Gidrologiya va gidrogeologiya

Mazkur kafedra 1987 yili mustaqil "Gidrogeologiya" va "Gidrologiya va suv oqimlarini rostlash" kafedralarining qo‘shilishidan tashkil etilgan. 1944 yilda "Gidrogeologiya" kafedrasi professor D.M. Kats raxbarligida tashkil etilgan. Kafedrada turli yillari professor D.M. Kats (1944-1958), dotsent M.M. Ivanitsin (1959-1970), O‘zbekiston FA muxbir a’zosi professor N.A. Kenesarin (1971-1975), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi professor S.SH. Mirzayev (1975-1979), dotsent X.I. Valiyev (1979-1980), dotsent G.U. Yusupov (1981-1987) kabi yirik olimlar rahbarlik qilishdi. Kafedraninig ilmiy faoliyatida sezilarli jonlanish professor N.A. Kenesarin va professor S.SH. Mirzayev raxbarligida amalga oshirildi. Kafedraning ilmiy xulosalari amaliyotda o‘z o‘rnini topib, Respublikaning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi. 1987 yili "Gidrogeologiya" va "Gidrologiya va suv oqimlarini rostlash" kafedralari birlashtirilib "Gidrologiya va gidrogeologiya" kafedrasi tashkil qilindi. Uning birinchi mudiri bo‘lib G.U. Yusupov (1987-1988) ishladi. Kafedraga 1988-1995 yillari Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati professor S.M. Qosimov va 1995 yildan 2005 yilgacha dotsent G.U. Yusupov, 2005–2012 yillari dotsent D.Nazaraliyev, 2012 dotsent S.E. Nurjanov, 2012–2014 yillari A.M. Fatxulloyev, 2015-2020 yillari dotsent D.V. Nazaraliyev rahbarlik qildi. 2021-2023 yillari professor F.A. Gapparov rahbarlik qildi. Hozirgi kunda dotsent I.M. Ro’ziyev rahbarlik qilmoqda. Kafedrada 1999 yildan boshlab yuqori malakali bakalavrlar va 2009 yildan magistrlar tayyorlashga o‘tildi.

Natijada tahsil olinadigan fanlar tizimi ham ancha kengayib bormoqda. Kafedraning ilmiy-tadqiqot va ilmiy uslubiy ishlarini bajarishda oxirgi yillarda professorlar A.M. Fatxulloyev, F.A. Gapparov dotsentlar: G.U. Yusupov, S.M. Karimov, A.A. Akbarov, D.V. Nazaraliyev, S.E. Nurjanov, , F.S. Kattaqulov, I.M. Ro’ziyev SH.B. Akmalovlar faol ishtirok etdilar. Bugungi kunga kelib kafedrada 60530800-Gidrologiya (daryo va suv omborlari gidrologiyasi) va 60812600-Meliorativ gidrogeologiya bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha yetuk kadrlarni tayyorlab kelmoqda. Talabalarga yetuk bilim berishda kafedra katta ilmiy-pedagogik salohiyatga ega. Bugungi kunda kafedrada, professorlar: A.M. Fatxulloyev, F.A. Gapparov, dotsentlar: D.V. Nazaraliyev, S.E. Nurjanov, I.M. Ro’ziyev, SH.B. Akmalov, F.S. Kattaqulov, katta o'qituvchilar S.M. Qodirov., S.R. Mansurov F.A.Oxunov assistentlar:, G.U. Jumaboyeva, J.S. Hamroqulov, stajor o'qituvchilar Sh.G`.Nortayev, F.I. Ochildiyev, Sh.Sh.Yaxshiyev, Sh.Q.Shodiyev, B.Karabayeva, Z.X.Baxranovasamarali mehnat qilishmoqda. Davlat ta’lim standartining o‘zgarishi munosabati bilan  2008 yildan kafedra tarkibiga  “Suv omborlari gidrologiyasi” ta’lim yo‘nalishi  kiritildi va bir o‘quv reja bo‘yicha mutaxassislar chiqarila boshlandi. 2012 yilga kelib bu soha bo‘yicha yiliga 20-25 mutaxassis tayyorlandi. 2015 yilda kelib, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarga bo‘lgan talab qaytadan o‘rganib chiqildi va OʼzR OOʼMTVning 2016 yil 11 fevraldagi   66-sonli va 2016 yil 1 martdagi 89-sonli buyruqlari asosida “Suv omborlari gidrologiyasi” ta’lim yo‘nalishi Gidrologiya(suv omborlarida) ta’lim yo‘nalishiga o‘zgartirildi.

Respublikada innovatsion taʼlim va texnologiyalar transferini qoʼllab-quvvatlash tizimini yaratish, taʼlim va ishlab chiqarishni uzviy bogʼlash, oliy taʼlim muassasalari faoliyat yoʼnalishlarini tubdan takomillashtirish, ularning xalqaro nufuzini oshirish, samarali boshqaruv tizimini tashkil etish, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil taʼminlash maqsadida, Davlat talim standartining o‘zgarishi munosabati bilan Gidrologiya(suv omborlarida) talim yo‘nalishi Gidrologiya (daryo va suv omborlari gidrologiyasi talim yo‘nalishiga o‘zgartirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 2017-2021 yillarda yer osti suvlari zahiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari tugʼrisida gi 2017 yil 4 mayda PQ-2954-sonli  qaroriga binoan  “Meliorativ gidrogeologiya” ta’lim yo‘nalishi  tashkil etildi. Kafedra jamoasi o‘zining diqqat e’tiborini yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bilan bir qatorda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlarning asosi hisoblangan global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarini oqilona boshqarish, suv resurslaridan  suv tejamkor texnologiyalar asosida foydalanish, sug‘oriladigan erlarning eklogik-meliorativ xolatini yaxshilashning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish,iqlimning global o‘zgarishining salbiy oqibatlarini tadqiq etish va uni yumshatish bo‘yicha katta xajmdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga, shuningdek talabalar o‘rtasida yuksak darajada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bajarishga qaratgan. Kafedrani chet mamlakatlardagi va respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarining turdosh kafedralari, shuningdek ishlab-chiqarish hamda ilmiy-loyihalash tashkilotlari bilan aloqalari mustahkamlanmoqda.

Kafedra xodimlari

Kafedra mudiri
Roʻziyev Ilxom Maxmudovich

Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi dotsenti, PhD

 i.ruziyev@tiiame.uz

+99871-237-09-71

Gapparov Furqat Axtamovich

texnika fanlari doktori, professor

Texnika fanlari doktori
Fatxullaev Alisher Mirzatillaevich

Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi professori

  +99871-237-09-71

Nurjanov Satbay Yeshjanovich

Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi dotsenti

  +99871-237-09-71

Akmalov Shamshodbek Baxtiyarovich

Gidrologiya va giodrogeologiya kafedrasi tayanch doktoranti

+99890-315-18-94

Kattaqulov Farrux Sayfullayevich

Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi dotsenti

  +99871-237-09-71

Qodirov Sobirjon Mamadiyorovich

Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi katta o’qituvchisi

  +99871-237-09-71

Mansurov Safar Rahmonqulovich

Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi dotsenti, PhD

  +99871-237-09-71

Jumabayeva Gulnora Usmanbayevna

Gidrologiya va giodrogeologiya kafedrasi assistenti

+99890-315-18-94

Hamroqulov Jasurjon Sayli o'g'li

Gidrologiya va giodrogeologiya kafedrasi tayanch doktoranti

+998 93 704-46-46

Nazaraliev Dilshod Valijonovich,

dotsent

+99871-237-09-71

Yaxshiyev Shohzod Sheraliyevich

tayanch doktoranti

+99871-237-09-71

Nortayev Shavkat Gulom o‘gli

Gidrologiya va giodrogeologiya kafedrasi assistenti

+99871-237-09-71

Abdullayev Baхrom Dadajanovich

Assistent

+99871-237-09-71

Oxunov Farrux

PhD, katta o`qituvchi

+99871-237-09-71

Shodiyev Shahzod Kasim ogli

stajyor-o'qituvchi

+99871-237-09-71

Ochildiyev Feruz Ikrom o'g'li

stajyor-o'qituvchi

+99871-237-09-71

Baxronova Zulxumor

stajyor-o'qituvchi

+99871-237-09-71

Fakultet

"Gidromelioratsiya" fakulteti
Gidromelioratsiya fakulteti 1923 yilda Turkiston Davlat universitetining texnika fakulteti tarkibida “Melioratsiya muhandisligi” yo‘nalishi bo‘yicha soha kadrlarini tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Fakultet tashkil etilgan ilk davrlarda 49 nafar professor-o‘qituvchilar 274 talabalarga melioratsiya muhandisligi bo‘yicha bilim bera boshlagan.

O'qitiladigan fanlar

Fanning nomi Fan haqida qisqacha ma'lumot
1 Nazariy gidrometriya(magistratura)

Quruqlikdagi suv manbalari suv resurslarini to‘g‘ri hisobga olish va ulardan unumli foydalanishni, suvning oqish tezligini vaqt davomida o‘zgarishini aniqlash, suv o‘lchash postlarining turlari, jihozlanishi va tuzilishini, suv manbalarining gidrologik rejimi elementlari, gidromeliorativ tarmoqlarida suv sarflarini nazorat qilish, o‘lchash asboblari va moslamalari, gidrologik hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalarini bajaradi.

2 Global iqlim va suv ta’minoti(magistratura)

Global iqlim o‘zgarishining suv resurslariga ta’siri, iqlimning uzoq yillik prognozlari, iqlim va gidrologik jarayonlarni modellashtirish.

3 Injenerlik gidrologiyasi(magistratura)

“Gidrologiya” mazmuni, predmeti va metodi, tabiatda suvning aylanishi, daryo xavzasi, suv sathi, oqim tezligi, suv sarfi, gidrologik tavsiflar, daryolarning yillik oqimi, oqim hajmini rostlash, suv omborining loyqa bosishi.

4 Meliorativ gidrogeologiya(magistratura)

Meliorativ gidrogeologiya fani, mazmuni, soxalari, rivojlanish tarixi, melioratsiya kilinadigan yerlarda tarqalgan sizot va osma sizot suvlari, sug‘oriladigan yerlarda gidrogeologik-meliorativ jarayonlarning o‘ziga xosligi.

5 Yer osti suvlari dinamikasi

Suvli qatlamlardagi suvning harakatini, laminar, turbulent, barqaror va barqaror bo‘lmagan harakati, quduqlarning turlari va ularni hisoblash, yer osti suvi oqimlarining gidrodinamik xususiyatlarini, bir xil jinsli qatlamlarda yer osti suvlarining barqaror harakati, har xil jinsli qatlamlarda yer osti suvlarining barqaror harakati, har xil litologik sharoitlarda er osti suvlarni dimlanishi, suv ombori va gidrotexnik inshootlaridan bo‘ladigan yer osti suvlarining harakati, suv oluvchi inshootlarga yer osti suvlarining harakati o‘rganadi.

6 Yer osti suvlari dinamikasi

Suvli qatlamlardagi suvning harakatini, laminar, turbulent, barqaror va barqaror bo‘lmagan harakati, quduqlarning turlari va ularni hisoblash, yer osti suvi oqimlarining gidrodinamik xususiyatlarini, bir xil jinsli qatlamlarda yer osti suvlarining barqaror harakati, har xil jinsli qatlamlarda yer osti suvlarining barqaror harakati, har xil litologik sharoitlarda er osti suvlarni dimlanishi, suv ombori va gidrotexnik inshootlaridan bo‘ladigan yer osti suvlarining harakati, suv oluvchi inshootlarga yer osti suvlarining harakati o‘rganadi.

7 Burg‘ilash ishlari va suv olish qudug‘idan foydalanish

Geologik va gidrogeologik sharoitlarning o‘ziga xos tomonlari, burg‘ilash usullari, burg‘ilash ishlarini tashkil qilish va loyixalash, yer osti suv oqimlarini baholashning sanoqli usullari, gidrogeologik sharoitlar o‘zgarishining bashorati, burg‘i qudug‘ining ishdan chiqishi va yomon ishlash sabablari, suvli qatlam va yer osti suv oqimlarining gidrogeologik o‘lchamlari, mustahkamlovchi quvurlar standartlari va ularning asosiy o‘lchamlari, burg‘ilash jarayonida gidrogeologik kuzatuvlar, tadqiqotlar va geologik  izlanishlarni olib borish, izlanish natijalarini tahlil qilish va undan foydalanish.

8 Ekspluatatsion gidrometriya

Sug‘orish tarmoqlarida suvni hisobga olish va boshqarish, sug‘orishga mo‘ljallangan suv miqdorlarini iste’molchilarga va ularni guruhlari orasida to‘g‘ri taqsimlashda tizimdagi kanallarda suv sarfini o‘lchash va boshqarish, kanallarni va suv o‘lchash qurilmalarni belgilangan texnik talablar asosida foydalanishni ta’minlash, kanallarda sodir bo‘ladigan suv isroflarini va tizimni foydali ish koeffitsientini aniqlash uchun dastlabki gidrometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va ma’lumotlarini qayta ishlash hamda tahlil qilish

9 O‘rta Osiyo gidrografiyasi

Markaziy  Osiyo gidrografiyasi bo‘yicha ilk tadqiqotlarni, Gidrologiya fanining tarkibiy qismi bo‘lgan gidrografiyani suv manbalari va tabiatdagi suvlarni tarqalish qonunlarini o‘rganishdagi ahamiyatini, O‘rta Osiyo gidrografiyasini suv xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishiga bevosita ta’sirini, O‘rta Osiyo daryolarining to‘yinish manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, taxlil qilish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi.

10 Daryolar, ko‘llar va muzliklar gidrologiyasi

Ko‘llar, daryolarlarning gidrologik rejimi, ko‘llarning suv balansi, oqim kirishi, chiqishi, ko‘llardan suv yo‘qotish, ko‘llarning suv sathi rejimi, suv sathining davriy va nodavriy o‘zgarishi, unga mavsumiy ta’sirlar, ko‘llarning harorat rejimi, muzlash va erish jarayoni, ko‘llarda suvning harakati, to‘lqinlar, suv massalari oqimi, suv ko‘tarilishi va pasayishi  hodisalari, muzliklarning paydo bo‘lishi va ularning turlari

11 Gidrologik statistika

Gidroligik ma’lumotlarni statistik analiz qilish, yillik oqim me’yori nima va uni aniqlashdagi xatoliklar, Tasodifiy xatoliklar taqsimlanish qonuniyatlari, Daryo oqimining ko‘p yillik tebranishi va uni statistik baholashni, hisobli maksimal suv sarflari, turli xil sarf modellarini yaratishni, gidrologik jarayonlarni modellashtirish va zamonaviy EHM lar yordamida gidrologik ma’lumotlarni tahlil qilish va ulardan foydalanish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.

12 Daryolar gidrologiyasi

Daryolarning gidrologik xususiyatlari, daryolarni suv rejimi, suv sathi, suv sarfi, harorat, muzlash va gidrokimyoviy rejimlari, ularga ta’sir etuvchi omillar, rejim elementlari va ular o‘zgarishlari, to‘yinish manbalari, daryolarining to‘yinish tavsiflari, daryolarning yillik oqimi, yillik oqimning hosil bo‘lishi omillari, yillik oqimning o‘rtacha ko‘p yillik miqdori, daryo oqimining miqdoriy ko‘rsatgichlari, daryolarning maksimal oqimi, maksimal oqimni hisoblash usullari, maksimal suv sarflari ta’minlanganlik egri chizig‘i parametrlarini aniqlash, eng yuqori maksimal suv sarflarini hisobga olish kabi masalalarni qamrab oladi.

13 Suv omborlari gidrologiyasi

Suv resurslarini to‘g‘ri hisobga olish va ulardan unumli foydalanishni, suv o‘lchash postlarining turlari, jixozlanishi va tuzilishini, suv manbalarining gidrologik rejimi elementlarini-suv sathi, suvning oqish tezligi, suv sarfi, loyqa oqiziqlar sarfini aniqlash usullari va texnika vositalardan foydalanishni biladigan va mavjud ma’lumotlarni taxlil qilish.

14 Suv omborlaridan foydalanish

Suv omborlari asosiy xususiyatlari, suv omborlaridan ishonchli foydalanishning asosiy shartlari, suv omborlari gidrouzellaridan foydalanish,  ularni loyihalashtirish, zamonaviy konstruksiyalari va hisoblashning nazariy asoslash

15 Injenerlik geologiyasi, gidrologiya

Injener-geologik sharoitlarni katta maydonda tarqalish qonuniyatlarini o‘rganadi, turli geologik jarayon va hodisalarni o‘rgatiladi. Daryo oqimini hosil bo‘lish omillari, daryo, ko‘l va suv omborlarining rejimi, suv manbalari va suv havzalarining asosiy gidrologik ko‘rsatkichlarini o‘lchash.

16 Gidrometriya

Gidrotexnik inshootlar, qishloq xo‘jaligi melioratsiyasi va gidromeliorativ tizimlar ekspluatatsiyasi, suv xo‘jaligi menejmenti va ekspluatatsiyasi, suv bilan ta’minlash, suvdan (kompleks) foydalanish, gidromeliorativ ishlar texnologiyasi.

17 Quruqlik gidrologiyasi

Suv resurslaridan samarali foydalanishni, tabiatdagi suvlarning muvozanatini, suvning tabiiy va kimyoviy xossalari, xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, daryolar oqimini hosil bo‘lish omillari, yer osti suvlari, muzliklarning gidrologik rejimini

18 Injenerlik gidrologiyasi

Suv resurslaridan unumli foydalanishi, daryo oqimini hisoblash va tadqiqot etishning statistik usullari, gidrologik miqdorning ta’minlanganligi, hisobli suv sarfini aniqlash, taqsimlanish egri chiziqlari va ularning parametrlari, gidrologik ma’lumotlar mavjudligida, yetarli bo‘lmaganda va umuman bo‘lmaganda yillik oqim maksimal va minimal suv sarflarini hisoblashni va natijalarni taxlil qilish.

19 Iqlimshunoslik

Suv resurslariga ta’sir etuvchi iqlimiy omillarni, iqlimning eng muhim elementlari, ob-havoning xavfli, hodisalari, iqlim resurslari iqlimning o‘zgarishini bilishni va ularni aniqlash

20 Geologiya,gidrogeologiya va ingenerlik geologiyasi

Erning tuzilishi, tarkibi, paydo bo‘lishi va unda sodir bo‘ladigan turli geologok jarayon va xodisalarni hamda minerallar va tog‘ jinslari, yer osti suvlarining paydo bo‘lishi, joylanish shart-sharoitlari o‘rgatiladi.

21 Meliorativ gidrogeologiya

Yerning tuzilishi, tarkibi, paydo bo‘lishi, yer osti suvlarini sug‘oriladigan, sug‘orishga yaroqli bo‘lgan yerlarda o‘tkaziladigan meliorativ tadbirlarni gidrogeologik jihatdan asoslash.

22 Injenerlik geologiyasi va gidrogeologiyasi

Injener-geologik sharoitlarni katta maydonda tarqalish qonuniyatlarini o‘rganadi, turli geologik jarayon va hodisalarni o‘rgatiladi.

23 Geologiya va gidrogeologiya

Erning tuzilishi, tarkibi, paydo bo‘lishi va unda sodir bo‘ladigan turli geologok jarayon va xodisalarni hamda minerallar va tog‘ jinslari, yer osti suvlarining paydo bo‘lishi, joylanish shart-sharoitlari o‘rgatiladi.

24 Gidrologiya

Gidrologik tadqiqotlar va kuzatuvlarni tashkil etish, suv manbalari shakl va o‘lcham ko‘rsatkichlarini taxlil qilish va baholash, suv ob’ektlarining  gidrologik rejimini tahlil qilish va baholash, suv ob’ektlariga ta’sir etuvchi omillarni baholash, zamonaviy gidrologik asbob va qurilmalarni ishlatish, gidrologik usullarni qo‘llash kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.

Boshqa ma'lumot