlar oladilar.

60531000 - “Mexanika va matematik modellashtirish”

60531000 - “Mexanika va matematik modellashtirish”-bakalavriat ta’lim yunalishda taxsil olayotgan talabalar qurilish, suv xo‘jaligi va mashinasozlik sohalaridagi jarayonlarni matematik modellashtirish, zamonaviy ЕHМlarda dasturlash ishlarini bajarish usullarini mukammal o‘rganadilar. Shuningdek 3D shakldagi modellarini yaratish, ularni turli ish sharoitlarida ishlashlarini mexanik qoidalar asosida tahlil qilish, optimal shakl va o‘lchamlarini aniqlash, mustaxkamlik va ishonchliliklarini baholash kabi faoliyatlarni tula amalga oshirish bo‘yicha tayanch bilimlar oladilar.

70111202 -“Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi”

70111202-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi magistratura mutaxassisligida magistrantlar: barcha ta'lim tashkilotlarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish; tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish bo‘yicha bilimlar oladilar.

70730904 - “Gidrotexnika inshootlari qurilishini tashkil etish va texnologiyasi”

70730904-“Gidrotexnika inshootlari qurilishini tashkil etish va texnologiyasi” magistratura mutaxassisligida magistrantlar: ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, havza boshqarmalari, sug‘orish tizimi boshqarmalari, suv qurilishi va irrigasiya trestlari, sanoat va biznes tashkilotlari sub'ektlarida gidrotexnika inshootlari qurilishini tashkil etish va texnologiyasiga oid kompleks masalalarni echish, arxitektura - qurilish tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishda ishlarni tashkil etish, istiqbolini belgilash, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bo‘yicha bilim oladilar.

70812502 -“Nasos stansiyalaridan va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi”

70812502-“Nasos stansiyalaridan foydalanish va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatining obektlari: – o‘quv va tarbiya jarayoni, loyiha qidiruv va loyiha smeta hujjatlarini, nasos stansiyalar va qurilmalar, ilmiy-tadqiqot va loyihalash jarayonlari bo‘yicha bilimlar oladilar.

70730901 -“Gidrotexnika inshootlari (suv xo‘jaligida)”

70730901-“Gidrotexnika inshootlari” magistratura mutaxassisligiga magistrantlar: – o‘quv va tarbiya jarayoni, loyiha qidiruv va loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish, gidrotexnika inshootlarini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha bilimlar oladilar.

70812801-“GES qurilishi va ulardan foydalanish”

70812801-“GES qurilishi va ulardan foydalanish” magistratura mutaxassisligiga magistrlar: – o‘quv va tarbiya jarayoni, loyiha qidiruv va loyiha smeta hujjatlarini, gidroelektrostansiyalar qurilishi va ulardan foydalanish, ilmiy-tadqiqot va loyihalash jarayonlari bo‘yicha bilimlar oladilar.

70812501 -“Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularning ishonchliligi va xavfsizligi”

70812501-“Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularning ishonchliligi va xavfsizligi” magistratura mutaxassisligida magistrantlar: – o‘quv va va tarbiya jarayoni, loyiha qidiruv va loyiha smeta xujjatlarini ishlab chiqish, gidrotexnika inshootlaridan foydalanish jarayoni, gidrotexnika inshootlarining ishonchliligini baholash, xavfsizligini ta’minlash nazorati bo‘yicha bilimlar oladilar.

Boshqa ma'lumot

Veb-sayt: http://he.tiiame.uz/oz

Fakultet dekani: Hasanov Baxriddin Baratovich

Qabul kunlari: Chorshanba: 10:00-13:00

Tel: (+998 71) 237-22-36

E-mail: b.hasanov@tiiame.uz

Tarmoqlarda: