Sport yoshlarni birlashtiradi

16.09.2023

#Yangilik

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Energetika" fakulteti  talaba yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida TALABALAR LIGASI turniri bo‘yicha 1-bosqich talabalari o'rtasida “DEKAN KUBOGI” Sportning MINI FUTBOL, VOLEYBOL, BASKETBOL, STOL TENNIS va SHAXMAT turlari bo‘yicha musobaqalarga start berildi.

Ushbu musobaqani ochib berish uchun fakultet dekan muovini I. Buxorov va tyutor B. Abdullayevlar  so‘zga chiqib talaba yoshlarga berilayotgan e'tibor va imkoniyatlar haqida ma'lumot berib o‘tdilar. Bugungi musobaqalar  qizg‘in va murosasiz davom etdi!

Sportning MINI FUTBOL turi bo‘yicha quyidagi natijalar qayd etildi.

 1-o‘rin 103-guruh

 2-o‘rin 104-guruh

 3-o‘rin 106-guruh talabalariga nasib etdi.

"Energetika" fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati