Muhandislik tizimlarini boshqarish

“Mashinalardan foydalanish va ta’mirlash” kafedrasi 1937 tashkil etilgan. 1938 yildan “Mashinalardan foydalanish” kafedrasi nomi bilan atalgan. Keyinchalik kafedraning nomi “Mashina traktor parkidan foydalanish” kafedrasi nomiga o‘zgartirilgan. Kafedra tashkil topgan ilk davrlarida dotsent V.E.Konkov boshqargan. V.E.Konkov kafedraga 1951 yilga qadar rahbarlik qildi. O‘sha yillari kafedrada institutning birinchi qaldirg‘ochlaridan biri - M.S.Lutsenko faoliyat olib borar edi. U 1960 yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va dotsent ilmiy unvonini oldi, hamda kafedraga mudir qilib saylandi.  M.S Lutsenko kafedrani 1967 yilgacha boshqarib kelgan. Urush yillaridan keyin muhim ahamiyatga ega bo‘lgan voqealardan biri - dotsent V.E.Konkov xamda katta o‘qituvchi M.S.Lutsenkolarning qator ilmiy izlanishlari asosida  chop etilgan “комплексная механизация хлопководства» nomli kitobi bo‘ldi. 1950 yillarda kafedra faoliyatining rivojlanishi, ish hajmining oshganligi sabali kafedraga texnika fanlari nomzodi M.I.Landsman va keyinchalik Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti TIQXMMI bitiruvchilaridan  N.A.Jelnov, M.N.SHarapov, A.I.Korsunlar kafedraga ishga qabul qilingan. O‘sha yillarda kafedrada aspirantura bitiruvchilaridan T.M.Musaev va V.P.Grudsinlar o‘qituvchi sifatida ilk faoliyatlarini boshlaganlar.  1967 yil dekabr oyida kafedra mudiri lavozimiga dotsent M.I.Landsman saylanadi. U raxbarligi davrida kafedradagi ilmiy ishlarga e’tiborni kuchaytirdi. Shu yillar ichida o‘qituvchilardan M.Anarkulov, Z.Yusupov, F. Dadabaev, SH.Urdievlar va laboratoriya mudiri S.Aliqulovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar. O‘sha vaqtlarda kafedrada 13 ta o‘qituvchidan 10 tasi nomzodlik darajasiga ega bo‘lgan edilar. 1984 yildan kafedraga dotsent F.Q.Dadabaev mudir etib saylanadi. Kafedra xodimlaridan SH.U.Yuldashev 1981 yilda, A.I.Korsun 1983 yilllarda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar va shu yili Sh.U.Yo‘ldashev “Mashinalar remonti” kafedrasiga kafedra mudiri lavozimiga saylandi.  1995-2002 yillarda “Mashina traktor parkidan foydalanish” kafedrasini dotsent S.S.Sulaymonov  boshqargan. 2002 yildan “Mashinalar remonti” va “Mashina traktor parkidan foydalanish” kafedralari birlashtirilib “Mashina traktor parkidan foydalanish va ta’mirlash” kafedrasi tashkil topadi va unga dotsent E.T.Farmonov mudir bo‘lib saylandi.  2004 yildan Vazirlar Maxkamasining qaroriga asosan Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti Toshkent Davlat agrar universitetiga o‘tkazilishi munosabati bilan  universitetda  bu kafedra “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” kafedrasi bilan birlashtirilib “Qishloq xo‘jaligi mashinalaridan foydalanish va ta’mirlash” kafedrasi tashkil topadi va unga dotsent O.O‘rinboev mudir etib saylanadi. 2005-2010 yillarda dotsent D.Alijanov, 2010-2012 yillarda professor B.P.Shaymardonovlar kafedrani boshqargan. 2012 yil kafedra ikkiga ajraldi,  uning asosida “Qishloq xo‘jaligi  mashinalari” va “Mashina traktor parkidan foydalanish va texnik servis” kafedralari tashkil topdi. “Mashina traktor parkidan foydalanish va texnik servis” kafedrasiga kafedra mudiri lavozimiga dotsent R.Xalilov saylandi. 2017 yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining № 3003 Qaroriga asosan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti tashkil etildi va undagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti tarkibida «Mashinalardan foydalanish va ta’mirlash» kafedrasi tuzildi va kafedra mudiri lavozimiga dotsent A.K.Igamberdiev saylandi. Kafedramizda jami 9 ta professor-o‘qituvchi va hodimlar bo‘lib, shu jumladan, 7 ta dotsent (1 ta o‘rindosh), 2 ta assistent lavozimlarida faoliyat olib bormoqda. Kafedra nomi 2023-yil fevral oyida “Muhandislik tizimlarini boshqarish” nomiga almashdi. 2023yil 31-avgustdan Berdimuratov Paraxat Tajimuratovich Muhandislik tizimlarni boshqarish” kafedrasi mudiri vazifasini bajarib kelmoqda.

Kafedra xodimlari

Kafedra mudiri
Berdimuratov Paraxat Tajimuratovich

texnika fanlari bóyicha falsafa doktori, Dotsent

p.berdimuratov@tiiame.uz

+99871-237-05-86

Igamberdiyev Asqar Kimsanovich

texnika fanlari doktori, professor

  +99871-237-05-86

Muhandislik tizimlarini boshqarish kafedrasi professori
Farmonov Erkin Tolibovich

Texnika fanlari doktori, professor

  +99871-237-05-86

Yo‘ldoshev Shukrullo Ubaydullayevich

Texnika fanlari doktori, professor, akademik

+998 71 237 19 27

Sharipov Zayniddin Sharipovich

texnika fanlari nomzodi, dotsent

  +99871-237-05-86

Xakimov Bahodir Bozorovich

PhD, Dotsent

  +99871-237-05-86

Berdimurodov Usmon Suyunovich

PhD Iqtisod fanlari (doctor of sciences( (PhD) economical sciences

  +99871-237-05-86

Muhandislik tizimlarini boshqarish kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi
Ro‘ziyev Dilshodbek Ilxomjonovich

+99893-474-92-01

O`qituvchi-stajor
Ravshanov Farrux Egamberdi o’g’li

+998994218051

Aliqulov Saydulla

t.f.n., dotsent

+99871-237-05-86

Fakultet

"Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti
1920 yilda Turkiston Davlat universitetining sakkizta fakulteti qatorida texnika fakulteti ham faoliyat boshlagan. Universitetning mashinashunoslik bo‘limi 1930 yilda O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi institutining qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetiga aylantirilgan. Fakultet bazasida 1931 yili O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligini

O'qitiladigan fanlar

Fanning nomi Fan haqida qisqacha ma'lumot
1 Diagnostika va texnik servis vositalari

«Diagnostika va texnik servis vositalari» fani talabalarning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, qishloq xo‘jalik texnikalarida hosil bo‘ladigan nuqsonlarni aniqlash, eyilgan detallarni tiklash hisobiga ularning ishonchliligini va texnik resursini oshirishning hozirgi holati va istiqbollaridagi texnik taraqqiyotda mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llari, foydalanish jarayonida mashinalarning buzilishlar oqimi va ularni ishonchliligini baholashning matematik-statistik usullari, ishonchlilikning taqsimot qonunlarini tanlash va texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish ishlarini tashkillashtirish texnologiyalariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

2 Soha muhandislik tizimlari

Tаlаbаning soha muhandislik tizimlari to’g’risidа to’liq mа’lumоtgа egа bo’lishi, o’quv jаrаyonining аsоsiy shаkllаri, mаtеriаllаrni o’zlаshtirish vа bаhоlаshning yangi mеzоnlаri, tаlаbаlаrning huquq vа mаjburiyatlаri, jаmоаtchilik ishlаri, ilmiy tаdqiqоt ishlаri, ishlаb chiqаrish jаrаyoni vа ulаrni turlаri vа аmаliyotlаr o’tish, yangi tехnikа vа tехnоlоgiyani tаdbiq qilish vа rеjаlаshtirishni, mеhnаtni ilmiy tаshkil qilishni,cоhаgа оid kоrхоnаlаr vа tаshkilоtlаrning ishlаb chiqаrish jаrаyoni vа ulаrni tаshkillаshtirish, yangi tехnikа vа tехnоlоgiyani tаdbiq qilish vа rеjаlаshtirish, mеhnаtni ilmiy tаshkil qilish, kоrхоnа yordаmchi хizmаti vа tехnik nаzоrаt ishlаrini qilish, tехnikа хаvfcizligi qоidаlаri bo’yichа yеtаrlichа ko’nikmаlаrini rivоjlаntirishdаn ibоrаtdir

3 Texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash asoslari

«Texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash asoslari» fani talabalarning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi mexanizatsiyalashgan texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishda namunaviy texnologik kartalar, mexanizatsiyalashgan ishlar texnologiyasi va mashinalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ishtirib olish mashinalari va texnologiyalariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

4 Qishloq va suv xo’jaligida transportdan foydalanish

«Qishloq  va suv xo’jaligida transportdan foydalanish» fani talabalarni talabalarni qishloq va suv xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan texnologiyalar va texnik vositalarni tanlash, ulardan samarali foydalanish usullari va amalga oshirish yo‘llari, trasnport vositalaridan foydalanishni energetik tahlil qilish usullarini, ularning maqbul tarkibini asoslash usullarini, foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilishning mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlarni o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.

5 Qishloq xo‘jaligi texnik servis tizimi asoslari

 “Qishloq xo‘jaligida texnik servis asoslari” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, respublikamiz va xorijiy davlatlarda texnik servis, firmaviy texnik servis, lizing va dilerlik xizmatlarining hozirgi xolati va rivojlanish istiqbollari, texnikalardan samarali foydalanish yo‘llari to‘g‘risida tasʼavvurga ega bo‘lishi, ulardan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari bo‘yicha uslubiy yondoshuv xamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

6 Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalardan foydalanish

Ushbu fan qishloq xo‘jaligida mashina va agregatlarni ishlatish samaradorligiga ta’sir etuvchi tabiiy ishlab chiqarish omillari,  qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish tizimi, namunaviy texnologik kartalarning ahamiyati, ishlab chiqarish jarayonlarining vositalari, agregatlar tuzish va samarali foydalanish asoslari,  mexanizatsiyalashtirilgan  ishlar - tuproqqa asosiy va qo‘shimcha ishlov berish, o‘g‘it solish, o‘simliklar urug‘i va ko‘chatlarini ekish,  parvarishlash, zararkunanda va kasalliklardan  himoya qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib-terib olish jarayonlarini bajarishdagi “muammoli vaziyat”larni aniqlash, taxlil qilish, ularni bartaraf etish uchun  innovatsion  texnika va texnologiyalarni tanlash tartib-qoidalarini,  ularga qo‘yiladigan talablar, boshqarish tizimlari, texnik-iqtisodiy va foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda  tahlil qilish va ishlab chiqarish jarayonida qo‘llashning mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilan ta’minlashdan iborat.

7 Qishloq xo’jaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servis

Fanni o‘qitishdan maqsadi - fan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida qishloq xo‘jaligi texnikalariga texnik xizmat va servis  ko‘rsatish jarayonlari, texnologiyalar va texnik vositalari, ulardan samarali foydalanish, texnik xizmat va servisni amalga oshirish vositalari, usullari, metodlari bilan bog‘liq kompleks masalalarni yechishni taʼminlashdan iborat. Jumladan, qishloq va suv xo‘jaligi texnikalari texnik servisi, xududiy firmaviy texnik servis tizimini tashkillashtirish va ulardagi ishlab chiqarish bo‘limlarini loyihalashtirishga oid yangi nazariy bilimlarni berish va ularni loyihalash-texnologik hisoblash ishlarini bajarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

8 Resurs tejamkor texnika va texnologiyalar

«Resurs tejamkor texnika va texnologiyalar» fani talabalarning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, qishloq хo’jaligida resurstejamkor texnika va texnologiyalarni qo’llash borasida yaratilgan zamonaviy - resurstejamkor texnologiyalar, energetik vosita va ishchi mashinalarni hamda va sohasidagi ilmiy-texnik taraqqiyot yunalishlarni resurstejamkor texnika va texnologiyalarni qishloq  xo’jaligiga joriy etish, ishlab chiqarishda maxsulot sifatini va texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish ishlarini tashkillashtirish texnologiyalariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

9 Innovatsion texnika va texnologiyalardan foydalanish.

Kursning maqsadi – talabalarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda mashina-traktor agregatlardan  foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari va qonuniyatlarini, ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ularni hal etish tartib-qoidalarini, mashinalarni boshqarishning innovatsion usullarini qo‘llagan holda ishlab chiqarish vositalarini maqbul - maqsadli tarkibini shakllantirish, innovatsion texnikalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanilishni taʼminlash bo‘yicha bilim va ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.

Kursning vazifalari - bakalavrda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalarini bajarilishida ishlatiladigan mashina-traktor agregatlari ish unumini oshirishning asosiy yo‘nalishlari, mashinalarning ish unumi va sifatiga taʼsir etuvchi omillar, ishlab chiqarish jarayonlaridagi mavjud muammolarni aniqlash, tahlil qilish va  ularni hal etish tartib-qoidalariga amal qilgan holda innovatsion texnika va texnologiyalarni tanlash hamda ishlab chiqarishga joriy etish kabi muhandislik masalalarini yecha oladigan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.


10 Qishloq xo‘jaligi mashinalari ergonomikasi

Fanning maqsadi - talabalarga qishloq xo‘jaligi traktorlari va o‘ziyurar mashinalarda operatorga yaratilgan ish joyi sharoitlari, boshqarish jarayonida qo‘llaniladigan vositalardan foydalanishda texnika havfsizligi bo‘yicha talablar va tadbirlar, texnikalarda zamonaviy boshqarish va  dizayn tizimlari bilan  tanishtirish orqali, ularni ilmiy va dunyoviy qarashini shakllantirishdan  iborat.  

11 Mashinalardan foydalanish asoslari.

Kursning maqsadi talabalarga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishda mashinalardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari va qonuniyatlarini o‘rgatish, ishlab chiqarish qurollarining maqbul va maqsadga muvofiq tarkibini shakllantirish hamda mashinalardan foydalanish samaradorligini oshirish, mexanizatsiyalashgan jarayonlarni bajarishda yuqori natijalarga erishish bo‘yicha bilim berish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.

Kursning vazifalari - resurs tejamkor ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishda foydalaniladigan mashinalar unumdorligini oshirishning nazariy va amaliy tamoyillari, ularning samaradorligining nazariy asoslari, mashina-traktor blokining optimal tarkibi va o‘lchamlarini tanlash tartibi, mashinalar, telemexanika uchun innovatsion boshqaruv tizimlari va asboblari va uni rivojlantirish istiqbollari muhandislik muammolarini hal qilish uchun chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

12 Mashina traktor agregatlari ish unumini boshqarish

«Mashina traktor agregatlari ish unumini boshqarish» fani talabalarga texnik bilimlarning nazariy asoslarini, mashina-traktor agregatlaridan yuqori ish unum bilan foydalanish usullarini, iqtisodiy imkoniyatlariga moslashtirilgan ekinlarni etishtirishda yuqori intensiv va resurstejamkor texnologiyalarni bajarishda mashinalar tizimi va ularni tanlash tamoyillarini, mashina traktor agregatlarning energiya tejaydigan ish rejimlarini tanlash usullarini, resurstejamkor harakatlanish usullarini tanlashni, murakkab ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda mashina-traktor agregatlarning texnologik jamlanmalaridan maqbul foydalanish usullarini, qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirish texnologiyalari va mashina-traktor agregatlaridan foydalanishni energetik tahlil qilish usullarini, mashina-traktor agregatlarining maqbul tarkibini asoslash usullarini, ulardan foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilishning mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlarni o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat

13 Agrosanoatda texnik tizimlari servisi

Kursning maqsadi – talabalarda agrosanoatda texnik tizimlar: qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, isteʼmolchilarga yetkazib berish, texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish tizimlari servisini tashkil etish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirishdan iborat.

Kursning vazifalari – talabalarga agrosanoatda texnik tizimlar: qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, isteʼmolchilarga yetkazib berish, texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish tizimlari servisi faoliyatini tahlil qilish, ularning rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha bilim berish, yangi innovatsion texnika va texnologiyalar qo‘llash, istiqbollarini belgilash kabi muhandislik masalalarini yecha oladigan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni ega bo‘lishini taʼminlashdan iborat.

14 Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari marketingi

Kursning maqsadi – talabalarga marketing tushunchasi va mohiyatini, maqsadini tushuntirish, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalar bozori marketing muhitining holatini o‘rgatish, marketing sohasini rivojlantirish bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni berish, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllan-tirishdan iborat.

Kursning vazifalari – talabalarda qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari marketingi bo‘yicha marketing maqsadlari talablarni shakllantirish va rag‘batlan-tirish, qabul qilinganligini asosliligini taʼminlash, rivojlanish konsepsiyasi, xususiyatlarini, yangi qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari uchun raqobat bozorlarini shakllantirish usullarini, dilerlik faoliyatini o‘zaro munosabatlarini, zamonaviy servis tamoyillari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish bo‘yicha yo‘nalish ixtisosligiga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllan-tirishdan iborat.

15 Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi diagnostikasi va texnigi xizmat

Kursning maqsadi – talabalarga qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikalarni bo‘laklarga ajratmasdan uning texnik holati va nosozliklari sabablarini eng kam vaqt va mehnat sarfi bilan aniqlash, ularning servisini tashkillashtirish, diagnostika texnologiyalari va texnik vositalaridan samarali foydalanish uslublari va ular bilan bog‘liq kompleks masalalarni yechishni taʼminlash bo‘yicha bilimlar berishdan iborat. Kursning vazifalari – talabalarga qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikalarga texnik tashxis va servis jihozlari va vositalaridan foydalanish, sinash usullarini, texnik servis korxonalari faoliyati va jarayonlarini tahlil qilish, texnologik shakllantirish, loyihalash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va uning rivojlantirish istiqbollari kabi muhandislik masalalarini yecha oladigan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

16 Mexanizatsiyalashgan ishlarning texnik ta’minoti

«Mexanizatsiyalashgan ishlarning texnik ta’minoti» fani talabalarni qishloq va suv xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan texnologiyalar va texnik vositalarni tanlash, ulardan samarali foydalanish usullari va amalga oshirish yo‘llari, trasnport vositalaridan foydalanishni energetik tahlil qilish usullarini, ularning maqbul tarkibini asoslash usullarini, foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilishning mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlarni o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.

Boshqa ma'lumot

Veb-sayt: http://acm.tiiame.uz/oz/page/mft-tarixi

Kafedra mudiri: Berdimuratov Paraxat Tajimuratovich

Qabul kunlari: None

Tel: +99871-237-05-86

E-mail: a.igamberdiev@tiiame.uz

Tarmoqlarda: