Chet el fuqarolari uchun
Xorijiy fuqarolar O’zbekiston Respublikasi
ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida hamda, agar qonun hujjatlari yoki
O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan
bo‘lsa, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tartibda qabul qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida
o‘qish qiymati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va ta’lim muassasalariga
ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligining taklifi asosida O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga
qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga umumiy o‘rta ta’lim
ma’lumotiga muvofiq bo‘lgan ma’lumotga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar qabul qilinadi.
Oliy ta’lim muassasalariga umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi ma’lumotiga muvofiq bo‘lgan ma’lumotga ega xorijiy fuqarolar qabul qilinishi
mumkin.
Xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga oliy ta’lim
muassasasi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra
qabul qilinadi.
Belgilangan tartibda taqdim etilgan suhbat natijalari O’zbekiston Respublikasi
ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib
chiqiladi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
xorijiy fuqarolarni oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish yuzasidan qaror
qabul qilishi uchun asos hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirining buyrug‘i asosida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘qishga
qabul qilish to‘g‘risida tegishli buyruq chiqaradilar.
O’zbekiston Respublikasining tayanch doktoranturasi va doktoranturasiga
oliy ma’lumotga muvofiq bo‘lgan ma’lumotga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar qabul qilinishi
mumkin.
Doktoranturaga kiruvchi xorijiy
fuqarolar O’zbekiston Respublikasida belgilangan talablarga muvofiq tayyorlangan
referat yoki e’lon qilingan ishlarining rasmiy ravishda tasdiqlangan ro‘yxatini
taqdim etishlari kerak.
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyurtmanomasiga binoan, belgilangan tartibda
xorijiy fuqarolarga vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek
ularning vaqtincha yashash joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishni va uning
muddatini uzaytirishni ta’minlaydi.
O’qishni tugatgandan keyin xorijiy fuqarolarga ma’lumoti to‘g‘risida
belgilangan namunadagi tegishli hujjatlar beriladi.
Xorijiy fuqarolar o‘qish davrida shartnomalar va kontraktlarda nazarda
tutilgan hollarda O’zbekiston Respublikasiga oila a’zolari va boshqa qarindoshlari
bilan kelishlari mumkin.
O’qish uchun kelgan xorijiy fuqarolar tibbiy tekshiruvdan o‘tadilar.
Tibbiy tekshiruvdan o‘tish tartibi va mavjudligi aniqlangan taqdirda O’zbekiston
Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun ruxsat berilmaydigan
kasalliklar ro‘yxati O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan
belgilanadi.
Hujjatlarning ro‘yxati
va ularni taqdim etish tartibi
Xorijiy fuqarolar O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga
kirish uchun tegishli ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
o‘qishga qabul qilish haqida ariza;
o‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar)
ko‘rsatilgan ma’lumoti haqidagi hujjatlarning asl nusxalari;
referat yoki e’lon qilingan ishlarning rasmiy ravishda tasdiqlangan
ro‘yxati (tayanch doktoranturaga kiruvchilar uchun);
sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy xulosa;
milliy pasport (amaldagi vizasi bilan) yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma;
4 x 6 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat.
Hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan
yo‘riqnomaga muvofiq belgilanadi.
Shartnoma va o‘qish xarajati
Amaldagi tartib asosida har o‘quv
yili boshida xorij fuqarolariga ta’lim xizmatini ko‘rsatish baholari belgilab olinadi.
Shuni asosida 2023-2024 o‘quv yili uchun chet ellik
fuqarolarni o‘qishi va xalqaro loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha:
O’zbekiston Respublikasi
ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha O’zbekiston Respublika Prezidentining
“2020-2021 o‘quv yilida O’zbekiston Respubliksining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga
qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O’zbekiston
talaba kontrakt summasidan kam bo‘lmagan hamda universitet moddiy-texnik va laboratoriyalar
resurslaridan foydalanganishini inobatga olib, xorijiy talabalarning institutda bir yillik o‘qish
to‘lov-kontrakt puli bakalavriatning kunduzgi ta’lim uchun 1500 AQSh dollari (MDX
davlatlari uchun), boshqa davlatlar uchun 2000 AQSh, sirtqi ta’lim uchun 1250 AQSh
dollari, magistraturada 1500 AQSh dollari (MDX davlatlari uchun), boshqa davlatlar
uchun 2000 AQSh, doktorantura bosqichida bir yillik tahsil olish kontrakt summasi
2500 AQSh dollari, shu jumladan, mustaqil tadqiqotchilik asosida 1000 AQSh dollari
(Markaziy Bankning to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha) etib belgilanishi;
Xorijning ilg‘or universitetlari bilan
hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida
tahsil olish tegishli yo‘nali, mutaxassislik va ixtisosliklaridagi kontrakt summasiga
mos ravishda belgilanishi;
universitetda xalqaro hamkorlik salohiyatini yanada
kengaytirish maqsadida universitet ishtirok etadigan xalqaro loyihalar hisobidan
3% miqdorda ustama xarajatlari belgilash;
Vazirlar Mahkamasining 4.08.2008 yildagi
169-sonli Qarorining 3-bandiga muvofiq Xorijiy fuqarolarni til kurslarini o‘qitish
markazida tahsil oladigan xorijiy fuqarolarning bir yillik to‘lov to‘lov-kontraktini
3000 AQSh dollari yoki 1 oylik to‘lov-kontrakti 250 AQSh dollari etib belgilangan.