Kuch birlikda!

19.09.2023

#Yangilik

Joriy yilning 18 sentabr kuni “TIQXMMI” MTU universitet psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedova “Vokaloterpiya orqali muammolardan xalos bo'lish sirlari” mavzusida tadbir tashkil etdi. Tadbir talabalarning darsdan keyingi bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy hayotda ro'y berishi mumkin bo'lgan ziddiyatlarni oldini olish, kollektivda birdamlikni, jipslashishni va do'stona munosabatlar mustahkamligini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.Tadbirda birdamlikni targ'ib etuvchi qiziqarli trening mashg'ulotlar o'tkazildi. Tadbirning so'nggi qismi universitetimiz san'at saroyida davom ettirildi. Yig'ilish ishtirokchilari san'at saroyida “Talabalikka bag'ishlov” kuni uchun O'zbekiston va oligohimiz gimnini kuylab, bayram uchun tayyorgarlik ko'rishdi.

 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati