Turon mulki malikalari

16.09.2023

#Yangilik

Joriy yilning 14 sentabr kuni “TIQXMMI” MTU 3-TTJ Iqtisod, Energetika fakulteti 1-kurs talaba qizlari bilan  universitet psixologi M.K.Muhammedova va 3-TTJ tarbiyachi pedagogi Z.Muhrumboyevalar ishtirokida “Ilm olish sirlari”, “Kitob – bilim manbai” mavzularida davra suhbati o'tkazildi. Yig'ilish ishtirokchilariga ilm olishimizda bizga eng yaxshi ko'mak bera oluvchi vosita kitob ekani, kitob yolg'iz qolganimizda – do'st, qiyinchilikka duch kelganimizda – maslahatchi, sirlarimizni saqlovchi va bilim xazinasi ekani haqida qiziqarli ma'lumotlar hayotiy voqealar, maqol hamda hadislar orqali yetkazildi. Bundan tashqari talaba qizlarga motivatsiya berish maqsadida Amir Temur bobomizning mavzuga oid o'gitlaridan, Turon mulki malikalari haqidagi qiziqarli voqealardan misollar keltirilib o'tildi.

Fursatdan foydalanib, Shayx hazratlari Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kitob o'qishdagi tajriba va tavsiyalaridan ham eslatib o'tildi. Tadbirda barcha talabalar faol ishtirok etishdi. Ayniqsa  Dilnura, Marjona kabi talaba qizlarimiz o'zlarining yorqin ishtiroklari bilan tengdoshlariga o'rnak bo'la olishdi. Biz barcha talabalarimizdan kelgusida Vatanimiz ravnaqiga o'z hissalarini qo'sha oladigan, Turon mulkining haqiqiy malikalari bo'la oladigan yetuk kadrlar bo'lib yetishishlariga tilakdoshmiz.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati