Universitetimiz professori Malayziyada ma’ruza darslari olib bordi

19.09.2023

#Yangilik

Bugungi kunda Universitetimiz milliy va xalqaro miqyosdagi nufuziga ega va bu borada qator chora-tadbirlar olib borilmoqda. Jumladan, dunyo miqyosida Universitetimiz obro‘sini oshirish, uning xalqaro ilmiy jamiyatda yuqori pog‘onalarga ko‘tarilishining omillaridan biri professor o‘qituvchilarimizning chet el universitetlari bilan tajriba almashinishi hisoblanadi. Shu kunlarda Universitetimizning “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi professori t.f.d. prof. Tursunov Obid Boboqulovich va kafedra mudiri t.f.d. dotsent Qodirov Dilshod Botirovichlar Malayziyaning Perilis Universitetiga amaliy tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va istiqbolli re’jalar belgilandi, shuningdek, mahorat darslari o‘tildi.

   

Universitetimiz professori Tursunov Obid Boboqulovich ushbu Universitetning Biomassadan foydalanish bo‘yicha mahorat markazi (Center of Excellence For Biomass Utilization)ga tadqiqot suhbatiga taklif qilindi. Bunday suhbatlar yosh tadqiqotchilarga va soha vakillariga mo‘ljallangan bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad ilmiy faoliyatga rag‘batni oshirish, o‘z tadqiqot ishini tegishli soha vakillariga tanishtirish va fikr almashishdir.

  

Professor Obid Tursunov joriy yilning 7-sentabr kuni “Noqulay(suboptimal) iqlim sharoitlarida o‘simlik biomassasini keng miqyosda yetishtirish uchun past quvvatli lazer biotexnologiyasini qo‘llash istiqbollari: Polsha va O‘zbekiston misollari” mavzusida xorijlik tadqiqotchilarga ochiq suhbat o‘tdi.

Professor Obid Tursunov aynan ushbu Universitetda tahsil olgan bo‘lib, bugungi kunda o‘z tajribalarini va tadqiqotlarini UniMAPning professor-o‘qitiuvchilari shuningdek, yosh tadqiqotchilari bilan bo‘lishmoqda. Professorimiz Malayziyaning Perilis Universiteti tomonidan munosib ehtirom qilindi va taqdirlandi.

 

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi

stajyor oʻqituvchisi R.Qobilov axboroti

Universitet matbuot xizmati